Mavzu: Kirish. Bolalar adabiyoti va xalq og‟zaki ijodi Reja


Download 197.06 Kb.
bet15/17
Sana05.01.2022
Hajmi197.06 Kb.
#215139
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
1-mavzu

Bolalar qo„shiqlari. Xalq badiiy ijodiyotida bolalar qo„shiqlari alohida o„rin egallaydi. Olamni estetik idrok qilish, kayfiyatni ko„tarish, beg„ubor qalbda ezgulikni uyg„otish, ma‟nan va ruhan tetik bo„lish bolalik duhyosidagi ta‟lim-tarbiyadan boshlanadi. Bejizga buyuklar bolani ona qornidaligidanoq tarbiyalab borish kerak, - deb ta‟kidlamaganlar. Ona eshitgan qo„shiq, tinglagan kuyi og„ushida qanchalik kayfiyati ko„tarilib, madaniy dam olsa, tug„ilajak farzand ruhan tetik, ma‟nan sog„lom, qobiliyatli, zukko, mehr-oqibatli bo„lishi tabiiy. Bu jarayon go„daklik va bolalik davrida yanada mukammallashadi, ulg„aygan sari mustahkamlanadi. Bolalar qo„shiqlari dastlab 1932- yilda nashr qilingan “Ashulalar to„plami”da 2 ta “Bozor boraymi qizim?”, “Boshginam og„riydi” kabi hazil-mutoyiba qo„shig„I chop qilingan. 1934- yilgi to„plamda esa “Qaychi-qaychi” termasi va “Laylak keldi” qo„shiqlari bosilgan. 1935-yilgi “Ashulalar to„plami”da ham bolalar repertuariga maxsus bo„lim ajratilib, 9 ta bolalar qo„shiqlari nashr etildi. 1937-yilda esa o„zbek bolalar qo„shiqlari alohida kitob holida “Bolalar qo„shiqlari” nomi bilan chop etildi. Unda 18 ta bolalar qo„shiqlari e‟lon qilingan. Bolalar qo„shiqlarini mavzu qamroviga ko„ra quyidagicha guruhlashimiz mumkin:

  1. Mavsum-marosim qo„shiqlar.

  2. Mehnat qo„shiqlari.

Mavsum-marosim qo„shiqlar yil fasllari va milliy an‟analarimiz bilan bog„liq bo„lgan, faqat bolalar tomonidan ijro etiladigan qo„shiqlardir. Kattalar bolalarninig tabiatga bo„lgan qiziqishini uyg„otish, muhabbatini oshirish, har bir faslning o„z ziynati bailan tanishtirishda ham faol bo„lganlar. Ular tabiat mo„jizalarini va milliy urflarimizni qo„shiqlar tarzida bolalarga o„rgatganlar. Yil fasllari bilan bo„g„liq bahorda kuylanadigan qo„shiqlar “Boychechak”, “ Oftob chiqdi olamga”, “Chittigul”, “Qaldirg„och” kabilar shular jumlasidandir. Bolalar o„yinlari. Inson umrining eng go„zal, beg„ubor onlari bolalik davridir. Go„daklik davridan mehnat faoliyati boshlangunga qadar turli xil mashg„ulotlar bilan shug„llanadi. Uning qiziqishi, yoshiga qarab harakatlar qilishi bolalar o„yinlaridir. S.Ya. Marshakning ta‟rificha, “O„yinlar oddiy jismoniy harakatlardangina iborat bo„lmay, ma‟lum ritm, ohang, badiiy so„z, syujet va kompozitsiyalarga ega bo„lgan”bolalarning jiddiy mashg„ulotlaridir”. Bolalar yoshlikdan o„yinlar bilan ovunib, undan ma‟naviy zavq oladilar, aqliy va jismoniy kamolotga erishadilar. Rus pedagogi A.S. Makarenko bolalar o„yinlarini uch davrga bo„ladi: birinchi davr- xona ichidagi o„yinlar davri, ya‟ni o„yinchoq davri; ikkinchidavr 11-12 yoshgacha bo„lib, serharakat o„yinlar davri; uchinchi davr -o„yin jarayonlarining asta-sekin mehnat faoliyati bilan almashinishi davri. Bu davrda ko„pincha, jamoa bo„lib, sport o„yinlari mos keladi. Kuzatishlar shuni asoslaydiki, bola birinchi va ikkinchi davrda faqat o„yin bilan mashg„ul bo„ladi, uchinchi davr bola ulg„ayib, jismoniy shakllanib borgach, sport o„yinlari bilan shug„ullanadi.

O„zbeklar, ular bilan birga yashagan xalqlar va qabilalarning milliy o„yinlari haqidagi dastlabki ma‟lumotlar bizgacha XI asrning buyuk lingvisti, tarixchisi, etnografi Mahmud Qoshg„ariyning “Devonu lug„otit turk” asari orqali yetib kelgan. Devon muallifi O„rta Osiyo territoriyasida yashagan qabila va xalqlarning milliy tillariga, ayrim so„zlariga izohot berish orqali kishilarning mashg„ulotlarini va bolalarining o„yinlarigacha tilga oladi, ularning qoidalariga ta‟rif beradi. Devonda “Mono„z-mono„z”, “O„tush-o„tush”, “Tobiq”, “ Salavot”, “Quvushish” singari o„yinlar va ularning qoidalari haqida ma‟lumotlar berilgan. Bu misollar bolalar o„yinlarining nihoyatda keng tarqalganligini tasdiqlaydi. Bu o„yinlar milliyligi bilan ahamiyatga ega. O„zbek xalqi qadimdan yaratuvchi, bunyodkor xalq. Uning bu jihati yosh avlod harakatida, bolalar o„yinlarida namoyon bo„lmoqda. Rang-barang mavzudagi o„yinlar bolalarning fantaziyasini oshiradi, nutqini ravon qiladi, hayotda yashashga o„rgatadi. O„yinlar bolalarni dastlabki sport mashg„ulotlaridir. Ular yosh avlodni ma‟naviy yetuk, jismoniy baquvvat, ruhan tetik bo„lishga, inson uchun zarur bo„lgan fazilatlarni tarbiyalashda muhim vosita hisoblanadi.




Download 197.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling