Ajdodlarning bola tarbiyasiga doir qarashlari
Download 59.27 Kb.
|
2-ma;ruza matni
Ajdodlarning bola tarbiyasiga doir qarashlari Bola aziz-odobi undan aziz. Sharq xalqlarida insonning qadri eng avvalo uning odob-ahloqi bilan belgilangan. Shu tufayli ham oilada bola tarbiyasi, uning odob-axloqiga kattta e’tibor qaratilgan. Chunki, oqil va dono, jismonan , ruhan sog‘lom, bakamol farzand ota-ona ko‘nglini nurga to‘ldiradi. Oiladagi sog‘lom muhit farzand tarbiyasi, uning kamoloti uchun befarq bo‘lmaslik, kattalarning ibrati bolaning har tomonlama yetuk shaxs bo‘lishi uchu zamin vazifasini o‘taydi. Oila atalmish muqadddas maskan farzand deb atalmish bebaho ne’matni kamoli uchun qo‘lidan kelgancha harakat qiladi, farzandini ulug‘ orzu-niyatlar bilan kattta qiladi. Oilada kattta bo‘layotgan farzand nafaqat shu oilaning balki Vatan deb atalmish maskanning ham shonu-shuhratini dunyoga tanitguvchidir. Bundan ayon bo‘ladiki, bola tarbiyasi hayotiy zarur masala bo‘lib, har bir oil ava ta’lim maskanidagi tarbiya bolaning kelajagi uchun zamin bo‘ladi.. Farzand ota-ona ongida ular istagandek mukammal shaxs bo'lmasligi mumkin, lekin ularning dunyoqarashini rivojlantirish, kamchiliklarini, hissiyotlarini, har bir bolaning o'ziga xosligini, tabiatan berilgan iqtidorini sezib tarbiyalash ota-ona va ta’lim masksniga yuklanadigan vazifadir. Farzandlarimizni ma’rifatli va ma’naviyatli qilish, kasb-hunar egallab, jamiyatga nafi tegadigan inson bo‘lib kamol topishida ota-onalarga mahalla va ta’lim muassasasi eng yaqin yordamchi hisoblanadi. Yoshlarimiz ma’naviyatini shakllantirishda oiladagi muhit, ona tarbiyasi, otalar o‘giti, keyinchalik mahallada, umumta’lim maktablarida, kasb-hunar kollejlari va oliy o‘quv yurtlarida beriladigan ta’lim-tarbiya muhim o‘rin tutadi. Bola tarbiyasida oila va ta’lim tashkoloti hamkorligi ijobiy natijalaringi asosi desak xato bo‘lmaydi. Ta’lim tashkilotlari bolalarga ta’lim-tarbiya berish bilan birga ta-onalarning farzand tarbiyasidagi mas’uliyatini kuchaytirish, balalarning odobli va axloqli har tomonlama yetuk inson sifatida kamolga yetishi uchu birgalikda faoliyat oilb borishga ko‘maklashadi. Oiladagi bolaning rivojlanishida, o'ziga bo'lgan ishonchni mustahkamlanishida, atrofidagilarni hurmat qilish, mehr-muhabbat ko'rsatish va birdamlikda harakat qilish kutilgan natijalarni berishi tayin. Bola tarbiyasida ayrim ota-onalarda mas’uliyat yetishmasa, ayrim larida pedagogic va psixologik bilim yetishmaydi. MTTdagi pedagog-tarbiyachi va ota-ona o'z bolasining xato va kamchiliklarini yuziga solishdan, boshqalarni namuna qilib ko'rsatishdan chekinshi kerak. Bu holat bola “Men”ining shakllanishiga, undagi kelajakka bo'lgan ishonch va intilishlarni susaytiradi.. Bolaga “Seni bugungi ishing yaxshi, ertaga bundan ham yaxshi bo'ladi” – degan fikrni bildirib turish yaxshi natijalar beradi. Tarbiyaning bu yo'li bolaning ruhiy va jismoniy salomatligini mustahkamlaydi, oldiga qo'ygan maqsadi yo'lida ichki va tashqi kelishmovchiliklarni kamaytiradi va o'ziga bo'lgan ishonchni ta'minlaydi. Yosh avlodni yaxshi xulqli, sadoqatli qilib tarbiyalashda ularning yosh jihatlariga, xarakteriga alohida ahamiyat berish lozim, chunki bularsiz tarbiyada ko’zlangan maqsadga erishib bo’lmaydi. Oila, va MTT hamkorligida quyidagi tamoyillarga va bosqichlarga amal qilinganda samaradorlik yanada yuqori bo’ladi: - ta’lim va tarbiya sohasida hamkorlik jarayoni ishtirokchilari harakatlarining birligi; - tarbiyalanuvchiga hurmat va talabning uyg‘unligi; - hamkorlik jarayoni subyektlarining teng huquqliligi va yuksak mas’uliyati; - hamkorlikning ilmiy asoslanganligi; Birinchi bosqich. Yosh oilalar bilan ishlash. Yosh ota-onalarga farzand va uning tarbiyasi haqida falsafiy, tibbiy tushunchalarni berish. "Yosh onalar va otalar MTT" faoliyatini yo’lga qo’yish muhim ahamiyat kasb etadi. Ikkinchi bosqich. Farzandning MTTga kelgunga qadar bo’lgan davridagi jismoniy, aqliy va ma’naviy rivojlanishini ta’minlash borasida ularga rasm chizish, voqealarni bayon qilish, o’ziga o’zi xizmat qilish, qo’shiq, aytish va raqs tushish, turli o’yinlarda ongli qatnashish tushunchalarini singdirish va mustaqil ravishda bilim olish ko’nikmalarini shakllantirish yuzasidan maktabga tayyorlash guruhlari, "Yakshanbalik o’quv maskanlar" ishini tashkil qilish. Oilada ota-ona, vasiy yoki katta kishilar tomonidan bolalarni tarbiyalash. Yosh avlodning har tomonlama rivojlanishida muhim oʻrin tutadi. Oila tarbiyasida doimiy tarbiyaviy taʼsirchan kuch — oilada ruhiy xotirjamlik, samimiy munosabat, ota-ona obroʻsining yuqori boʻlishi, bolalarga talab qoʻyishda oila kattalari oʻrtasidagi birlikning saqlanishi, bola shaxsini mehnat asosida tarbiyalashga alohida eʼtibor berish, bolani sevish va izzatini joyiga qoʻyish, oilada qatʼiy rejim va kun tartibini oʻrnatish, bolaning yosh va shaxsiy xususiyatlarinl hisobga olish, boladagi oʻzgarishlarni kuzatib borish, undagi mustaqillikka intilish va tashabbuskorlik sifatlarini qoʻllabquvvatlash va h.k. Oila qanchalik tartibli, uning aʼzolari oʻrtasidagi munosabat samimiy boʻlsa, Oila tarbiyasi ham shunchalik muvaffaqiyatli boʻladi. Oila tarbiyasida ota-ona obroʻsi, ularning kuzatuvchanligi, sezgirligi, hozirjavobligi muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega. Oila tarbiyasida tarbiya jarayoni zerikarli, quruq nasihatgoʻylikdan iborat boʻlib qolmasligi lozim. Bola hayotining koʻp qismi oilada oʻtadi. Shu boisdan mavjud anʼanalar, urf-odatlar, rasm-rusumlar va marosimlarning ijobiy taʼsirida bola asta-sekin kamol topib boradi. Anʼana va marosim oila tarbiyasining qudratli qurolidir. Oila tarbiyasi Ta’lim tashkilotidagi ijtimoiy tarbiya bilan uzviy aloqada boʻlsagina, kutilgan natijalarga erishish mumkin. Oila tarbiyasida yutuqlarga erishish ota-onalarning pedagogik bilimlarga egaligi, oila tarbiyasi boʻyicha tajribalar alma-shishi, ota-onalarni tarbiyaviy ishlarga qizgʻin jalb qilishga ham bogʻliqdir. Har bir ota-ona oila tarbiyasida oʻzlarining burch va masʼuliyatlarini chuqur anglashlari lozim. Normal oilaviy muhit, bolani kitob oʻqishga, mehnat qilishga oʻz vaqtida jalb etish ham oila tarbiyasining muvaffaqiyati garovidir. Oilada ota yoki onaning yoʻqligi yoki ulardan birining ketib qolishi oila tarbiyasiga katta zarar yetkazadi. Ularning bolaga beradigan tarbiyaviy taʼsir kuchi yoʻqoladi, oila tarbiyasidagi muvozanat buziladi. Bunday sharoitda bola qalbi qattiq jarohatlanadi, u tajang , serjahl, qoʻpol, dagʻal boʻlib qoladi, kattalarga ishonmay qoʻyadi, oʻqishi pasayib ketadi. Oila tarbiyasida otaning obroʻsi katta ahamiyatga ega. Bolalarni barkamol inson qilib yetishtirishda maktabni oila bilan bogʻlamasdan muvaffaqiyatga erishib boʻlmaydi. Shuning uchun oila tarbiyasida maktab va ota-onalar oʻrtasidagi taʼlim-tarbiyaga oid birgalikdagi ishlari katta ahamiyatga ega. Ota-onalarning MTT pedagog-tarbiyachilari bilan boʻlgan uchrashuvlarida aytilgan fikrlar, ayniqsa qimmatlidir. Chunki ular oʻz farzandlari toʻgʻrisida koʻproq narsalarni bilib oladilar. Shuning uchun bola tarbiyasining tub mohiyatini tushungan har bir ota-ona oila bilan MTT oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga intiladi. Bola MTTni tamomlagunga qadar ota-ona maktabgacha ta’lim tashkiloti bilan yaqin aloqa oʻrnatishi, farzandining oʻzlashtirishi, xulq-atvoridan xabardor boʻlib turishi, tarbiya masalalarida pedagog-tarbiyachi bilan maslahatlashib turishi, lozim. O‘z navbatida pedagog-tarbiyachi ham bolaning intilishlari, iqtidori, odobi, xulqi, MTTda oʻzini tuta bilishi haqidagi maʼlumotlarni ota-onaga yetkazishi, zarurat tugʻilganda paydo boʻlgan muammolarni birgalikda hal qilishi zarur. Farzandi MTTga borgan ota-ona MTTining aʼzosi boʻlib qolishi kerak. Pedagog-tarbiyach ham oʻz guruhidagi bolalarning oilasi bilan mustahkam hamkorlikni yoʻlga qoʻymogʻi lozim. Oila tarbiyasida ota-onalarning mahalla faollari, mehnat faxriylari bilan hamkorliklari ham muhim. Oila tarbiyasi farzandlarning har tomonlama kamol topishi uchun qulay sharoitlar yaratilsagina muvaffaqiyatli boʻlishi mumkin. Oila tarbiyasida har bir oila oʻziga xos xususiyatlarni namoyon qiladi. Donishmandlar kishi keyin umr bo’yi o’zi yashaydigan yaxshilik va yomonliklarning qariyb 90% ni aynan bolalikning ilk davrida olishini, besh yoshli bola bilan keksalik o’rtasi bir qadam ekanligini tan olishadi. Bugungi bolakayning ertaga qanday inson bo’lishi ko’p jihatdan bolalik deb atalgan bu davrning qanday o’tgani, uning ongi va qalbiga atrof-muhitdan nimalarni olib kirganiga bog‘liqdir. Bolaga munosabatda avvalo uning yosh darajasini inobatga olish kerak, uni yoshiga ko’ra taxminan quyidagicha taqsimlash mumkin: Download 59.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling