Ajdodlarning bola tarbiyasiga doir qarashlari


Sharq allomalaridan A.Forobiy, A.ibn Sino, A.Navoiylaring bola tarbiyasi va ota-onalarning burchi va vazifalari haqida ma’lumot beriladi


Download 59.27 Kb.
bet10/11
Sana16.04.2023
Hajmi59.27 Kb.
#1359130
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2-ma;ruza matni

Sharq allomalaridan A.Forobiy, A.ibn Sino, A.Navoiylaring bola tarbiyasi va ota-onalarning burchi va vazifalari haqida ma’lumot beriladi

O‘rta asr Sharqining buyuk allomasi Abu Nasr Forobiy o‘zining qator asarlarida ilm va ta‘limning muqaddasligi, xushaxloqlik, sadoqat, insoniylik, tarbiya, mehnat va kasb-hunar o‘rganish to‘g‘risidagi falsafiy, ilmiy g‘oyalarni ilgari surdi. M: uning ―”Risola fi-t tanbih asbob as-saodat” (“Baxt-saodatga erishuv yo‘llari” haqida risola), ―”Fozil odamlar shahri” va boshqa asarlarida o‘zining yaxshi, mukammal, baxtli jamiyat haqidagi orzularini batafsil bayon qiladi.
Sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash insoniyatning eng ezgu orzusi bo‘lib kelgan. Barkamol inson deganda ham aqliy, ham axloqiy, ham jismoniy kamol topgan shaxs tushuniladi. ―Barkamol so‘zining lug‘aviy ma‘nosi ham kamolotga erishgan, kamol topgan, bekamu-ko‘st yetuk, har jihatdan to‘kis, mukammal deganidir.
Abu Nasr Forobiy (873-950) asarlarining mazmuniga qarab 7 ta katta guruhga bo’lib chiqishimiz mumkin. Ana shu turkumlash jarayonidagi eng muhim bo’limi tarbiya masalasiga bag‘ishlangan yettinchi qismdir. U ta’lim - tarbiyaga oid, «Baxt-saodatga erishish yo’llari haqida risola», «Fozil odamlar shahri», «Fazilatli xulqlar», «Shaharni o’rganish haqida» kabi asarlar yaratgan. Olimning yuqorida biz tilga olgan asarlari butun jahon ziyolilari tomonidan haqli ravishda yuksak baholangandir. Forobiyning asarlari arab tilidan dunyoning ko’p tillariga-rus, ingliz, ispan, fransuz, o’zbek tillariga tarjima qilingan. Forobiy nihoyatda buyuk olim va mutafakkir edi. Chunonchi, uning asarlarini o’rganish shuni ko’rsatadiki, o’z ilmiy qarashlari bilan yangi davrga darcha ocha bilgan va zamondoshlaridan bir necha asr olg‘a ketgan. Forobiyning quyidagi pedagogik qarashlari yoshlarga muhim manba bo’lib xizmat qiladi. Forobiy birinchi bo’lib ta’lim va tarbiyaga ta’rif bergan olimdir. 1.Ta’lim - so’z va o’rganish bilangina amalga oshiriladi. 2.Tarbiya - esa amaliyot, ish-tajriba bilan, ya’ni shu yo’l orqali amalga oshiriladi, deydi. 3.Har kimki ilm, hikmatni desa, uni yoshligidan boshlasin, so’zining ustidan chiqsin, yomon ishlardan saqlanadigan bo’lsin, xiyonat, makr va hiylalardan uzoq bo’lsin, diyonatli bo’lsin, ilm va ahli ilmdan mol-dunyosini ayamasin. 4.Inson yaxshi tarbiya ko’rmagan va turmushda yaxshi tajriba orttirmagan bo’lsa, u ko’p narsalarni nazarga ilmay va ulardan jirkanadi. Bunday narsalar unga noo’rin bo’lib ko’ringan narsalar zaruriy bo’lib chiqadi. 5.Ma’lumki, inson hyech qachon tug‘ilganda yaxshi yoki yomon bo’lib tug‘ilmaydi... Biroq har bir kishida biron bir fazilatga yoki qabihlikka mayl, qobiliyat bo’ladi va shu fazilatlarni 2 turga bo’ladi. 1.Fikriy fazilat 2.Xulqiy fazilat Fikriy fazilat aqliy quvvatga kirib, aqllilik, donolik fahm-farosatlilik zehnlilikdan iborat. Xulqiy fazilat - intiluvchi quvvatga kirib iffat, injoat, saxiylik va adolatlilikni o’z ichiga oladi. Yomon fazilatlar razillikdir. Xulosa qilib aytganda, Forobiyning yuqoridagi ta’lim-tarbiyaga oid konsepsiyasi shaxsni komil inson qilib tarbiyalashda muhim rol o’ynaydi.
Abu Rayhon Beruniy insoniyat tarixida birinchilardan bo‘lib bolalarni kichik yoshidan mehnat qilishga o‘rgata borish, kattalar mehnatini ezozlaydigan qilib tarbiyalash, bolani ilm va kasbga o‘rgatish oilaning diqqat markazida bo‘lishi kerakligi haqida fikr bildirgan. Alloma oilada boshlangan mehnat tarbiyasini maktabda ta‘lim bilan birga hunar o‘rgatishga bog‘lab davom ettirish lozimligini alohida ta‘kidlagan. Ulug‘ mutafakkir mehnat va kasb-hunar vorislik asosida avloddan-avlodga meros bo‘lib o‘tishini sinchkovlik bilan o‘rgangan va insonlarning hunarmandchilik faoliyatlarini yuqori baholagan. O‘z-o‘zidan ravshanki, serqirra faoliyat murakkab mehnatni, chuqur bilimni talab qilish barobarida hunarmand ustalar orasida ixtirochilikning keng tarqalishiga zamin yaratgan.
Beruniy mamlakat obodonchiligi ilm-fanning ravnaqiga bog‘liq bo’lsa, yoshlarning baxt-saodati va kamolotini uning bilimi, axloqi va ma’rifatida deb biladi. Shuning uchun u yoshlarni ilm-ma’rifatga chorlaydi. Beruniy yoshlardan rahmdil, mehribon, kishilarga iltifotli, xayrihoh, bo’lishni, najotsiz odamga qo’l cho’zishni, makkorlik, ayyorlik, adolatsizlik, boylikka hirs qo’yish, yolg‘on gapirish kabi sifatlarga yo’l qo’ymaslikni talab qiladi. Beruniy insonni tabiatning eng oliy kamoloti deb qaraydi. U insonning ma’naviy qiyofasidagi barcha axloqiy xislatlarni yaxshilik va yomonlik kabi 2 turga bo’ladi. Beruniy inson va axloqiy tarbiya haqida fikr yuritar ekan, «insonga yer yuzini obod etishi va uni boshqarib turishi uchun aql-zakovat ato etilgan, shuning uchun har bir inson yuksak axloqli bo’lishi lozim», - deydi. Aqliy tarbiya, deydi Beruniy, kishining tafakkurini rivojlantirib, dunyoqarashini kengaytiradi. Uning o’z-o’zini anglab yetishiga ta’sir etadi. Mutafakkir inson kamolotida mehnat va mehnat tarbiyasi hakida muhim fikrlarni bayon etadi.
Abu Rayxon Beruniyning ta’kidlashicha, inson ak,l sox,ibi ekanligi bilan x,ayvondan farklanadi. Bu fark insonning jamiyatdagi turfa ex,tiyojlari bilan izox,lanadi. Mazkur ex,tiyojlar eng avvalo undan “yashiringan narsani bilishga” intilishda va kelajakda buladiganini kurib kuyishda, nimani x,alokatga ketayotgan bulsa, oldindan x,ozirlanib, oldini olish imkoniyatiga ega bulishda kuzga tashlanadi»2. Abu Rayxon Beruniy axloklikning ijtimoiy mezoni sifatida inson x,ayotida mex,natning ax,amiyatini shun-day ta’kidlaydi: «Baxtsizlikdan, jox,illikdan kutulish uchun mex,nat kilish zarur»3.

Ibn Sino ona allasining tarbiyaviy ax,amiyatini kuyidagicha ta’riflaydi: «Bola-ning talabini kondirmok uchun unga ikki nar-sani kullamok kerak. Biri - bolani sekin-sekin tebrating, ikkinchisi uni uxlatish uchun odat bulib kolgan musika - allalashdir. SHu ikkisini kabul kilish mikdoriga karab bola-larning tanasi bilan badan tarbiyaga va rux,iyati bilan musikaga bulgan iste’dodi x,osil kilinadi»1.


U o’zining «Axloqqa oid risola»sida insonning umumiy fazilati hakida gapirib, kishilarda yuz beradigan yaxshi va yomon xulqlarning paydo bo’lish sabablari to’g‘risida to’xtaladi. Uning fikricha yaxshi va yomon xulqlarning hammasi odatdan paydo bo’ladi, odamlarning yaxshi yoki yomon bo’lishida hukumat ahllarining ta’siri ham zo’r bo’ladi, deydi. Ibn Sino axloqiy hislatlardan: iffat, kanoat, saxiylik, shijoat, sabr, muloyimlik, sirni saklay bilishlik, ilm-ma’rifatli bo’lish, kamtarlik, adolatlilik, do’stlik, vafodorlik kabi axloqiy kategoriyalarga ta’rif beradi. U insoniy fazilatlarga: Jasurlik - biror ishni bajarishda kishining jasurligi; Chidamlilik - inson boshiga tushgan yomonlikni to’xtatib turuvchi quvvat; Aqllilik - biror ishni bajarishda shoshma-shosharlik qilishdan saklovchi quvvat; Ziyraklik - sezgi bergan narsalarning haqiqiy ma’nosini tezlik bilan tushunishga yordam beruvchi quvvat. Ibn Sinoning fikricha insonlar xulq-atvorida birmuncha nuqsonlar bor. Bular: aldash, rashk, o’ch olish, adovat, bo’hton, irodasizlik kabilardir.
Forobiy, ibn Sino, Beruniy ta’lim muammolari bo’yicha bir xil fikrlar bildirgan va insonning jamiyatga sermahsul xizmat qilishi uchun o’z aqliy, jismoniy, axloqiy, estetik va mehnat qobiliyatlaridan samarali foydalanish imkonini beruvchi ta’lim vazifasini ajratib ko’rsatganlar. Ta’limning rivojlatiruvchi vazifasini amalga oshirish maqsadida ular quyidagi didaktik tamoyillardan foydalanishni maslahat berganlar:
-asta-sekin tushunchalarning murakkablashuvi;
-amaliyotni tajriba bilan bog‘lash;
-qabul qila olishlik;
-ko’rgazmalilik.
Ibn Sinoning fikricha ijtimoiylashtirish ko’nikmalari jamoa bo’lib o’qitish shaklida yaxshi shakllanadi. Buning uchun u quyidagilarga asoslanishi lozim:

  1. Ta’lim oluvchilar, o’qituvchi va o’quvchilar orasida tajriba, bilim, ma’naviy va axloqiy qadriyatlar almashinuvini tashkil qilish.

  2. Musobaqalashuv elementidan foydalanish.

  3. O’quvchining ijtimoiy axloqiy xususiyatlarini-muomala, o’zaro tushunish, o’zaro yordam, do’stlik hissini rivojlantirish.

Alisher Navoiyning ilm-ma’rifat, ta’lim-tarbiya masalalaridagi fikrlarida insonparvarlik g‘oyalari bosh o’rinda turadi. Alisher Navoiyning fikricha, inson dunyoda hammadan yuksak, aziz va qadrlidir. Alisher Navoiy odamlarni axloqli va odobli bo’lishga da’vat etadi hamda axloqni shunday ta’riflaydi: “ Ahloq shaxsning og‘ir baqolig‘ libosidir va libos jismning sangin debosi. Shuning bilan birga odamni bezaydigan ham axloqdir”.
Alisher Navoiy oiladagi ayrim illatlarni va o’zaro kelishmovchiliklarni bola tarbiyasiga salbiy ta’siri va uning buzulishiga sabab bo’luvchi asosiy omillar haqida ham yozadi. Shuningdek, yaxshi va yomon xulqlar va ularning kelib chiqish sabablarini ko’rsatib beradi. Bolada paydo bo’ladigan yomon xulqlarni oldi olinmasa, u bora-bora illatga aylanadi.
Alisher Navoiy ta‘lim oluvchilarning individual, o‘ziga xos qobiliyatlarini hisobga olish zarurligini ta‘kidlab, ―Insonlar tabiatan teng bo‘lsalar ham, ammo ularga turli fazilatlar berilgan, deydi.
Yuqorida bayon qilinganlardan ko‘rinadiki, buyuk allomalar va mutafakkirlar kasbga yo‘naltirishning ijtimoiy-iqtisodiy, ma‘naviy-axloqiy, pedagogik-psixologik jihatlariga, ota-ona, maktabning roli, kasb tanlashda yosh avlodning hayot, mehnat yo‘lini mustaqil tanlashiga alohida e‘tibor 6ilan qarashgan. Bolani hunarga yo‘llashda uning qiziqish, moyilligi, qobiliyatini o‘rganish, bunday holatda ularning onglilik, izchillik va vorisiylik, yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish zarurligini qayd etgan.
Xullas, bu kabi misollar ajdodlarimizning kasb tanlash nazariyasini shakllantirishga munosib hissa qo‘shganidan dalolat beradi. Umumta‘lim maktablarida kasbga yo‘naltirish jarayonida ajdodlarimizning boy ilmiy merosidan unumli foydalanish ijobiy samara berishi shubhasizdir.
Ajdodlarimiz o‘z asarlarida bolalarga ta‘limi va tarbiya berish masalalariga juda katta etibor berganlar. Ular aqliy tarbiya talim va tarbiyaning zaruriy tarkibiy qismi sifatida yondashganlar va uni jismoniy va manaviy tarbiya bilan birga olib borish zarur, deb hisoblaganlar.

Download 59.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling