Oraliq nazorat 1


Download 213.86 Kb.
bet1/3
Sana25.12.2022
Hajmi213.86 Kb.
#1065727
  1   2   3
Bog'liq
Oraliq nazorat 1


Oraliq nazorat 1
Variant № 3
1. Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi fanining predmeti va ob’ektini izohlang.
2. O’qitishda ta’lim oluvchilarning yoshi va individual xususiyatlarini hisobga olish tamoyilini tushuntirib bering.
3. O’quv reja va ishchi o’quv rejani farqini tushuntiring.
4. Masofaviy ta’limni afzallik va kamchiliklarini aytib bering.

Javoblar
1. Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi fanining asosiy tushunchalari quyidagilar hisoblanadi: Ta’lim- bilim berish malaka va ko’nikma hosil qilish jarayoni kishini hayotga, mehnatga tayyorlashning asosiy vositasidir. Ta’lim jarayonida bilim o’zlashtiriladi va tarbiya amalga oshiriladi. Bilim - kishilarning turmushdagi narsa va hodisalar to’g’risidagi, tabiat va jamiyatning rivojlanish qonunlari haqidagi tasavvur hamda tushunchalari tushuniladi. Ko’nikma – ta’lim oluvchining mehnat harakatini (yoki mehnat harakatlari majmuini) ayni sharoitda ma’qul harakat metodlarini tanlab va qo’llab bajarishga va buning oqibatida mehnatda ijobiy natijalarga erishishga tayyor ekanligi. Malaka – ta’lim oluvchining harakat komponentlarini maksimal aniqlik, tezlik va maqsadga muvofilikda avtomatlashtirilgan metodda bajarishga qobilligi. Bu qobiliyat o’quvchining mashqlar o’tkazishi natijasida hosil bo’ladi. Kasbiy pedagogika - umumiy pedagogikaning bir sohasi bo’lib, u tarbiya, ta’lim, o’qitish haqida kator nazariy va amaliy ma’lumotlar beradi. Kasbiy pedagogika sanoat, ishlab chiqarish va mehnat pedagogikasining masalalari bilan shug’ullanadi.Didaktika - grekcha «διδακτικός» so’zidan olingan bo’lib, o‘rgatuvchi, o’qitaman, o’qishni o’rgataman ma’nolarini anglatadi. Didaktika o’qitish jarayonini shakllari, metodlari, tamoyillari, mazmuni, vazifasi va maqsadlarini ishlab chiqadi.

2. Maxsus fanlarni o’qitish metodikasida ilmiy izlanishlarning umumiy va maxsus metodlari qo’llaniladi. Umumilmiy metodlarga nazariy izlanish, kuzatish, suhbat, pedagogik so’rov, test, so’rovnomalari, statistik ma’lumotlarni tahlil qilish va boshqalar kiradi. Nazariy izlanish metodi – adabiyot, ilmiy manbaallardan o’rganish va tahlil qilish hamda pedagogik tajribalar asosida olib borilgan izlanishlardir. Kuzatish metodi - odatda, tabiiy kuzatish orqali ta’lim oluvchilarning fanlarni o’zlashtirishlari, ularning xulq-atvori muomalasidagi o’zgarishlarni hisobga olish va tegishli ta’lim-tarbiya ta’siri ko’rsatish yo’llarini belgilash uchun qo’llaniladi. Suhbat metodi - so’rashning bir turi hisoblanib, tadqiqotchining jiddiy tayyorgarlik ko’rastishni talab etadi. Pedagogik so’rov metodi - tadqiqotchining boshqa kishilardan pedagogik tajribaning biror tomoni yoki hodisalar haqida axborot olish jarayoni bu metodning asosini tashkil qiladi. So’rash metodida qat’iy shakldagi javobni (“ha”,”yo’q”) ham taqazo etish ko‘zda tutiladi.Test savollari - yoki anketa metodi ilmiy farazning yangiligini aniqlash, yakka yoki guruh holdagi ta’lim oluvchilar fikrlarini, qarashlarini, qanday kasblarga qiziqishlarini, kelajak orzu-istaklarini bilish va tegishli xulosalar chiqarish, tavsiyalar berish maqsadida o’tkaziladi.


3. O‘quv reja - ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan fan, ularning bo‘limlari, o‘qitilish tartibi hamda har bir fanning yil davomida o‘qitilishi, ularning o‘quv yili va haftasida qancha miqdorda o‘tilishi kerakligini belgilab beradigan rasmiy pedagogik hujjat hisoblanadi.


Download 213.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling