Ajdodlarning bola tarbiyasiga doir qarashlari
J.J. Russo asarlarida tarbiya nazariyasi
Download 59.27 Kb.
|
2-ma;ruza matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dastlabki ta’lim nazariyasi va metodikaning yaratilishida Y.G. Pestalotstsining hissasi katta bo‘lgan.
- Adolьf Disterveg
J.J. Russo asarlarida tarbiya nazariyasi. Uning “Emil yoki tarbiya to’g‘risida” nomli romanida ozod, yangi odamni tarbiyalash yo’llarini ko’rsatdi.
Russo bola tug‘ilgan kunidan boshlab iste’dodning rivojlanishi uchun yaxshi sharoit yaratish to’g‘risida g‘amxo’rlik qilish zarurligini aytadi. Tarbiyachi bolaga o’zining fikr va mulohazalarini, tayyor axloqiy qoidalarni majburan qabul qildirmasligi, tabiatiga ko’ra uning o’sishi va erkin rivojlanishiga imkoniyat yaratishi kerak. Tabiiy tarbiya – erkin tarbiyadir. Bola o’zining noto’g‘ri ishlari natijasini, shu ishlar tufayli paydo bo’ladigan zararli oqibatlarni his qilishi lozim. Russoning fikricha axloqiy tarbiyaning maqsadi bolada fanlarga qiziqish va muhabbat uyg‘otish, unga bilimlarni egallash usullarini o’rgatishdan iborat bo’lishi kerak. Buning uchun bolaning mustaqilligi va faolligini rivojlantirish asosida ta’lim mazmuni va o’qitish usullarini tubdan o’zgartirish lozim. Jan Jak Russo o’z pedagogik qarashlarida inson huquqini himoya qilish, yoshlarni sog‘lom va mustaqil, ijodiy fikr sohibi qilib yetishtirishga da’vat etadi. U tarbiyani hayot, tabiat bilan bog‘liq holda amalga oshirishni, mehnat tarbiyasiga e’tibor berishni talab etdi. Uning bu g‘oyalari pedagogik nazariya va tajribaning rivojiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi Dastlabki ta’lim nazariyasi va metodikaning yaratilishida Y.G. Pestalotstsining hissasi katta bo‘lgan. Pestalotstsi tarbiyaning maqsadi bolalarda “Haqiqiy insoniylikni” namoyon ettirishdan iboratligini aytadi. Pestalotstsining ta’kidlashicha, tarbiya uyg‘un tarzda, ya’ni u bolaning tabiati, ruhiyatiga uyg‘un holda amalga oshirilishi kerak. Uning fikricha, jismoniy tarbiyaning maqsadi bolaning tabiiy, jismoniy iste’dodini rivojlantirishdan, unda ko’nikma va malakalar hosil qilishdan va shu yo’l bilan uning jismoniy kuch – qudratini o’stirishdan iboratdir. Pestalotstsi bu maqsad amalga oshirilsa, jismoniy tarbiya insonning shaxs sifatida shakllanishiga, aql – idroki, axloqiy his – tuyg‘usi va irodasining rivoj topishiga ishondi. Pestalotstsining fikricha axloqiy tarbiyaning maqsadi bolalarda kishilarga muhabbat uyg‘otishdan iborat. Pestalotstsi axloqiy tarbiyada tarbiyachining bolalarga shaxsiy namuna bo’lishiga alohida ahamiyat beradi. Tarbiyachi go’zal axloqli, axloqiy tarbiya haqida to’liq tushuncha va bilimga ega bo’lishi kerak. Ta’limning vazifasi bolani muayyan bilimlarga ega qilishdangina emas, balki unda aqliy qobiliyatni ham rivojlantirishdan iboratdir.Ta’limda bolalarda aniq tushunchalar hosil qilish kerakligini ta’kidlaydi. Tarbiyachi bolalarda kuzatuvchanlik qobiliyatini o’stirib, ularni hayot hodisalarini, ta’lim jarayonini kuzatishga o’rgatishi lozim deb ta’kidlayda Pestalotssi. Pestalotstsi ta’lim jarayonini soddalashtirishga harakat qildi. Har qanday bilimning kichik – oddiy qismlardan iboratligini, inson ularni o’zlashtirib olam, borliq haqida tasavvurga ega bo’lishini aniqladi, hamma narsaning soni, shakli, nomi borligini ko’rsatdi, bilimning son, shakl va so’z kabi qismlarini belgilash (gapirish) malakalaridan iboratligini aytdi. Bugungi kunda Finlandiyadagi ta’lim aynan Pestalotssining g‘oyalariga asoslanganligini ko‘rishimiz mumkin. Pestalotstsi tadqiqotlari bilan tanishar ekanmiz, u ta’lim jarayonida bolalar qobiliyatini rivojlantirish va ularni hayotda faoliyat ko’rsatishga tayyorlashga alohida e’tibor berganligini kuzatishimiz mumkin. Atoqli nemis pedagogi Adolьf Disterveg umuminsoniy tarbiya g‘oyasini himoya qiladi. Uningcha,odamlarga bo’lgan muhabbatni umuman insoniyatga va o’z xalqiga bo’lgan muhabbat bilan bir-biriga chambarchas bog‘lab tarbiyalash kerak.Disterveg, “inson-mening nomim, nemis mening laqabimdir”,-deydi. Distervegning pedagoglik tajribasini pedagogikani taraqqiy ettirishning manbai deb hisoblashi,uning katta yutug‘i bo‘lgan. U mohir pedagoglarning bolalarni tarbiyalashi va bu sohadagi ish tajribalarini o’rganish zarurligini aytadi. Shuningdek, Disterveg tarbiyaning oliy maqsadini belgilab, bu haqiqatga, go’zallikka va yaxshilikka xizmat qilishga qaratilgan tashabbuskorlikdir, deb ta’kidlagandi Disterveg ham Pestalotstsi singari, ta’limning asosiy vazifasi bolalarning aqliy kuchlarini va qobiliyatlarini o’stirishdan iboratdir, deb hisoblaydi. Disterveg umuman sof formal ta’lim bo’lmaydi, lekin, o’quvchining o’zi mustaqil olgan bilimlari va malakalarigina qimmatga egadir, deb uqtirib o’tadi. Bugungi kunda aynan bolalarning mustaqil bilim olishga bo‘lgan qiziqishlarini kamol toptirish masalasi dolzarb masala hisoblanadi. Chunki mustaqil olingan bilim bolaning o‘z izlanishlarining samarasi hisoblanadi. Bunday izlanish Bolani yangi yutuqlarga undaydi. Disterveg o’tilgan materialning esdan chiqib ketmasligi uchun uni tez-tez qaytarib turishni maslahat beradi.Distervegning qoidalaridan birida “asoslarni o’rganishda shoshilma”, deyiladi. Disterveg qatashlarining yana bir e’tiborli jihati shundaki, u ta’limning tarbiyalovchi funktsiyasiga asosiy e’tiborni qaratadi. Uningcha, bunday ta’lim bolaning aqliy kuchlarinigina o’stirib qolmaydi, balki shu bilan birga uning shaxsi irodasini, sezgilarini, xulq-atvorini ham shakllantiradi. Uningcha “Yaxshi o’qitgan kishi intizomni ham yaxshilaydi”. Download 59.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling