Ajdodlarning bola tarbiyasiga doir qarashlari
Download 59.27 Kb.
|
2-ma;ruza matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- V.A.Suxomlinskiy
A.S.Makarenkoning butun pedagogik sistemasi “jiddiylik va muhabbat, erkalash va qattiqqo’llik evi bilan bo’lishi kerak” bolalarga nisbatan “talabchan muhabbat” kerak degan g‘oyani qamrab olgan. Makarenko odam qancha ko’p hurmat qilinsa, unga shuncha ko’p talab qo’yiladi deb hisoblaydi. Makarenko insonning ijodiy kuchiga, uning g‘oyat katta imkoniyatlariga qattiq ishondi. Makarenkoning pedagogik nazariyasida insonlarni sevish bilan optimizm bir-biriga chambarchas bog‘lanib ketgan, bu har bir tarbiyalanuvchidan ijobiy kuchni ko’ra bilish, insonning eng yaxshi, yanada kuchliroq, yanada qiziqarli xislatlari “loyihasi”ni tuza bilishdir.
Makarenko pedagogika nazariyasi tarbiyaning amaliy tajribalarini umumlashtirish asosida tuzilishini talab etdi. Makarenko oila tarbiyasiga ham jamoa sifatida qarab, uning a’zolari bir-birini sevadigan bo’lishi, bir-birini hurmat qilishi lozim deb, hisoblaydi; bunday oilada aniq rejim va mehnat faoliyati mavjud bo’ladi deydi. Oiladagi haqiqiy obro’ning bosh negizi ota-onalar hayoti va ishi ularning insoniy qiyofasi deb hisoblaydi. V.A.Suxomlinskiy “Men insonga qat’iy talabchan bo’lish, takomillashtirish va o’z-o’zini takomillashtirishning qat’iy qoidalari tarafdoriman. Talabchanlik saxiylikning, insonparvarlikning ikkkinchi tomonidir” deb qaraydi. Ishonch va talabchanlik Suxomlinskiyning ijodiy merosida to’laqonligicha ochib beriladi. Masalan, farqni birinchi o’ringa nimani-yaxshiliknimi yoki qat’iylikni qo’yishda, deb biladi. U shaxsning faoliyatda shakllanishini nazarda tutgan holda, tarbiyachi ijod haqida o’ylab, uni tashkil etar ekan, butun samaradorlik bolaning ichki holatini hisobga olish mahoratiga bog‘liqligini hamisha esda tutishi lozimligini ta’kidlaydi. Suxomlinskiy o’qituvchi faoliyatining diqqat markazida bola, uni yangichasiga kuzatish, shogirdlarning ma’naviy bilim boyligi haqida g‘amxo’rlik qilish turishi kerakligini ta’kidlaydi. Suxomlinskiy o’qituvchining o’z ustida ishlashiga ham e’tiborni qaratib, ta’lim psixologiyasini va o’qituvchi psixologiyasini bilib olishga intilish, o’z malakalarining rivojlanishini kuzatish istagi, bilim doirasini kengaytirishga, adabiyotni o’rganishga intilishi kerakligini ta’kidlaydi. Suxomlinskiy o’qituvchilarning tadqiqotchilik ishiga qo’shilish jarayoni shu qadar ko’p qirrali va individualligini e’tiborga olib, o’qituvchining ayni o’z ustida ishlashi uning ijodiy kuchlarini rivojlantiradi, ijodiy izlanishlar yo’nalishini belgilab berishini uqtiradi. Download 59.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling