Ajdodlarning bola tarbiyasiga doir qarashlari
Tarbiyaning yoshga bog‘liq jihatlari
Download 59.27 Kb.
|
2-ma;ruza matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Har kim agar yoshligidan beadab kishilar ichida o’sib ulg‘aysa, katta bo’lgach uning vujudiga o’rnashib oladigan badfe’llik illatini chiqarib tashlash qiyin bo’ladi”.
Tarbiyaning yoshga bog‘liq jihatlari:
1. Uch yoshgacha 2. Uchdan yetti yoshgacha 3. Yettidan o’n yoshgacha 4. O’ndan – o’n to’rt yoshgacha 5. O’n to’rtdan-o’n sakkiz yoshgacha To’g‘ri, bola maktabgacha tashkilotida ta’lim olish bilan birga tarbiya ham ko’radi. Ilm dargohlarida yosh avlod har tomonlama mukammal bilim va salohiyat egasi bo’lib ulg‘ayishi lozim. Bu borada davlatimiz tomonidan katta g‘amxo’rlik ko’rsatilmoqda. Zamonaviy uslubda qurilgan, yuksak texnologiyalar bilan jihozlangan ta’lim tashkilotlari bolalar ixtiyorida. Ilm dargohlarida o’g‘il-qizlar uchun barcha sharoitlar muhayyo qilingan. Bundan, albatta, har bir ota-onaning ko’ngli to’q, lekin unutmaslik kerakki, tarbiyada ota-onaning ham, pedagog-tarbiyachining ham o’z o’rni bor. Pedagog-tarbiyachilar tajribasidan shu narsa ayon bo‘ldiki, bolalarning dunyoqarashi, o’y-fikri, orzu-niyatlari oiladagi tarbiyaga ham bog‘liq. MTTlardan birida yuz bergan bi voqeani e’tiboringizga havola qimoqchimiz. MTTdagi yoah bir pedagog-tarbiyachining guruhidagi bitta bola ta’limiy o‘quv faoliyatiga doim xalaqit berganligini bu bolaga yaxshi gapirib ham ko’rgan, tanbeh ham bergan ammo foydasi bo’lmagan. Otasini chaqirtirsa, vaqti yo’q ekan, haydovchisini jo’natibdi. Otaning bunday e’tiborsizligidan tarbiyachi juda ranjigan. Oxiri otaning o‘zi ham kelibdi. U pedagog-tarbiyachidan anchagina “achchiq” gaplarni eshitsa-da nopisandlik va balandparvozlik bilan e’tibor ham bermagan. Bu voqeani eshitib, Xoja Samandar Termiziyning bir ibratli hikmati yodga tushadi: ”Har kim agar yoshligidan beadab kishilar ichida o’sib ulg‘aysa, katta bo’lgach uning vujudiga o’rnashib oladigan badfe’llik illatini chiqarib tashlash qiyin bo’ladi”. Bolajon xalqmiz. Topgan-tutganimizni farzandlarimizdan ayamaymiz. Ularning sog‘lom, ma’naviyatli, oqil va dono bo’lib ulg‘ayishi, jamiyatga naf keltiradigan insonlar bo’lishi uchun yelib-yuguramiz. Bu xalqimizga xos fazilatdir. Ammo, ayrim ota-onalar oiladagi to’kislik, ta’minot a’lo darajada ekanidan xotirjam yurishadi, bolamning usti but, qorni to’q, ta’minoti risoladagidek deb, tarbiyaning ma’naviy jihatlariga e’tibor qaratmaydilar. Vaholanki, bola tarbiyasida oiladagi ma’naviy muhitning o’rni ko’proq ahamiyat kasb etadi. Buni MTTdagi ta’limiy o‘yin faoliyatida juda ko’p kuzatganmiz. MTTlar bolalarimning ota-onalari turfa kasb egalari. Bu tabiiy, biroq ularning ma’naviy dunyoqarashlari ham turfa ekanligi meni o’ylantiradi. Suhbat jarayonida shuni anglab yetish mumkinki, ota-onalar tarbiyada pedagog-tarbiyachi muhim rol o’ynaydi, biz ota-onalar farzandimizning kiyimini, o‘quv qurollarini ta’minlab tursak, bas, deya fikrlashadi. Bunday ota-onalarga o’zingiz oxirgi marta qaysi kitobni o’qidingiz, bolangizga oxirgi marta qachon kitob o‘qib berdingiz, boangiz bilan birga o‘ynaysizmi, bolangizni qiziqishlarini bilasizmi,ularni qog‘oz va plastilindab narsa yasashlariga ko’maklashganmisiz, unga qanday ibratli hikoyatlarni aytib bergansiz, qanday o‘yinchoq va kitoblarni olib berayapsiz, degan savollaringizga javob ola olmaysiz. Oilada bolaga tarbiya berishning qator o’ziga xos tamoyillari borki, ularga amal qilish tarbiya ishining samarali bo’lishini ta’minlaydi. Ular quyidagicha: tarbiyada ota-onaning ma’suliyati, tarbiyadagi birlik, ota-ona obro’si, mehnat tarbiyasi, ota-onaning bola tarbiyasini MTT bilan hamkorlikda olib borishi, tarbiyada bolaning o’sish va rivojlanish xususiyatlarini hisobga olish, bola shaxsini hurmat qilish, unga talabchan bo’lish kabilardir Ota-ona bir-birini tushunmasa, odob-axloq qoidalarini farzandlariga yetkazishi qiyin bo‘ladi. Ota bir fikrni aytsa-yu, ona uni ma'qullamasa yoki onaning gapini ota qo‘llab-quvvatlamasa, bu, albatta, farzand tarbiyasiga salbiy ta'sir o‘tkazishi mumkin. Aytaylik, ota farzandning tadbirkor bo‘lishini xohlaydi, ona esa qarshi bunga. Farzand kimga yon bosishini bilmay ikkilanadi, ya'ni tarafkashlik paydo bo‘lishi mumkin. Farzand o‘ylaydi: otam tarafimni olyapti, shuning uchun tadbirkor bo‘laman. Balki onasi to‘g‘riroq yo‘lni aytayotgan bo‘lishi mumkin, lekin fikrlar qarama-qarshiligi bolada ikkilanishni keltirib chiqarishi va oxir-oqibat noto‘g‘ri yo‘lni tanlanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Har bir oilada past-balandliklar bo‘ladi. Ularni yengib o‘tishda bir-birini tushunish juda muhim. Farzand tarbiyasida ham o‘zaro tushunish, fikrini hurmat qilish ahamiyati katta. Ko‘p oilalarda ota oilani boqish uchun asosiy vaqtini ko‘chada o‘tkazadi, shu sababli ko‘p vaqt ajratolmaydi. Shunday bo‘lsa ham ota rafiqasini kerak paytda qo‘llab-quvvatlay olishi, yordam berishi kerak. Farzand tarbiyasida hammasini onaga yuklab qo‘yish to‘g‘rimas. Chunki farzandlar onadan, otadan tarbiyani turlicha qabul qilishadi. Ota-onaning tarbiyada alohida o‘rni bor. Farzandning odobli, mehnatsevar, sog‘lom bўlib ўsishi kўp jihatdan onasiga bog‘liq bўladi. Olimlarning tadqiqotlariga kўra, ўz onasi tarbiyasini olgan, uning g‘amxўrligi, shafqatini har qadamda his etib turgan bolalar ўzlarini butunlaй jamoat ishiga baxshida qilib, sog‘lom, aqlli, tarbiyali va kўngilchan bўlib ulg‘ayar ekan. AQSHda ўtkazilgan tadqiqotlarda, qamalganlarning yarmidan kўpi ona mehriga tўйmagan ёshlar ekani ma’lum bўlgan. Darhaqiqat, farzand tarbiyasi borasida oilada onaning ўrni alohida ahamiyat kasb etadi. Farzandga mehr degan ulug‘ tuйg‘uni hech kim onadan ortiqroq bera olmaйdi. Download 59.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling