Mavzu: Kirish. Fan maqsadi, vazifasi va dolzarbligi. Modellashtirish nazariyasining asosiy tushunchalari va modellashtirish turlari. Reja


Download 214.73 Kb.
bet19/24
Sana24.12.2022
Hajmi214.73 Kb.
#1055350
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
2. 1-6 Mavzular(3-65)

O‘zgaruvchi nomi (identifikator) – boshlanishi xarfdan iborat ixtiyoriy sondagi belgilardan tashkil topgan bo‘lishi mumkin, ammo faqat boshidagi 31tasi orqali identifikatsiya qilinadi. O‘zgaruvchi nomi boshqa o‘zgaruvchilar bilan ustma-ust tushmasligi kerak, ya’ni nom noyob bo‘lishi lozim. O‘zgaruvchi nomi xarfdan boshlangan bo‘lsada, orasida raqamlar va belgidan (podchyorkivanie) iborat bo‘lishi mumkin. Lekin ularning orasiga maxsus belgilar, masalan +, -, *, / va boshqalarni qo‘yish mumkin emas.
Matlabda ma’lumotlar ustida bajariladigan ma’lum bir amalni bajarish uchun ishlatiladigan belgi operator deyiladi. Masalan, oddiy arifmetik amallar +, -, *, / - operatorlarga misol bo‘ladi. Bu amallar (1*1) o‘lchovlidan yuqori bo‘lgan matritsalar ustida bajarilsa va natija ham matritsa bo‘lsa, u holda amallar elementlararo bajariladi va * amali. *, / esa./, /. kabi belgilab amalga oshiriladi.
Masalan:
>> x= [2 4 6 8]
x= 2 4 6 8
>> u= [1 2 3 4]
u= 1 2 3 4
>> x/u
ans= 2
>> x.*u
ans= 2 8 18 32
>> x./u
ans= 2 2 2 2.
Matlabdagi barcha operatorlar ro‘yxatini ko‘rish uchun help ops komandasidan foydalaniladi.
2. Matlabda funksiyalar va sozlangan funksiyalar.
Endi funksiya tushunchasini keltiramiz. Funksiya – o‘zining argumentlari ustida ma’lum bir shakl almashtirishlarni bajaruvchi va unda hosil qilingan natijalarni qaytarish xususiyatiga ega bo‘lgan noyob nomli ob’ektdir. Funksiyalar bir nechta argumentlarga ega bo‘lib bir emas, bir nechta natijani qaytaradigan bo‘lsa quyidagicha yoziladi:
[y1,y2, …] = func (x1, x2, …)
x1, x2, …, y1,y2, … - mos ravishda kirish va chiqish parametrlari deyiladi.
Matlabdagi elementar funksiyalar ro‘yxati bilan help elfun komandasi, maxsus funksiyalar ro‘yxati bilan esa help specfun komandasi orqali tanishish mumkin. Bu funksiyalar matlabdagi sozlangan ichki funksiyalarga kiradi, ya’ni ularga argumentlari bilan murojaat qilib, qiymatlarini olishimiz mumkin.
Matlabda tashqi funksiyalar deb m-fayllar ga aytiladi. Bunday funksiyalarni berish uchun maxsus m-fayllarni taxlil qiluvchi redaktordan foydalaniladi.
Matlab tizimida juda ko‘p sozlangan va kengaytma paketlarda aniqlangan funksiyalar bo‘lsada, foydalanuvchi uchun yana qandaydir funksiyalar kerak bo‘lib qolishi mumkin. Matlabda ana shunday yangi funksiyalarni yaratishning bir nechta imkoniyatlari bor. SHulardan bir inline funksiyasidan foydalanishdir. Bunda foydalanuvchi o‘zi uchun zarur ifodani inline funksiya argumentiga apostrof ichiga yozishi kerak bo‘ladi.
Masalan, sin2x+ cos2u ifodani qiymatlarini xisoblash kerak bo‘lsin. Matlabda quyidagicha amalga oshiriladi:
>> sin cos = inline (`sin (x).^2+cos(y).^2`)
sin cos =
inline function:
sin cos (x, u) =sin (x).^2+cos (x).^2.
Bu yozuvlar komandalar oynasida yoziladi va hisoblash ham shu oynada bajariladi:
>> sin cos (5.5)
ans =1.0000
>> sin cos (1.2)
ans =0.8813
>> sin cos (2.1)
ans =1.1187
Ma’lumki, ko‘p xollarda tartiblangan sonlar ketma-ketligini shakllantirish zarurati tug‘iladi. Bunday ketma-ketliklar grafik chizishda, jadval yaratishda kerak bo‘ladi. Ularni xosil qilish uchun matlabda (:) ikki nuqta komandasidan (operatoridan) foydalaniladi. Uning umumiy ko‘rinishi quyidagicha:

Download 214.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling