Mavzu: Kirish. Fizik kattaliklar. Kinematika asoslari
Mavzu: Egri chiziqli harakatga doir masalalar yechish
Download 249.58 Kb.
|
Fizik kattaliklar.Kinematika asoslari
Mavzu: Egri chiziqli harakatga doir masalalar yechish
Reja: 1. Egri chiziqli harakat va uning xossalari. 2. Egri chiziqli harakatga doir masalalar. Moddiy nuqtaning egri chiziqli trayektoriyasi bo’ylab harakatidagi tezlik va tezlanishni aniqlaylik (1-chizma). Moddiy nuqtaning t vaqt oralig’idagi M vaziyati, radius - vektor r rt orqali aniqlanadi. t kichik vaqt oralig’idagi M1 vaziyat, radius – vektor r rt t 1 orqali aniqlanadi. Moddiy nuqtaning vaziyatini aniqlovchi radius - vektorning o’zgarishi ga teng bo’ladi. U vaqtda t ichidagi harakatning o’rtacha tezligi quyidagicha aniqlanadi: (1) t 0 da o’rtacha tezlik chegarasi, radius - vektordan vaqt bo’yicha olingan birini tartibli hosilaga teng: bo’ladi. (2) formula moddiy nuqtaning oniy tezligi deyiladi. Bu tezlik, harakatdagi nuqta trayektoriyasiga urinma bo’ylab yo’naladi. Egri chiziqli harakatda tezlanish quyidagicha aniqlanadi. Bu harakatda tezlanish (a), tezlikdan vaqt bo’yicha birinchi tartibli, radius - vektor ( r ) dan ikkinchi tartibli hosilaga teng bo’ladi: (3) (4) Egri chiziq – fazoda harakatlanuvchi nuqtaning ketma – ket harakatlarining yig`indisi. Egri chiziqlar tekis yoki fazoviy bo`ladilar. Agar egri chiziqning hamma nuqtalari bir tekislikda yotsalar , bu egri chiziq tekis egri chiziq deyiladi. Bularga – aylana, ellips, parabola kiradi. Agar egri chiziqning hamma nuqtalari bir tekislikda yotmasa, bu egri chiziq fazoviy vintli egri chiziq deyiladi. Vint chizig`i uning o`qi atrofida tekis aylanuvchi to`g`ri chiziq bo`ylab harakat qiluvchi nuqtaning aylanma harakatida hosil bo`luvchi egri chiziq. Egri chiziqni proyeksiyalarini yasash uchun unda yotuvchi bir nechta nuqtalarning proyeksiyalarini yasash kerak. Egri chiziqlarning xossalari: 1. Agar nuqta egri chiziqda yotsa, uning proyeksiyalari shu egri chiziqning bir ismli proyeksiyalarida va bir bog`lovchi chiziqda yotadi. 2. Proyeksiyalovchi tekislikda yotuvchi egri chiziqning proyeksiyasi to`g`ri chiziqdir. Sirtning hosil bo`lishi va ularning klasiffikatsiyasi. Sirtlarning hosil bo`lish usullari turlicha, misol uchun bir sirtning o`zi bir necha turlicha chiziqlarning harakatidan hosil bo`lishi mumkin. Misol uchun, doiraviy silindrning yon sirti: a) to`g`ri chiziqni qo`zg`almas o`qqa parallel ravishda harakatidan; b) egri chiziqni aylantirishdan; c) markazi aylana tekisligiga perpendikulyar to`g`ri chiziq bo`yicha siljuvchi aylananing harakatidan hosil bo`lishi mumkin. Sirtni hosil qiluvchi to`g`ri chiziq uni yasovchisi deb yuritiladi. Yasovchi harakat qiluvchi chiziq, uning yo`naltiruvchi deb yuritiladi. Mavzu:Kinematika asoslari.Nyuton qonunlari. Reja: 1.Kinematika bo`limining asosiy tushunchalari. 2.Nyutonning qonunlari. Mexanikaning jism harakatini uning massasi va uni harakatga keltiruvchi sabablar hisobga olinmagan holda o‘rganadigan bo‘limiga kinematika deb ataladi. Kinematikaning asosiy vazifasi jismlarning istalgan vaqtdagi ko or dina talarini aniqlashdan iborat. Jism koordinatalarining vaqtga bog‘liqligi haqidagi ma’lumotlar turli ko‘rinishda: masalan, grafik, jadval yoki formula ko‘rinishida berilishi, shuningdek, so‘zlar bilan ifodalanishi mumkin. Bu ma’lumotlarni bilgan holda shu jismning istalgan vaqtdagi fazodagi o‘rni aniq aytib beriladi. Buning uchun bir qator yangi tushunchalar bilan tanishib olishimiz kerak. Moddiy nuqta Uzoqda ketayotgan avtomobil shakli aniq ko‘rinmaydi, u juda kichkina hatto nuqta bo‘lib ko‘rinishi mumkin. Asli kichkina chumoliga mikroskop orqali qaraganimizda esa u bahaybat yirtqich bo‘lib ko‘rinadi. Jismlarning harakatini o‘rganishda bir qator soddalashtirishlardan foydalanamiz. Bunday usullardan biri hara kat lanayotgan jism ning o‘lchamlarini hisobga olmasdan, uni ko‘rilayotgan jarayon yoki chizmalarda moddiy nuqta deb olishdan iborat. Download 249.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling