Mavzu: Matematikada chiziq tushunchasining kiritilishi va uni o’qitish metodikasi Bajardi: 4-a guruh talabasi D. Buvasherov Ilmiy rahbar: dots. S. X. Abjalilov


Download 1.02 Mb.
bet1/13
Sana18.08.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1667971
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
БУВАШЕРОВ ДИЛШОД


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Fizika-matematika fakulteti

Matematika o`qitish metodikasi kafedrasi




Mavzu: Matematikada chiziq tushunchasining kiritilishi va uni o’qitish metodikasi
Bajardi: 4-A guruh talabasi D. Buvasherov
Ilmiy rahbar: dots. S.X.Abjalilov



Navoiy-2020
MUNDARIJA
Kirish
I bob. Chiziq tushunchasi haqida umumiy ma’lumot

    1. . Chiziq tushunchasi

    2. . Chiziqning nuqta harakatini fazoda qoldirgan izi sifatida tushuntirilishi

    3. . Ellips, giperbola va parabolalarni konus kesimlari yordamida namoyon bo‘lishi

II bob. Algebraik va algebraik bo`lmagan chiziqlar

    1. . Algebraik chiziq va uning tartibi

2.2. Transendent chiziqlar
2.3. Lemniskata ta’rifi va xossalari
III bob. Chiziq tenglamasiga doir misol va masalalar
3.1. Ta’rifiga ko‘ra chiziq tenglamasini keltirib chiqarishga
doir masalalar


    1. . Chiziq tenglamalarini topishga oid masalalar

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


Ishga yarab qolsa ilming bir muddat,
Yana oshiqmoqqa aylagil shiddat.
Mirzo Ulug`bek


Kirish

Matematika fani yoshlarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini o’stiruvchi vosita sifatida maktablarda dastlab qadimgi Yunonistonda o’qitila boshlangan. Yangi era boshlarida Xitoyda sonlar nazariyasi, Hindistonda o’nli sanoq sistemasi, O’rta Yer dengiz sohillarida trigonometriya rivojlana boshlagan. Metematikadagi jiddiy izlnishlar dastlab Xitoy, so`ngra Hindistonda davom etgan bo`lsa, VII – VIII asrlardan boshlab ilm-fan taraqqiyoti markazi Islom olami, Yaqin sharq, Markaziy Osiyo va O’rta Osiyoga ko’chdi. O’z ilmiy ishlari bilan butun dunyoga tanilgan Muhammad Muso al-Xorazmiy, Ahmad Farg’oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Abu Nasr Forobiy, Ismoil Buxoriy, Umar Hayyom, Ulug’bek va boshqalar bu olamning buyuk nomoyandalari edilar.


Sharq mamlakatlari olimlarning qilgan ishlari XIV–XVI asrlar Yevropadagi ilm-fan rivojiga asos bo’ldi desak, hech ham mubolag’a bo’lmaydi. Yevropaliklar o`nlik sistemasining afzalliklarini bilishdi va qabul qilishdi. Antik davr matematikasi va uni o`z ilmiy tadqiqotlari bilan rivojlantirgan sharq matematikasi durdona kitoblari Yevropa tillariga tarjima qilindi. Sho`bhasiz, keng tadqiqotlar natijalari Yevropada ilm-fanning rivojlanishiga asosiy sabab bo`ldi.
XX asr ikkinchi yarmida Respublikamizda ko’plab matematiklar yetishib chiqdi. Ular matematika fanining muhim yo’nalishlari bo’yicha o`z maktablarini yaratdilar. Masalan, ehtimollar nazariyasi maktabi (T.A.Sarimsoqov, S.X.Sirojiddinov, T.A.Azlarov va boshqalar), differensial tenglamalar maktabi (M.S. Salohiddinov, T.J.Jo’rayev, Sh.A.Alimov, N.Yu.Sotimov va boshqalar), matematik analiz maktabi (T.A.Sarimsoqov, J.Xojiyev, Sh.Ayupov, A.Sa’dullayev va boshqalar), hisoblash matematikasi maktabi (V.Qobulov, F.N.Solihov, T.B.Abutaliyev va boshqalar), sonlar nazariyasi, matematika tarixi (G.P.Matviyevskaya, S.A.Ahmedov) maktablariga asos solindi.
Matematikani o`rganishda faqat natijani emas, balki eng sodda qadamlar ketma-ketligidagi qat’iy matematik yo`lni o`zlashtirish muhim ahamiyatga ega. Qat’iy matematik yo`l deganda aksiomalar, isbotlangan teoremalarga asoslanib natijaga olib keluvchi amallar majmuasi deb qarashimiz mumkin.
Biz ushbu bitiruv malakaviy ishida matematikada chiziq tushunchasining kiritilishi, berilgan ta’rifiga ko`ra uning tenglamasini topish yoki berilgan tenglamasiga ko`ra chiziq xossalarini tahlil qilish masalalarini o`rganishni maqsad qilib olganmiz.
Qo`yilgan maqsadga ko`ra bitituv malakaviy ishi kirish, uchta bob va xulosa qismlari shaklida rejalashtirildi.
Kirish qismida matematikaning rivojlanish tarixi, bitiruv ishidan ko`zlangan maqsad va vazifalar haqida fikr yuritilgan. Olib borilgan umumiy tahlillarga ko`ra bitiruv malakaviy ishi ber nechta paragraflarni o`zida jamlagan uchta bob shaklida tayyorlandi.
Birinchi bob chiziq tushunchasi haqidagi umumiy ma;lumotlarga bag`ishlangan.
Ikkinchi bob algebraik va algebraik bo`lmagan chiziqlarga bag`ishlangan bo`lib, ba’zi ajoyib chiziqlar ta’riflari va tenglamalari bayin etilgan.
Uchinchi bob chiziq tenglamasiga doir misol va masalalar yechish metodikasiga bag`ishlangan.
Xulosa qismida bitiruv malakaviy ishidan olingan natijalar keltirib o`tilgan va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati berilgan.



Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling