Xunarmandchiligi
Qishloq xo’jaligi
№2,3
Reja:
Qadimgi sharq tsivilizatsiyasi.
Misrshunoslik fanining rivojlanishi.
Qadimgi podsholik davridagi Misr (er.av. XXIII - XVIII asrlar).
Yangi va so‘ngi podsholik davrida Misr davlati (er.av.XVI-XII asrlar).
Qadimgi Misr madaniyati.
Seminar mashg’ulotining maqsadi: QadimgiSharqda va Misrda sodir bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy hamda siyosiy-madaniy jarayonlar to‘g’risidagi bilimlarni shakllantirish.
Seminar faoliyatining natijasi:Qadimgi sharq va Misrning jahot tarixidagi tutgan o‘rni haqida ma’lumotlar berish, Qadimgi, yangi, so‘nggi podsholiklarda ijtimoiy va siyosiy tuzum, Misr madaniyati kabi mavzularni yoritib berish.
Insert usulidan foydalanib ishlash qoidasi
1. Ma’ruza matnini o‘qib, matnning chetiga quyidagi belgilarni qoyib chiqing:
V – bilaman
+ - men uchun yangi ma’lumot
- men bilgan ma’lumotni inkor qiladi
? – noaniq (aniqlashtirish talab qiladigan) qo‘shimcha ma’lumot.
2. Olingan natijalarni jadval shaklida rasmiylashtiring.
O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun savollar:
Qadimgi Sharqning tabiiy sharoitida o‘ziga xos muhim narsalar nimalarda namoyon bo‘ladi?
Qadimgi Sharq hududlariga qanday va qaysi qadimgi qabilalar ko‘chishi sodir bo‘ldi?
Qadimgi Sharq – bu...?
Qadimgi Sharqning geografik joylashuvi xususida nimalarni bilasiz?
Etnik jarayon deganda nimani tushunasiz va bu holat Qadimga Sharq hududida yashab kelgan xalq turmush tarziga qay darajada ta'sir ko‘rsatdi?
Qadimgi Misrning geografik joylashuvi va aholisi haqida nimalarni bilasiz?
Qadimgi Misr hududida ilk davlat uyushmalari qachon vujudga keldi?
Qadimgi Misr podsholigi va uning siyosiy boshqaruvi haqida ma'lumot bering?
Misrda markashlashgan davlatni shakllanish jarayonlarini yoritib bering.
Misrga qo‘shni xalqlar bosqini va uning natijasini tahlil qiling.
Giksoslar hukumronligi davrida Misrning ijtimoiy-siyosiy ahvoli haqida ma'lumot bering.
Misrning Old Osiyo mamlakatlari bilan munosabatlarini qo‘shimcha manbalardan foydalanib kengroq yoritib bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |