Mavzu: Kirish. Istiqlol darsi


Sana: Sinf: 8 “B”-sinf


Download 297.39 Kb.
bet15/36
Sana05.01.2022
Hajmi297.39 Kb.
#223237
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   36
Bog'liq
8 sinf adabiyot fanidan konspekt

Sana:

Sinf: 8 “B”-sinf

Fan: Adabiyot

Mavzu: Nodira g’azallari tahlili

Darsning maqsadi:

a) ta`limiy: Nodira g`azallari badiiyati haqida bkmlar hosil qilish;

b) tarbiyaviy: o`quvchilarni qalbida sadoqat ruhini tarbiyalash;

d) rivojlantiruvchi: o’quvchilarning fikrlash salohiyati va dunyoqarashini takomillashtirish.

Dars tui:noan’anaviy;

Dars uslubi:ifodali o’qish,g’azallar tahlili,bahs;

Dars jihozi :Nodira siymosi,g’azallari,tarqatmalr.

Darsning borishi

Tashkiliy ishlar:

Darsning chaqiriq bosqichida:

a)salomlashish,navbatchi axboroti;

b)kitob-daftarlar nazorati;

d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish.

O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash:

1.Tarqatmalar asosida Nodira hayoti va ijodi yuzasidan savol-javob;

2.”Doda keldim”matla’li g’azalini yod aytish va g’azalni g’oyaviy-badiiy tahlil qilish.

Darsning mohiyatini anglash bosqichida:

I.Savol va topshiriqlar ustida ishlash.

1.Nodira qachon qayerda tug`ilgan?

2.Nodira atrofida qaysi shoiralar ijod qilgan edi?

3.Nodiraning ijodiy merosi haqida gapiring.

4.Nodira qaysi taxalluslar bilan ijod qilgan

5.Nodiraning turkiy evonidan nechta g`azal o`rin olgan?

6.Nodira ijodi va hayotida Amir Umarxonning o`rni qanday bo`lgan?

7. Nodiraning farzandlari haqida gapiring

8.Nodira qaysi tilda yozgan g`azallariga Maknuna taxallusini qo`llagan?

II.“Dahrni imtihon qilib ket” g`azalini o`qish va tahlil jadvalini to`ldirish.

Kel ,dahrni imtihon qilib ket,

Sayri chamani jahon etib ket.

Bedardlarning jafolaridin

Faryod etib, fig`on etib ket.

Dunyo chamanini bulbulisen

Gul shoxida oshiyon etib ket

Ey ashk,ko`zimni maktabidin

Hayrat sabaqin ravon etib ket

Olam chamaniki bevafodur

Bir oh ila xazon etib ket

Ushshoq maqomi bo`stonidir

Azmi rahi bo`ston etib ket.

Maqsad na edi jahona kelding?

Kayfiyatini bayon etib ket

Fosh etma ulusqa ishq sirrin

Ko`ngulda ani nihon etib ket.

Kel ,ishq yo`lida ko`zlaringni

Ey Nodira ,durfishon etib ket.

Tahlil jadvalini to`ldirish


1

Matla`










2

Begona bayt










3

Maqta`











4

Hajm




5

Qofiyalanish

tartibi





6

Qofiyadosh so`zlar




7

Radif




8

Vazn




9

She`riy san`at turi













Darsning mustahkamlash bosqichida:

I.”Vasl uyin obod qildim”matla’li g’azalini ifodali o’qish va g’azalni g’oyaviy-badiiy tahlil qilish.

Vasl uyin obod qildim,buzdi hijron oqibat,

Seli g’amdin bu imorat bo’ldi vayron oqibat…

G’azal ishqiy mavzuda yozilgan.Unda hijron iztiroblari tasviri asosiy o’rin tutadi.Lirik qahramon yor vasliga yetolmagani oqibatida chekkan dard-u g’amlarini turli badiiy tasvirlar orqali bayon qiladi.

II.Darslikdan tashqari shoirlar she’rlaridan ifodali o’qib,tahlil qilish va shoira hayotiga oid chizgilar bilan qiyoslash.”Firoqnoma”musammati asosida:




Download 297.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling