Mavzu: Kirish. Istiqlol darsi


Download 0.65 Mb.
bet16/24
Sana24.03.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1292401
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24
Bog'liq
8 sinf adabiyot fanidan konspekt

Javoblar:1. B 2. A 3. B 4. D 5.A
Uyga vazifa:”Sog’inishshe’rini yod olish va g’oyaviy-badiiy tahlil qilish.
O’quvchilar bilimini baholash.

Sana:
Adabiyot 8-sinf


Mavzu: Maqsud Shayxzoda hayoti va ijodi. “Mirzo Ulig`bek” fojeasi
Darsning maqsadi:
a)ta`limiy: Maqsud Shayxzoda hayoti va ijodi haqida bolim va ma’lumotlar berish;
b)tarbiyaviy: o`quvchilarni ona-Vatanga muhabbat,adabiyotga qiziqish ,sadoqatlilik ruhida tarbiyalash;
d)rivojlantiruvchi:o’quvchilarning dunyoqarashi va fikrlash salohiyatini takomillashtirish;
Dars turi: yangi bilim berish;
Dars uslubi:suhbat,matn ustida ishlash,bahs;
Dars jihozi :darslik,Maqsud Shayxzoda siymosi,asarlari.
Darsning borishi
Tashkiliy ishlar:
Darsning chaqiriq bosqichida:
a)salomlashish,navbatchi axboroti;
b)kitob-daftarlar nazorati;
d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish.
O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash:
1.Tarqatmalar asosida G’afur G’ulom hayoti va ijodi yuzasidan savol-javob;
2.Shoir ijodidan yod aytib,tahlil qilish.
Darsning mohiyatini anglash boqichida:
1.“Iskandar Zulqarnayn” ertak-dostonini 5-sinfda o`tgan edik.Bu asar
kimning qalamiga mansub?
2.Maqsud Shayxzoda hayoti va ijodiga oid nimalarni eslaysiz?
Maqsud Shayxzoda 1908 yilda Ozarbayjonning Agdash (Oqtosh) shahrida shifokor oilasida tavallud topadi.Boshlang`ich va o`rta ma`lumotni o`zi tug`ilgan shahrida olgach ,Boku Oliy pedagogika institutiga sirtdan o`qishga kiradi.1925-yildan boshlab Darbanddagi 1-bosqich ozarboyjon maktabida , Bo`ynoqdagi ta`lim va tarbiya texnikumida o`qituvchi b/b ishlaydi.1927-yilda aksilinqilobiy tashkilot a`zosi sifatida qamoqqa olinib, 1928-yilning fevralida Toshkentga surgun qilinadi.Maqsud Shayxzoda Toshkentga kelgach ,turli gazeta-jurnallarda adabiy xodim, 1935-1938-yillarda O`zbekiston Fanlar Komiteti qoshidagi Til va adabiyot institutida ilmiy xodim, 1938-yildan vafotiga qadar Nizomiy nomidagi TDPIning o`zbek mumtoz adabiyoti kafedrasida dotsent vazifasida xizmat qiladi.
Shayxzoda o`zining dastlabki ijod namunalarini 1929-yildan boshlab e`lon qila boshlagan:
30-yillarda
“Loyiq soqchi”, “O`n she`r”, “Undoshlarim”, “Uchinchi kitob”, “Jumhuriyat”, “O`n ikki”, “yangi devon”, “Saylov qo`shiqlari” nomli she`riy to`plamlari nashr etildi.
Urush yillarida
“Kurash nechun”, “Jang va qo`shiq”, “Kapitan Gastello”, “Ko`ngil deydiki”, kabi she`riy to`plamlarini va “Jaloliddin Manguberdi” dramasini yozdi.
Urushdan keyingi yillarda “O`n besh yilning daftari”, “olqishlarim”, “Zamon torlari”, “Shu`la”, “Chorak asr devoni” kabi to`plamlarini nashr ettirdi.1958-yilda “Toshkentnoma” dostonini yozdi.
Maqsud Shayxzoda liro-epik janrda ham muvaffaqiyat bilan qalam tebratgan ijodkor.U “O`rtoq mulk”, “Tuproq va haq”, “Chirog`”, “O`rtoq”, “Meros”, “Ovchi qissasi”, “Iskandar Zulqarnayn”, “O`n birlar”, “Jenya”, “Oqsoqol” , “Ahmadjonning hikoyalari”, “Uchinchi o`g`il”, “Nurmat otaning tushi” kabi dostonlarning muallifidir.
Darsning mustahkamlash bosqichida:
I. “Mirzo Ulug`bek” tragediyasini sinfda rollarga bo`lgan holda o`qish
II. Savol va topshiriqlar ustida ishlash.
1. Maqsud Shayxzoda qalamiga mansub dramatik asarlarni sanab bering.
2.M.Shayxzodaning 1958-yilda yozilgan dostoni qanday nomlanadi?
3.M.Shayxzodaning tarixiy mavzudagi dramalarini sanab bering.
II.Test sinovi:
1.Maqsud Shayxzoda qayerda tavallud topgan?
A.Qirg’iziston B.Qozog’iston
C.Ozarbayjon D.Dog’iston
2.U qanday oilada tug’ilgan?
A.Shifokor B.O’qituvchi C.Olim D.Hunarmand
3.”Loyiq soqchi”,”Undoshlarim ”,”O’n she’r”,”Uchinchi kitob”…kabi she’riy to’plamlari qachon nashr etilgan?
A.1940-yillarda B.1930-yillarda
C.Urush davrida D.1950-yillarda
4.”O’rtoq mulk”,”Tuproq va haq”,”Choroq”,”O’rtoq”,”Meros”…kabi asarlari qaysi janrda yozilgan?
A.Doston B.Drama C.She’riy to’plamlar D.Nasriy asarlar
5.Urush davrida yozilgan asarlari to’g’ri berilgan qatorni toping.
A.”O’rtoq”,”Meros”,”Iskandar Zulqarnayn”
B.”Oqsoqol”,”Uchinchi o’g’il”,”Olqishlarim”
C.”zamon torlari”,”Shu’la”,”Chorak asr devoni”
D.”Kurash nechun”,”Jang va qo’shiq”,”kapitan gastello”,”Ko’ngil deydiki”
Javoblar:1.C 2.A 3.B 4.A 5.D
Uyga vazifa:
“Mirzo Ulug`bek” tragediyasini o`qib,mazmunini o`zlashtirish
Sana:__________________________
Mavzu: 4-nazorat ishi
Darsning maqsadi:
a) ta`limiy: o`quvchilar egallagan bkmlarni nazorat qilish;
b) tarbiyaviy: o`quvchilarda ezgulikka muhabbat uyg`otish;
d) rivojlantiruvchi: og`zaki va yozma nutqni o`stirish
Dars tipi : Nazorat
Nazorat turi: Test
Test miqdori : 20 ta
Tekshiriladigan bkmlar soni : 20 ta
Reglament : 45 daqiqa
Darsning borishi
1.Tashkiliy qism
2.Asosiy qism



Savollar

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

16

17

18

19

20

Javoblar





























































O`qituv-
chining
bahosi





























































Uyga vazifa:
Takrorlash
Sana:_______________________________
Mavzu: Takrorlash
Darsning maqsadi:
a)ta`limiy: chorak davomida egallangan bkmlarni takrorlash;
b)tarbiyaviy:o`quvchilar qalbida ezgulikni tarbiyalash;
d)rivojlantiruvchi:og`zaki va yozma nutqni o`stirish
Dars tipi : Takrorlash
Dars turi: Aralash
Dars usuli: Induktiv
Dars metodi: savol-javob
Dars jihozi : Mavjud ko`rgazmalar
Darsning borishi
1.Tashkiliy qism
2.Asosiy qism
Takrorlash

1. Husayn Boyqaroning taxtga chiqishi Alisher Navoiy hayotida
qanday rol o`ynadi?
2. “Muqarrabi shohiy” unvoning ma`nosi va vakolati qanday?
3. Alisher navoiyning “O`zbekiston Milliy bog`i” da o`rnatilgan
haykali peshtoqida qanday misralar bitilgan?
4.Kim Alisher Navoiyga nisbatan “ko`p va xo`b” atamalarini
qo`llaydi?
5. Alisher Navoiy qalamiga mansub asarlardan 13 tasini sanab
bering.
6Alisher Navoiyning “qaro ko`zum ” radifli g`azalida qanday badiiy san`at qo`llangan?
7. Begona bayt deganda nimani tushunasiz?
8. “Sharqqa she`riyatni o`rgatib bo`lmaydi” fikrlarining muallifi kim?
9.Nodira atrofida qaysi shoiralar ijod qilgan edi?
10.Nodiraning ijodiy merosi haqida gapiring.
11.Nodira qaysi taxalluslar bilan ijod qilgan
12.Nodiraning turkiy evonidan nechta g`azal o`rin olgan?
13.Nodira ijodi va hayotida Amir Umarxonning o`rni qanday bo`lgan?
14.Fitratning tahsil yo`nalishini aytib bering
15.Fitratning ilk asari qanday nomlanadi?
16.Fitratning ilmiy asarlarini sanab bering
17.Fitratning dramatik asarlarini sanab bering
18.Fitratning yangi maktablar u-n yozgan asarlari qaysi?
19.Fitratning o`zbek tili va adabiyotiga bag`ishlab yozgan asarlarini ayting
20.Fitratning “Mirrix yulduziga” she`rining bosh mavzusi nima haqida?
21.G`.G`ulom asarlari asosida yaratilgan filmlardan qaysilarni bilasiz?
22.G`.G`ulom qalamiga mansub she`rlarni ayting
23. “Shum bola” filmida bosh rolni kim ijro etgan?
24. “Vaqt” she`rining bosh mavzusi nima haqida?
25.G`.G`ulomning ilk to`plami qanday nomlanadi?
26.Qaysi to`plami uchun G`.G`ulom Davlat mukofotiga sazovor bo`ldi?
27.Nechanchi yilda kimlar qatori G`.G`ulomga akademik unvoni berildi?
28.G`.G`ulomning 100-yilligi yurtimizda qachon keng nishonlandi?
29. “Vaqt” she`rida o`zini unutmasliklari uchun ibodatxonaga o`t qo`ygan
shaxsning nomi tilga olinadi.Siz bu holatni qanday izohlaysiz?
30. Maqsud Shayxzoda qalamiga mansub dramatik asarlarni sanab bering.
31.M.Shayxzodaning 1958-yilda yozilgan dostoni qanday nomlanadi?
32.M.Shayxzodaning tarixiy mavzudagi dramalarini sanab bering

Qatorlararo bahr-u bayt musobaqasi
Uyga vazifa:
Chorak davomida o`tilganlarni takrorlash.



Sana:
Mavzu:Maqsud Shayxzoda . “Mirzo Ulug`bek” tragediyasi


Darsning maqsadi:
a)ta`limiy: “Mirzo Ulug`bek” tragediyasi haqida bilim va ma’lumotlar berish,asarni ifodali o’qib,g’oyaviy-badiiy tahlil qilish;
b)tarbiyaviy: og`uvchilar qalbida adolat,haqiqat,ilm ahliga va buyuk allomalarga ehtirom tyg’ularuni tarbiyalash;
d)rivojlantiruvchi: og`uvchilarning fikrlash salohiyati va dunyoqarashini takomillashtirish;
Dars turi:noan’anaviy;
Dars usuli:bahs,ifodali o’qish,asar tahlili;
Dars jihozi:darslik,”Mirzo Ulug’bek”tragediyasi,Mirzo Ulug’bek siymosi va tarixiy asarlar;
Darsning borishi
Tashkiliy ishlar:
Darsning chaqiriq bosqichida:
a)salomlashish,navbatchi axboroti;
b)kitob-daftarlar nazorati;
d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish.
O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash:

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling