Mavzu: kirish. Moddaning kolloid holati va kolloid eritmalarning olinishi


Download 145.49 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana16.02.2023
Hajmi145.49 Kb.
#1203693
  1   2
Bog'liq
1a- Kirish. Moddaning kolloid holati va kolloid eritmalarning olinishi.



№1. MAVZU: KIRISH. MODDANING KOLLOID HOLATI VA KOLLOID 
ERITMALARNING OLINISHI 
R E J A 
1. Kolloid kimyo fanining rivojlanishi tarixi
2. Kolloid birikmalarning boshqa kimyoviy birikmalardan farqi va o‘xshashligi. 
3. Kolloid zollarning dispersligi
Kolloid kimyoning rivojlanish tarixi 
 
Kolloid kimyo – sirt xodisa dispers sistema va ularning fizik, kimyoviy 
hamda mexanik hodisalari haqidagi fandir. Kolloid kimyoda tekshiriladigan 
tadqiqot ishlari prof. N.P.Peskov tomonidan 1930 yillarda ta’riflangan ikki belgi 
bilan xarakterlanadi. Ulardan biri disperslik va ikkinchisi geterogenlikdir. 
Biror moddaning mayda zarrachalari boshqa modda ichida tarqalishidan 
hosil bo‘lgan sistema dispers sistema deyiladi. (Dispers so‘zi lotincha dispergere, 
ya’ni tarqalmoq, bo‘lak – bo‘lak bo‘lib ketmoq so‘zidan kelib chiqqan). Tarqalgan 
modda dispers faza, ikkinchi modda esa, dispersion muhit deb nomlanadi. 
Har qaysi dispers faza qattiq, suyuq va gazsimon agregat holatlarda bo’lishi 
mumkin. Shu sababli dispers sistemalarning xillari nihoyatda ko‘p. Kapilyar govak 
moddalar ham dispers sistemalar jumlasiga kiradi. Dispers sistemalar tabiatda juda 
ko‘p tarqalgan, ular texnikada turli – tuman jarayonlarda keng qo‘llaniladi. Atrof – 
muhitimizda mavjud materiallar – tuproq, yog‘och, tabiiy suv, turli – tuman oziq 
ovqat mahsulotlari, rezina bo‘yoq va hokazolarning hammasi dispers sistemalarga 
misol bo‘ladi. 
Har qanday dispers sistemada uchta faza: dispers faza, dispersion muhit va 
sirt faza mavjuddir. Shunga ko‘ra kolloid kimyoda uch muhim muammo bilan ish 
ko‘rishga to‘g‘ri keladi, bo‘lar; 1) sirtda sodir bo‘ladigan hodisalarni va sirt 
qavvatlarni o’rganish. 2) dispers sistemalarning sirt fazaga bogliq hodisalarni 
o’rganish va 3) dispers sistemalarning mavjudlik sharoitlarini o’rganishdan iborat. 


Dispers sistemaning barqarorligi dispers faza va dispersion muxit 
zarrachalarning katta – kichiklik (disperslik) darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Barcha 
dispers sistemalar zarrachalarning katta – kichikligiga qarab uch sinfga bulinadi: 1) 
dag‘al dispers sistemalar (sespenziya, emulsiya va ko‘piklar): bu sistemalarda 
dispers faza zarrachalarning o‘lchami 100 nm dan ortiq bo‘ladi: 2) kolloid 
sistemalar: bo‘larda dispers faza zarrachalarning o‘lchami 1 nm dan 100 nm gacha 
bo‘ladi va 3) chin eritmalar: dispers faza zarrachalarning o‘lchami 1 nm dan kichik 
bo‘ladi. 
Kolloid kimyoning vazifasi yuqori disperslikka ega bo‘lgan geterogen 
sistemalarni, bu sistemalardan sirt xodisalarni va yuqori molekulyar sistemalarni 
urganishdan iborat. Dag‘al dispers sistemalar xam kolloid ximiyada urganiladigan 
oboyektlar jumlasiga kiradi. Kolloidlar haqidagi amaliy ma’lumotlar xatto 
Aristotelp (Arastu) va alximiklarning ishlarida uchraydi. Uadim zamonlardayou 
kolloid ximiyaviy jarayonlar Xitoyda, Xindistonda, Misrda, Rimda, O‘rta Osiyoda 
uadimgi Rusp mamlakatida ovqat tayyorlash teri pishirish matolarni bo‘yash va 
boshqa ishlarda qo‘llanilib kelgan.
Dastlab kolloid ximiyaga asos solgan kishi ingliz olimi T.Grem hisoblanadi. 
Lekin Gremdan oldin bu soxada L.M.Lomonosov, Berseluis, Selpmi, Musin – 
Pushkin, Faradey, I.G.Borshchev, P.P.Veymarn va boshqalar ham ish olib 
borganlar.
1861 yilda T.Grem erigan moddalarning qoyoz orqali suvga o’tishi 
(diffuziyalanish) hodisasini tekshirib, kristall moddalarning (osh tuzi, shakar) 
hodisasini tekshirib eritmalari yaxshi diffuziyalanishini lekin, alyuminiy gidroksid, 
rux gidroksid va boshqa metallarning gidroksidlari, yedim, alpbumin, jelatina, 
kraxmal kabi moddalar juda zaif diffuziyalanishini aniqladi. Grem eritmalari ya’ni 
diffuziyalangan moddalarni kristalloidlar deb yomon diffuziyalangan va kristall 
tuzilishiga ega bulmagan moddalarni kolloidlar deb atadi (kolloid so‘zi grekcha 
«kolloi» ya’ni yelim so‘zidan olingan) Gremning fikricha, kristaloidlar suvda 
eriganda chin eritmalar, kolloidlar eriganda esa kolloid eritmalar hosil bo‘ladi. 
Grem kolloid eritmalarini olish va tozalash usullarini ishlab chiqdi. Uning ba’zi 


usullaridan xozirda xam foydalaniladi. Grem ta’limotiga binoan kristalloidlar 
kolloidlardan katta farq qiladi. Lekin 1868 yilda Borshchev kolloid moddalar 
kristall xolida xam bulishi mumkinligini isbotlab berdi. So‘ngra rus olimi 
P.P.Veymarn Gremning fikrlari tor maonoga ega ekanligini isbotladi. U kolloid 
xollatlarda 200 dan ortiq modda tayyorlab, xar qanday modda xam sharoitga qarab 
kolloid xolida xam kristalloid xolida xam bo‘la olishini ko‘rsatadi. 
Shunday qilib xar qanday modda xam ba’zi sharoitda kolloid eritma ba’zi 
sharoitda esa chin eritma xosil qilishi mumkin. Masalan osh tuzi suvda eriganda 
kolloid eritma xosil bo‘ladi lekin sovunni spirtda eritib uning chin eritmasini 
tayyorlash mumkin. Demak kolloid xolat materiyaning uziga xos aloxida xolatidir.
Kolloid kimyoning rivojlanishida olimlarning roli juda katta. Masalan 1762 
yilda M.L.Lomonosoy iviklar ustida ish olib bordi. U oltining kolloid eritmasidan 
foydalanib rangli shishalar tayyorladi. 1797 yilda Musin – Pushkin simob 
metallining kolloid eritmasini xosil qildi. 1908 yilda rus olimi F.F.Reys loy 
suspenziyalarining elektr xodisalarini tekshirish: Sabaneyev 1889 yilda kolloid 
eritmalarning muzlash temperaturalarini o‘lchash asosida kolloid zarrachalarning 
molekulyar massalarini aniqladi. Rus olimi Shvedov 1889 yilda jelatina eritmasi 
misolida kolloid sistemalarning mexanik struktura xodisalarni tekshirdi. XX 
asrning boshlarida Broun xarakatining kashf kolloid ximiyaning rivojlanishi uchun 
katta axamiyatga ega bo‘ladi. 
1906 – 1908 yillarda Smoluxovskiy va Eynshteyn kolloid sistemalardagi 
Broun xarakati va diffuziya nazariyasini yaratib kolloid ximiyani nazariy jixatdan 
boyitdilar. Perren, Svedberg Ilpin kabi olimlar Eynshteyn va Smoluxovskiy 
nazariyasining to‘g‘riligini tajribada tasdiqladilar. 
D.I.Mendeleyev kolloid ximiyani tabiat haqidagi bilmlarni porlou istiubolga 
ega bo‘lgan yangi tarmoi deb qaradi. U uzining «ximiya asoslari» nomli kitobining 
birinchi nashrida (1871) yil «Kolloid ximiya masalalari fizika va ximiyaning 
barcha soxalari uchun ilyor va uudratli axamiyat kasb etishi murakkab deb 
yozadi».


Kolloid ximiyaning tarauuiyotida mashxur olim A.V.Dumanskiyning xam 
xizmati katta, u kolloid eritmaning qovushqoqligini, elektr o‘tkazuvchanligini, 
optik xossalarini urgandi. 
Prof. N.P.Peskov kolloid sistemalarning barqarorlik nazariyasini taklif qildi, 
akademik P.A.Rebinder va uning shogirdlari kolloid dispers va dag‘al dispers 
sistemalarda bo‘ladigan adsorbsiya xodisalarini shuningdek ularning struktura 
mexanik xossalarini tekshirdilar. 
Kolloid va yuqori molekulyar sistemalarni o’rganishda olimlardan 
V.N.Kargin, 
B.V.Deryagin, 
I.I.Jukov, 
Dogadkin, 
I.F.Yermolenko, 
F.D.Ofcharenko, K.S.Axmedov va boshqa olimlarning xizmatlari katta. 
Kolloid sistemalar turmush va sanoatda g‘oyat katta axamiyatga ega. 
O‘simlik va xayvonlar organizimining asosiy tarkibiy qismlari (oksil, uon va 
boshqalar) kolloid xolatda bo‘ladi. Sintetik kauchuklar sunoiy ipak, plastmassa va 
xokazolar ishlab chiqarish texnologiyasi xam kolloid ximiya yutuulariga 
asoslanadi. 
Suniy ipak va sintetik materiallar (kapron, lavsan va boshqalar) ishlab 
chiqarishda buktirish, koagulyatsiya, adsorbsiya va boshqa kolloid ximiyaviy 
jarayonlar katta axamiyatga ega. O‘simliklardan olingan tolalarni, xayvonlardan 
olingan junni. Sintetik tolalarni bo‘yash uchun kerakli bo‘yoqlar xam kolloid 
sistemalar xolida bo‘ladi. Charm tayyorlash sanoatida terini buktirish, uullash, 
oshlash. Uulda yuvish va xokazo jarayonlar kolloid ximiya usuliga asoslangan. 
Metallurgiyada, uulolchilik ishlarida sement, plastmassa, sunoiy tola, rangli shisha, 
sovun, surkov moylar, lan ishlab chiqarishda xamda texnikaning boshqa 
soxalarida, meditsina va qishloq xujaligida kolloid ximiya jarayonlarining 
axamiyati katta.

Download 145.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling