Mavzu: kirish. Moddaning kolloid holati va kolloid eritmalarning olinishi
Download 145.49 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq1a- Kirish. Moddaning kolloid holati va kolloid eritmalarning olinishi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kolloid kimyoning rivojlanish tarixi
№1. MAVZU: KIRISH. MODDANING KOLLOID HOLATI VA KOLLOID ERITMALARNING OLINISHI R E J A 1. Kolloid kimyo fanining rivojlanishi tarixi 2. Kolloid birikmalarning boshqa kimyoviy birikmalardan farqi va o‘xshashligi. 3. Kolloid zollarning dispersligi Kolloid kimyoning rivojlanish tarixi Kolloid kimyo – sirt xodisa dispers sistema va ularning fizik, kimyoviy hamda mexanik hodisalari haqidagi fandir. Kolloid kimyoda tekshiriladigan tadqiqot ishlari prof. N.P.Peskov tomonidan 1930 yillarda ta’riflangan ikki belgi bilan xarakterlanadi. Ulardan biri disperslik va ikkinchisi geterogenlikdir. Biror moddaning mayda zarrachalari boshqa modda ichida tarqalishidan hosil bo‘lgan sistema dispers sistema deyiladi. (Dispers so‘zi lotincha dispergere, ya’ni tarqalmoq, bo‘lak – bo‘lak bo‘lib ketmoq so‘zidan kelib chiqqan). Tarqalgan modda dispers faza, ikkinchi modda esa, dispersion muhit deb nomlanadi. Har qaysi dispers faza qattiq, suyuq va gazsimon agregat holatlarda bo’lishi mumkin. Shu sababli dispers sistemalarning xillari nihoyatda ko‘p. Kapilyar govak moddalar ham dispers sistemalar jumlasiga kiradi. Dispers sistemalar tabiatda juda ko‘p tarqalgan, ular texnikada turli – tuman jarayonlarda keng qo‘llaniladi. Atrof – muhitimizda mavjud materiallar – tuproq, yog‘och, tabiiy suv, turli – tuman oziq ovqat mahsulotlari, rezina bo‘yoq va hokazolarning hammasi dispers sistemalarga misol bo‘ladi. Har qanday dispers sistemada uchta faza: dispers faza, dispersion muhit va sirt faza mavjuddir. Shunga ko‘ra kolloid kimyoda uch muhim muammo bilan ish ko‘rishga to‘g‘ri keladi, bo‘lar; 1) sirtda sodir bo‘ladigan hodisalarni va sirt qavvatlarni o’rganish. 2) dispers sistemalarning sirt fazaga bogliq hodisalarni o’rganish va 3) dispers sistemalarning mavjudlik sharoitlarini o’rganishdan iborat. Dispers sistemaning barqarorligi dispers faza va dispersion muxit zarrachalarning katta – kichiklik (disperslik) darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Barcha dispers sistemalar zarrachalarning katta – kichikligiga qarab uch sinfga bulinadi: 1) dag‘al dispers sistemalar (sespenziya, emulsiya va ko‘piklar): bu sistemalarda dispers faza zarrachalarning o‘lchami 100 nm dan ortiq bo‘ladi: 2) kolloid sistemalar: bo‘larda dispers faza zarrachalarning o‘lchami 1 nm dan 100 nm gacha bo‘ladi va 3) chin eritmalar: dispers faza zarrachalarning o‘lchami 1 nm dan kichik bo‘ladi. Kolloid kimyoning vazifasi yuqori disperslikka ega bo‘lgan geterogen sistemalarni, bu sistemalardan sirt xodisalarni va yuqori molekulyar sistemalarni urganishdan iborat. Dag‘al dispers sistemalar xam kolloid ximiyada urganiladigan oboyektlar jumlasiga kiradi. Kolloidlar haqidagi amaliy ma’lumotlar xatto Aristotelp (Arastu) va alximiklarning ishlarida uchraydi. Uadim zamonlardayou kolloid ximiyaviy jarayonlar Xitoyda, Xindistonda, Misrda, Rimda, O‘rta Osiyoda uadimgi Rusp mamlakatida ovqat tayyorlash teri pishirish matolarni bo‘yash va boshqa ishlarda qo‘llanilib kelgan. Dastlab kolloid ximiyaga asos solgan kishi ingliz olimi T.Grem hisoblanadi. Lekin Gremdan oldin bu soxada L.M.Lomonosov, Berseluis, Selpmi, Musin – Pushkin, Faradey, I.G.Borshchev, P.P.Veymarn va boshqalar ham ish olib borganlar. 1861 yilda T.Grem erigan moddalarning qoyoz orqali suvga o’tishi (diffuziyalanish) hodisasini tekshirib, kristall moddalarning (osh tuzi, shakar) hodisasini tekshirib eritmalari yaxshi diffuziyalanishini lekin, alyuminiy gidroksid, rux gidroksid va boshqa metallarning gidroksidlari, yedim, alpbumin, jelatina, kraxmal kabi moddalar juda zaif diffuziyalanishini aniqladi. Grem eritmalari ya’ni diffuziyalangan moddalarni kristalloidlar deb yomon diffuziyalangan va kristall tuzilishiga ega bulmagan moddalarni kolloidlar deb atadi (kolloid so‘zi grekcha «kolloi» ya’ni yelim so‘zidan olingan) Gremning fikricha, kristaloidlar suvda eriganda chin eritmalar, kolloidlar eriganda esa kolloid eritmalar hosil bo‘ladi. Grem kolloid eritmalarini olish va tozalash usullarini ishlab chiqdi. Uning ba’zi usullaridan xozirda xam foydalaniladi. Grem ta’limotiga binoan kristalloidlar kolloidlardan katta farq qiladi. Lekin 1868 yilda Borshchev kolloid moddalar kristall xolida xam bulishi mumkinligini isbotlab berdi. So‘ngra rus olimi P.P.Veymarn Gremning fikrlari tor maonoga ega ekanligini isbotladi. U kolloid xollatlarda 200 dan ortiq modda tayyorlab, xar qanday modda xam sharoitga qarab kolloid xolida xam kristalloid xolida xam bo‘la olishini ko‘rsatadi. Shunday qilib xar qanday modda xam ba’zi sharoitda kolloid eritma ba’zi sharoitda esa chin eritma xosil qilishi mumkin. Masalan osh tuzi suvda eriganda kolloid eritma xosil bo‘ladi lekin sovunni spirtda eritib uning chin eritmasini tayyorlash mumkin. Demak kolloid xolat materiyaning uziga xos aloxida xolatidir. Kolloid kimyoning rivojlanishida olimlarning roli juda katta. Masalan 1762 yilda M.L.Lomonosoy iviklar ustida ish olib bordi. U oltining kolloid eritmasidan foydalanib rangli shishalar tayyorladi. 1797 yilda Musin – Pushkin simob metallining kolloid eritmasini xosil qildi. 1908 yilda rus olimi F.F.Reys loy suspenziyalarining elektr xodisalarini tekshirish: Sabaneyev 1889 yilda kolloid eritmalarning muzlash temperaturalarini o‘lchash asosida kolloid zarrachalarning molekulyar massalarini aniqladi. Rus olimi Shvedov 1889 yilda jelatina eritmasi misolida kolloid sistemalarning mexanik struktura xodisalarni tekshirdi. XX asrning boshlarida Broun xarakatining kashf kolloid ximiyaning rivojlanishi uchun katta axamiyatga ega bo‘ladi. 1906 – 1908 yillarda Smoluxovskiy va Eynshteyn kolloid sistemalardagi Broun xarakati va diffuziya nazariyasini yaratib kolloid ximiyani nazariy jixatdan boyitdilar. Perren, Svedberg Ilpin kabi olimlar Eynshteyn va Smoluxovskiy nazariyasining to‘g‘riligini tajribada tasdiqladilar. D.I.Mendeleyev kolloid ximiyani tabiat haqidagi bilmlarni porlou istiubolga ega bo‘lgan yangi tarmoi deb qaradi. U uzining «ximiya asoslari» nomli kitobining birinchi nashrida (1871) yil «Kolloid ximiya masalalari fizika va ximiyaning barcha soxalari uchun ilyor va uudratli axamiyat kasb etishi murakkab deb yozadi». Kolloid ximiyaning tarauuiyotida mashxur olim A.V.Dumanskiyning xam xizmati katta, u kolloid eritmaning qovushqoqligini, elektr o‘tkazuvchanligini, optik xossalarini urgandi. Prof. N.P.Peskov kolloid sistemalarning barqarorlik nazariyasini taklif qildi, akademik P.A.Rebinder va uning shogirdlari kolloid dispers va dag‘al dispers sistemalarda bo‘ladigan adsorbsiya xodisalarini shuningdek ularning struktura mexanik xossalarini tekshirdilar. Kolloid va yuqori molekulyar sistemalarni o’rganishda olimlardan V.N.Kargin, B.V.Deryagin, I.I.Jukov, Dogadkin, I.F.Yermolenko, F.D.Ofcharenko, K.S.Axmedov va boshqa olimlarning xizmatlari katta. Kolloid sistemalar turmush va sanoatda g‘oyat katta axamiyatga ega. O‘simlik va xayvonlar organizimining asosiy tarkibiy qismlari (oksil, uon va boshqalar) kolloid xolatda bo‘ladi. Sintetik kauchuklar sunoiy ipak, plastmassa va xokazolar ishlab chiqarish texnologiyasi xam kolloid ximiya yutuulariga asoslanadi. Suniy ipak va sintetik materiallar (kapron, lavsan va boshqalar) ishlab chiqarishda buktirish, koagulyatsiya, adsorbsiya va boshqa kolloid ximiyaviy jarayonlar katta axamiyatga ega. O‘simliklardan olingan tolalarni, xayvonlardan olingan junni. Sintetik tolalarni bo‘yash uchun kerakli bo‘yoqlar xam kolloid sistemalar xolida bo‘ladi. Charm tayyorlash sanoatida terini buktirish, uullash, oshlash. Uulda yuvish va xokazo jarayonlar kolloid ximiya usuliga asoslangan. Metallurgiyada, uulolchilik ishlarida sement, plastmassa, sunoiy tola, rangli shisha, sovun, surkov moylar, lan ishlab chiqarishda xamda texnikaning boshqa soxalarida, meditsina va qishloq xujaligida kolloid ximiya jarayonlarining axamiyati katta. Download 145.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling