Mavzu: kirish. Termodinamikaning birinchi qonuni. Entalpiya. Termokimyo


Ikki va uch komponentli sistemaning fazali diagrammasi


Download 451.95 Kb.
bet10/52
Sana28.10.2023
Hajmi451.95 Kb.
#1732194
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   52
Bog'liq
Mavzu kirish. Termodinamikaning birinchi qonuni. Entalpiya. Ter-fayllar.org

Ikki va uch komponentli sistemaning fazali diagrammasi.
Metall sulfidlari – sulfidli rudalar va shteynlarning asosiy tashkil qiluvchisidir. Ular turli xil ko‘rinishda mavjud bo‘ladi. Masalan, kovellin – CuS, xalkozin – Cu2S, millerit – NiS, sfalerit – ZnS, galenit – PbS, temir sulfidi – FeS, pirit – FeS2, monoklinik pirrotin – Fe7S8, geksagonal pirrotin – Fe12S13 va hokazo. Bularning ichida temirning oltingugurtli birikmalari pirometallurgik jarayonlarda juda katta ahamiyatga ega. Chunki ular sheynning asosiy qismini tashkil qiluvchi minerallar hisoblanadi. Bu esa temir va oltingugurtning birgalikdagi holat diagrammalarini ko‘rishni taqozo etadi. Quyida temir – oltingugurt sistemasining holat diagrammasi keltirilgan bo‘lib, bu sistemada bitta turg‘un kimyoviy birikma paydo bo‘ladi. Bu birikmaning nomi – pirrotin (1- faza), formulasi – FexSy (monoklinik – Fe7S8 va geksagonal – Fe12S13). Bundan tashqari 7450 C cheklangan haroratda mustahkam bo‘lgan kimyoviy birikma – pirit (FeS2, 2- faza) ham mavjuddir (6- rasm). Ammo 7450 C dan yuqori haroratda pirit parchalanadi:
FeS2 → FeS + 0,5S2
Shuni aytib o‘tish joizki, nazariyada kimyoviy birikmaning tarkibi unga yoziladigan formulaga mos kelmaydi. Masalan, temir sulfidining (ya’ni pirrotinning) formulasi Fe1-xS ga to‘g‘ri keladi. Bu kristall panjarada temir atomlarining oltingugurt atomlariga nisbatan x – o‘lchamga kamligini bildiradi. Demak, x – pirrotinning kristallik tuzilishidagi temirning vakansiyasidir. Bu esa stexiometrik birikmaning to‘liq bo‘lmaganini bildiradi.


6- rasm. Fе-S sistemasining holat diagrammasi
Stexiometrik birikma shunday birikmaki, ularning olinishida dastlabki elementlar ularning molekular og‘irligi nisbatida olingandir.

Download 451.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling