Mavzu: Kirish. Yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirishning nazariy-metodologik asoslari


Download 65.05 Kb.
bet1/5
Sana19.06.2023
Hajmi65.05 Kb.
#1614690
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Hamroyeva Sh (Yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirishning nazariy-metodolog)


1-MAVZU: Kirish. YUKSAK MA’NAVIYATLI SHAXSNI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI
“Ma'naviyat - taqdirning ehsoni emas.
Ma'naviyat inson qalbida kamol topishi uchun
u qalban va vijdonan,
aql va qo'l bilan mehnat qilishi kerak”
I.A. Karimov
Reja:

  1. “Ta’lim- tarbiyaning dolzarb muammollari” fani predmeti, maqsadi, vazifalari va mazmun-mohiyati.

  2. Yuksak ma’naviyatli shaxs tushunchasi.

  3. Ma’naviyat - insonning ulg‘ayishi va kuch-qudrat manbaidir.

Muammo (arab. Jumboqli, sirli; tushunilishi qiyin; ko’r) – mavjud bilimda o’z yechimini topmagan va hal etish usuli noma’lum bo’lgan masala[1]. Muammo qo’yish va uni hal qilish mavjud bilimlar doirasidan chetga chiqishni, yechimini yangi usuli va uslublarini qidirishni taqozo etadi. Qanday muammolarni ilgari surish, uni muhokama qilishxarakterini amaliy faoliyat va bilishga bo’lgan ehtiyojlar belgilab beradi. Mash’hur nemis faylasuf V. Geyzenberg aytganidek, to’g’ri qo’yilgan savol muammoni yechishning yarmidan ko’pog’ini tashkil etadi. Muammoli vaziyatni aniq tasavvur qilishning o’zi yetarli emas. Buning uchun muammoni hal qilishning turli xil usul va vositalarini ham oldindan ko’ra bilish kerak. Har bi muammo ma’lum bir nazariya yordamida hal qilinadi.
Hozirgi davrda inson qalbi va ongi uchun kurashning namoyon bo‘lishi har qachongidan shiddatli tus olayotgani jumladan:
- dunyoning mafkuraviy manzarasining o‘zgarib borishi;
- gepolitik maqsadlar va mafkuraviy siyosatning uyg‘unlashib borishi;
- mustaqillikni qo‘lga kiritgan mamlakatlarda mafkuraviy tamoyilar ahamiyatini oshib borishi masalalari mafkuraviy jarayonlarning globallashuvi tizimida ko‘rinadi.
Mustaqillikka erishganimizdan keyin hozirgi davrning eng muhim vazifalaridan biri ushbu jarayonlarga mos keladigan, yangicha fikrlovchi avlodni tarbiyalashdan iborat bo‘lmoqda.
Vatanga sodiq, xalqiga fidoyi, o‘z mustaqil fikriga ega, har qanday muammoni ongli ravishda, mas’uliyat bilan hal qila oladigan, izlanuvchan, yangilikka intiluvchi, milliy istiqlol g‘oyalariga sadoqatli avlodni tarbiyalash zamon talabi bo‘lib turibdi.

Download 65.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling