Mavzu: Kishilik olmoshlarini o'rganish metodikasi reja: Olmoshlarning gapdagi vazifasi Olmosharning ma’no jihatdan turlari Olmoshlarning tuzilish jihatdan turlari Olmosharning sintaktik vazifasi
Download 57.43 Kb.
|
1 2
Bog'liqDehqonova Shaxnoz Kishilik olmoshi
MAVZU: Kishilik olmoshlarini o'rganish metodikasi REJA: 1.Olmoshlarning gapdagi vazifasi 2.Olmosharning ma’no jihatdan turlari 3.Olmoshlarning tuzilish jihatdan turlari 4.Olmosharning sintaktik vazifasiOlmosh ham mustaqil so‘zlar turkumiga mansub bo‘lib, nutqda ot, sifat, son so‘z turkumlari o‘rnida qo‘llanadi. Olmosh shaxs, narsa, belgi va miqdorni ko‘rsatish uchun xizmat.qiladi. Olmoshlar ham xuddi sonlar kabi boshqa so‘z turkumlaridan morfologik yoki sintaktik yo‘l bilan yasalmaydi. Biroq son va olmosh turkumiga mansub so‘zlar boshqa so‘z turkumlarini yasash uchun asos bo‘lishi mumkin: birlik, ikkilanmoq, biryo‘la, sensiramoq, sizlamoq, manmanlik, allaqachon kabi. Olmoshlar ma’no va grammatik xususiyatlariga ko‘‘a yetti guruhga bo‘linadi.
O‘zbek tilida 1 shaxs birlik sondagi kishilik olmoshi ko‘plik sondagi I shaxs kishilik olmoshi bilan almashinib ham qo‘llanadi. Masalan: Kitoblarni men keltiraman. Kitoblarni biz keltiramiz. Ushbu gaplarning har ikkalasida ham ishni bajaruvchi birlik sondagi birinchi shaxsdir. Shuningdek, II shaxs birlikdagi kishilik olmoshi o‘rnida II shaxs ko‘plik sondagi kishilik olmoshi qo‘llanib, ko‘plikni emas, balki hurmat ma’nosini anglatadi. Masalan: Uyga sen birinchi kir. Uyga siz birinchi kiring. Har ikkila holatda ham bir kishi nazarda tutilyapti. Odatda ko‘plik ma’nosi -lar qo‘shimchasi qo‘shilganda anglashiladi: Sizlar tezroq boraveringizlar, orqalaringizdan yelib boramiz. Bugun qabul tugadi, sizlami boshqa kuni yana chaqiramiz.
Download 57.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling