Mavzu: Kislota-ishqor muvozanati (kim) va suv-elektrolit balansi (seb). Infuzion-transfuzion terapiya


Download 300.24 Kb.
bet2/5
Sana08.03.2023
Hajmi300.24 Kb.
#1251842
1   2   3   4   5
Bog'liq
Kislota-ishqor muvozanati (KIM) va suv-elektrolit balansi (SEB). Infuzion-transfuzion terapiya(ITT) va parental oziqlantirish (PO).

Eritrotsit

Plazma

Al’veola




Ka - karboangidraza

5-rasm. Gemoglobin buferi faoliyatining funktsional chizmasi
Qon bufer tizimidan (tezkor ishlaydigan himoya kuchlari) tashqari KIM boshqarishda o’pka, jigar, buyraklar, oshqozon ichak tizimi (sekin ishlaydigan himoya kuchlari) ham qatnashadi. Bularning asosiylariga to’xtalib o’tamiz.

  1. O’pkada CO2 ning chiqarilishi yoki ushlab qolinishi.

  2. Buyraklar kislotali muhitda Н+ va ishqoriy muhitda NSO3 chiqaradi. Bir sutkada buyraklar 100-200 mmol’ vodorod ionlarini chiqaradi.

  3. Jigar kislotali metabolitlarini neytrallaydi.

Klinik amaliyotda karbonat bufer tizimi ko’rsatkichlaridan foydalaniladi. CHunki ular barcha bufer tizimlarini o’zgarish dinamikasini namoyon qiladi va laborotoriya sharoitida aniqlash oson.
Qondagi vodorod ionlari kontsentratsiyasi qonning pH ko’rsatgichi bo’lib, bu me’yorda pH=7,35-7,45ga teng, ishqoriy muhit hisoblanadi. Qon pH ko’rsatgichining har ikkala tomonga 0,4 dan ko’p siljishi hayot uchun xavfli hisoblanadi.
Kislota-asos belgisining integral ko’rsatkichi pH belgisi xisoblanib, biologik suyuqliklarda Н+ ioni kontsentratsiyasini ko’rsatadi (1 l eritmadagi Н+ ionlari kontsentratsyasining manfiy logarfmi). Hujayra tashqarisi suyuqligi pH i to’g’risida plazmadagi H+ ionlari kontsentratsiyasiga qarab xulosa qilinadi. Hujayra ichi suyuqligi pH i me’yorda 6,8 ga teng. Н+ ionlari hujayra ichida 4 marta ko’p, hujayra tashqarisiga nisbatan. H+ ionlari kontsentratsiyasining 1 mekv/l ga o’zgarishi plazma pH ini 0,01 ga o’zgartiradi. H+ ionlarining plazmadagi miqdori PCO2 miqdoriga to’g’ri proportsional, НСO3 kontsentratsiyasiga teskari proportsional bo’lib рСO2/НCO2- nisbat bilan belgilanadi.
Bikarbonat va elektrolitlarning miqdorini aniqlash uchun tahlil venoz qondan, рCO2 va pHni aniqlash uchun tahlil arterial qondan olinadi. KIM ko’rsatgichlari Astrup mikrousuli bilan aniqlanadi.
KIM me’yoriy ko’rsatkichlari (arterial qonda):
pH – 7,35-7,45
рСO2 – 36-44 mm sim.ust
BE ± 2,5 mmol’/l
BB 40-60 mmol’/l
SB 20-27 mmol’/l
AВ 19-23 mmol’/l
HCO3 - 22-25 m ekv/l

  1. Metabolik atsidoz – miqdorining pasayishi va HCO3- miqdorining ko’tarili-shi metabolik alkaloz deb yuritiladi.




  1. Nafas (respirator) – CO2 miqdorining ko’tarilishi nafas atsidozi va CO2 miqdorining pasayishi nafas alkalozi deb yuritiladi.

SHundan kelib chiqib amaliyotda KIM ning 4 xil holati farqlanadi:



Download 300.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling