Mavzu: Klient-Server va mikroyadro model Reja server ajratilgan server


Download 163 Kb.
bet4/5
Sana15.03.2023
Hajmi163 Kb.
#1270613
1   2   3   4   5
Bog'liq
SERVER

Usenet yoki konferensiyalar
Usenet – muloqot va fayllarni tarmoqda nashr qilish kompyuterlar tarmog’i. Bu tarmoq 1980 yilda, hali Internet ommaviy bo’lishdan oldin paydo bo’lgan va hozirgi kunda Umumjahon tarmoqning bir qismiga aylanib qolgan. Usenet yangilik guruhlaridan tashkil topib, foydalanuvchilar ularga xabarlar (ingl.: posts) yozishi mumkin. Xabarlar ko’plab serverlarda saqlanadi va ular yangiliklarni bir-biriga uzatib, almashtirib turishadi. Internetda ommaviylashgan nik, smayl, moderator, trolling, fleym, ban, FAQ va spam kabi tushinchalari ayni konferensiyalarda paydo bo’lgan.
H ozirgi kunda o’n minglab konferensiyalar mavjud va ularda turli sohalar bo’yicha fikr almashuv guruhlari tashkil qilingan. Bu majlislar hayotda umuman uchrashmaydigan, butun dunyo bo’yicha foydalanuvchilarni bog’lab, turli mavzular bo’yicha fikr va ma’lumot almashtirishga yordam beradi. Har bir foydalanuvchi majlisda qatnashishi, savol berishi, javob yozishi mumkin. Savollar turlicha bo`lishi mumkin, asosiysi majlis mavzusiga to`g`ri kelishi kerak. Bundan tashqari, hayotiy majlisga o`xshab jamoat joylardagi tartib-intizomni saqlash lozim: birovlarni so`kmasdan, haqorat qilmasdan, chiroyli so`zlashish kerak.

Konferensiyalar jarayoni elektron pochtaga o`xshaydi, faqat pochtada muloqot „birga-bir“ mo’ljallangan bo’lsa, konferensiyalar ma’lumotni tarqatishda „birga-ko’p“ g’oyasida ishlaydi. Odatda, majlisda fikr almashuvi uzoq vaqt mobaynida davom etadi, masalan, bir kuni savol yozib, javobini boshqa kuni olish mumkin.


Internet hayotida konferensiyalar juda katta ahamiyatga ega. Tarmoqning yangi g’oyalari ayni konferensiyalarda tug’ilib, tahlil qilinib hayotga tadbiq qilinishi boshlanadi.
Konferensiyalar xizmati pulli va bepul bo’ladi. Bepul xizmatidan foydalanish uchun quyidagi manzilga murojaat qilish mumkin: Google Groups (http://groups.google.com). Kimda kim o’zbek ochiq dasturiy ta’minot bilan qiziqsa http://groups.google.com/group/floss-uz-l10n manzilini tavsiya etishimiz mumkin.

I RC

Kompyuterlar yordamida so’zlashish.


IRC (ingl.: Internet Relay Chat – eshittiradigan internet suhbat) – Internetning boshqa odamlari bilan real vaqtni o’zida suhbat qilish xizmati.

Chat foydalanuvchilari faqat Internetga ulangan holda so`zlashishadi va konferensiyalardan farqli savolga javob joyida, o’sha vaqtni o’zidayoq olinadi. Birinchi chatni 1988 yili finlandiyalik student Yarkko Oikarinen (Jarkko Oikarinen) yaratgan.


Y arkko Oikarinen
IRC serverlardan tashkil topib, ular o’zaro bog’langan bo’lishi mumkin. Ulangan serverlar majmui IRC tarmog’ini hosil qilib, hozirda, dunyoda o’nlab tarmoqlar mavjud. Eng mashhurlari IRCNet va EfNet. Bu tarmoqlarda ishlash uchun maxsus klient dasturi kerak, masalan, Windows operatsion tizimi uchun mIRC dasturi. Albatta, Umumjahon tarmoqning chatida asosiy suhbat tili – ingliz.
Chat serverlarida suhbatlashish kanallari mavjud. Kanallarni alohida xonalarga o’xshatish mumkin. Kimdur gapirsa, uni xonadagilar barchasi eshitadi. Kanallar nomlangan bo’ladi va nomi, odatda, suhbat mavzusini bildiradi (masalan: #linux, #quake).
U zbekiston chatlarida suhbatlashmoqchi bo’lsangiz, maxsus dasturlarsiz, web-brauzer yordamida www.chat.uz -ga kirishni tavsiya qilish mumkin. Farg’ona Internet foydalanuvchilari bilan suhbatlashmoqchi bo’lsangiz: http://chat.simus.uz -ga yoki http://fargonadan.biz/forum -ga kiring.

Chat.uz


Download 163 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling