Mavzu: Klinkerlarning sinflanishi va portlandtsement turlari


To’yinish koeffitsiyenti (TK)


Download 71.74 Kb.
bet3/4
Sana24.12.2022
Hajmi71.74 Kb.
#1054761
1   2   3   4
Bog'liq
Reja klinker

To’yinish koeffitsiyenti (TK). Olimlardan V.A.Kind va V.N.yunglar tomonidan aniqlangan to’yinish koeffitsiyenti portlandtsement klinker mineralogik tarkibining eng muhim tavsifidir. Klinker minerallar orasida uch kalg’tsiy silikat eng muhim mineral hisoblanadi, portlandtsement xossalari ko’p jihatdan ana shu silikatning foiz miqdoriga bogiiq. Shu bilan birga, klinker tarkibidan uch kalg’tsiy silikat olish texnologik jihatdan juda murakkab. Qolgan uch tur silikat osongina hosil boiadi.
Shu narsa maiumki, ohak keragidan ko’p boisa, C2S, S3A va C4AF ning hosil boiish jarayoni (shuningdek, CaO bilan SO2 o’zaro tahsir yetishi tufayli CaSО4 ning ham) uch kalg’tsiy silikat faqat ancha yuqori (1300°C dan ko’p) haroratda va kuydirilayotgan aralashmada suyuq faza boigandagina ikki kalg’tsiy silikatning ohak bilan to’yinishi hisobiga hosil boiadi.
Shunday qilib, portlandtsement klinker ishlab chiqarishda 2CaOSiО2 ni 3CaOSiОga aylantirish va klinkerda kerakli miqdorda 3CaOSiО2 hosil qilish kerak. Ammo klinkerda yerkin ohak qolmasligi kerak, yahni CaO dan C3S, C3A va C4AF hosil qilish uchun ular kerakli miqdorda boiishi lozim. Bu vazifa qanchalik aniq bajarilayot-gani to’yinish koeffitsiyentining (TK) qiymati orqali aniqlanadi.
Portlandtsement klinkerining mineralogik tarkibini aniqlash. Klinkerning mineralogik tarkibi kimyoviy tahlil mahlumotlari va to’yinish koeffitsiyenti qiymati bo’yicha hisoblab aniqlanadi.
Kalg’tsiy silikatlar C3S va C2S miqdorini hisoblashda silikatlarning asoslilik darajasi (AD) degan tushunchadan foydalaniladi. AD deganda, bir molekula Si02 ga to’g’ri keladigan CaO molekulalar soni tushuniladi. Masalan, C2S ning asoslilik darajasi 2 ga, C3S ning asoslilik darajasi esa 3 ga teng. Klinkerdagi silikatlarning asoslilik darajasi 3 ga teng bo’lsa, u holda hamma kremniy ikki oksid ohak bilan uch kalg’tsiy silikat holida, AD 2 ga teng boisa, ikki kalg’tsiy silikat holida bog’langan bo’ladi. AD ning oraliq qiymatlari klinkerda C,S dan tashqari C2S ham borligini ko’rsatadi. Modomiki, to’yinish koeffitsiyenti 1 ga teng bo’lganda hamma kremniy ikki oksid ohak bilan C3S holida bog’langan. TK 1 dan kichik bo’lsa, klinkerda C2S bor bo’ladi, har qaysi portlandtsement klinkeri uchun silikatlar asoslilik darajasini quyidagicha belgilash mumkin:
AD = 3TK.
Klinkerdagi uch kalg’tsiy silikatning foiz miqdori qum-tuproq foiz miqdoriga qarab aniqlanadi. Сhunki yuqorida aytilganidek, uch kalg’tsiy silikatda har 1% Si02 ga 2,8% CaO to’g’ri keladi. Ular o’zaro tahsirlashib, 3,8% C3S ni hosil qiladi. U vaqtda klinkerdagi C3S ning miqdorini quyidagicha aniqlash mumkin:
%C3S=3,8-Si02(AD-2)
yoki
% C3S=3,8Si02(3TK-2).
Formuladan ko’rinib turibdiki, ayinna (3TK-2) 1 ga teng bo’lsa (AD=3), klinkerning hamma qumtuprog’i C3S holida birikkan bo’ladi.
C2S ning miqdorini aniqlash uchun formula quyidagi ko’rinishga keltiriladi:

Yoki 




Сhunki ikki kalg’tsiy silikatda har 1 % Si02 ga 1,87 % CaO to’g’ri keladi. Ular o’zaro tahsirlashib, 2,87 %C2S hosil qiladi.
ikkinchi formula AD-3 (TK-1) bo’lganda klinkerdagi C2S miqdori nolga tengligini ko’rsatadi.
Klinkerdagi giltuproq (A1203) C3A va C4AF holida bog’langan bo’ladi. C4AF holda birikkan giltuproqning foiz miqdori har 1% Fe203 ning 0,64% A1203 ni biriktirishiga qarab aniqlanishi mumkin:

Klinkerdagi qolgan giltuproq C3A ni hosil qiladi. 1% ortib qolgan A1203 esa 1,65% CaO bilan o’zaro tahsir yetishib, 2,65% C3A ni beradi. Bu sharoitda uch kalg’tsiy alyuminat miqdori quyidagi formuladan aniqlanadi:

Qavs ichidagi ayirma C4AF hosil bo’layotganda Fe20yutgan giltuproq miqdorini ifodalaydi.
To’rt kalg’tsiy alyumoferrit ilgari qabul qilingan shartga ko’ra ikki modda, yahni C3A va CF dan iborat deb qaraladi. Har 1 % CaO 0,35% Fe203 bilan o’zaro tahsir yetishib, 1,35% CF hosil qilishi hisobga olinsa, C4AF ning miqdori quyidagi formuladan aniqlanadi:
2,65 • 0,64-Fe2O3 ko’paytma C4AF ning tarkibida C3A holida birikkan giltuproq miqdorini ko’rsatadi.
1% Fe203 ning 3,04% C4AF hosil qilishi ham aniqlangan. U vaqtda C4AF foiz miqdori oddiyroq formula bo’yicha hisoblanishi mumkin:


Keltirilgan formulalardan foydalanib, klinkerning mineralogik tarkibini kimyoviy tahlil mahlumotlari bo’yicha aniqlash mumkin. Formuladagi SiO, va CaO ning foiz miqdori ularning birikkan holdagi miqdoriga teng. Bu miqdor shu oksidlarning klinkerdagi umumiy miqdori bilan yerkin holdagi miqdori ayirmasi tariqasida aniqlanadi.

Download 71.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling