MAVZU.Ko`chatlarni yopik sharoitda etishtirish texnologiyasi
Ko’chat o’stirishning umumiy qoidalari. Ochiq maydon uchun sabzavot
ekinlarining ko’chatlari barcha inshootlarda o’stiriladi.
Ko’chatni sanoat negizida yetishtirish vazifa va usullariga ko’proq plyonkali
issiqxona hamda ko’chatxonalar mos keladi. SHamollatish va chiniqtirish yetarli
bo’lsa, ko’chatlar plyonkali issiqxonalarda tezroq rivojlanadi. Ularni parniklarda
o’stirilgandan ko’ra 10-12 kun oldin dalaga ekish mumkin va tuproq hamda
havoning noqulayliklariga chidamli ham bo’ladi.
Bir gektar maydonga (55-60 ming dona) ko’chat o’stirish uchun 150-200 m
plyonkali issiqxona zarur. Bir gektar plyonkali issiq
xonaga 10 sm qalinlikda solish
uchun 1000 m3 tuproq aralashmasi talab qilinadi. 1 m
ko’chatxona maydonidan
2500-3000 dona urug’dan o’simlik ko’karib, 100-600 dona ko’chat chiqishiga
erishilmoqda.
Sabzavotchilik
xo’jaliklarida
ko’chatlar
asosan
parnik,
plyonkali
ko’chatxona va ochiq dala tuproqlarida yetishtirilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |