Asosiy sabzavot ekinlar ko’chatini yetishtirish texnologiyasining
xususiyatlari. Ko’chatlarni o’stirish texnologiyasi faqat sog’lom emas, balki
mahsuldor, chiniqqan, dala sharoitiga tayyorlangan baquvvat ko’chatlarning
olinishini ta’minlashi kerak.
3. Urug’larni ekishga tayyorlash usullari. Ko’chat yetishtirish uslublari
va usullari ularni afzallik va kamchiliklari.
Parnik-ko’chatxonalarni tayyorlash. Ko’chat yetishtirish uchun ikki qism
yaxshi chirigan go’ng yoki chirindi hamda bir qism dalaning unumdor tuprog’i
aralashtirilib serunum tuproq tayyorlanadi. Parniklarga 10-12 sm qalinlikda
tuproqdan solinadi. Plyonkali issiqxonalarda esa tuproq 50% chirindi, 40 % dala
tuprog’i va 10 % yog’och qirindisi qo’shib tayyorlanadi. YAna har 1 m3 tuproqqa
300 g ammiak selitrasi, 400 g qo’sh superfosfat va 400 g kaliy sulfati qo’shiladi.
SHu tuproqdan issiqxonalarga 7-10 sm qalinlikda solinadi. Urug’ sepishdan oldin
yengil bostirib sug’oriladi va tuproq tekislanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |