Mavzu: Kokklar va ularning odam patalogiyasidagi ko'rsatkichlari. Reja
Download 0.89 Mb.
|
mikrob
KASALLIKNING PATOGENEZI: Streptokokklar chaqirgan kasalliklarning patogenezida bir vaqtning o‘zida bakteriyaning o‘zining ham va uning toksinining ham ahamiyati bor. Kasallikning rivojlanishida mikroorganizmlarning holati va sezgirligi alohida o‘rin tutadi. Kasallik ekzogen va endogen yo‘llar bilan chaqirilishi mumkin. Ekzogen holda streptokokklar asosan havo-tomchi orqali va teri hamda shilliq qavatlarning butunligi buzilganda organizmga tushadi.
Meningokokkli infeksiya patogenezida 3 ta omil asosiy o'rinda turadi: qo'zg'atuvchi va uning endotoksini, allergik omil. Meningokokklar yuqori nafas yo'llarining shilliq qavatlari orqali kirib, burun-halqumning limfoid to'qimalarida ko`payadi. Yuqori nafas yo'llari shilliq qavatlarining boshqa viruslar, bakteriya oqibatida zararlanishi tufayli shilliq qavat faoliyati o'zgaradi va meningokokklar ko'payishi uchun sharoit yuzaga keladi va ular ko'payish joyidan to'qimalarga kiradi. Bodomcha bezlardagi patologik o'zgarishlar ham kasallik yuzaga kelishida ahamiyatga egadir. Avval burun-halqum shilliq qavati yallig'lanadi — nazofaringit — bunda bemorning umumiy ahvoli deyarli o'zgarmaydi. Meningokokkni burun-yutqin shilliq qavatida bo'lishi kasallikka xos klinik belgilarni yuzaga keltirmasligi mumkin yoki kasallik belgisiz shaklida kechib «sog'lom» tashuvchanlik yuzaga kelishiga sabab bo'ladi. Bu 70—90% hollarda amaliyotda kuzatiladi. Sog'lom tug'ilgan va erta yoshdagi bolalarda yuqori nafas yo'llaridagi sekretor IgA ning yetishmovchiligi hisobiga meningokokklar mahalliy to'siqni buzib o'tib, qonga tushadi, immunoglobulinlar darajasi pasayishi mikrobning butun organizmga tarqalishiga olib keladi (lgM va G) va gomeostaz buziladi. Oqibatda ichki a’zolar faoliyati izdan chiqadi. Meningokokk asosan gematogen yo'l bilan tarqaladi. Bakteriyemiya va meningokokklar qonning bakteriosid xususiyati natijasida parchalanishidan toksemiya rivojlanadi. M eningokokksem iya ko'p bolalarda og'ir va yomon sifatli meningokokkli sepsis tipida kechadi. Meningokokksemiyaning to'lqinsimon shakli patogenezida infeksion-toksik shok va mikrosirkulyatsiyaning DVS va metabolik buzilishlar bilan birga kechuvi asosiy o'rinni egallaydi. DVS sindromi meningokokksemiyaga xos bo'lib, tarqoq shaklining asosiy asorati hisoblanadi. Kasallik boshlanishida qonning antikoagulyant faoliyati pasaygan fonda giperkoagulyatsiya yuzaga keladi. Shokning rivojlanishi DVS ning fibrinoliz va gipergeparinemiya kuchayishi, ikkilamchi patogen omillarning kuchayishi hayot uchun kerakli a’zolar faoliyatining buzilishiga olib keladi. Kasallikning ilk soatlarida endotoksin ta’sirida gemorragik sindrom, buyrak usti bezi infarkti, shilliq qavatlarga qon quyilishlar meningokokksemiyaning to'lqinsimon shakli patogeneziga xosdir. Ayrim vaqtda meningokokklar gematoensefalik to'siqdan o'tib bosh miya pardalari va uning po'stloq qismlarini yallig'lantirib — meningit, meningoensefalitlarning rivojlanishiga olib keladi. Meningitda, asosan bosh miyaning yumshoq pardasi yallig'lanadi. Bu holatda o'lim miya shishidan yuzaga keladi. Serebral ichki bosim oshib, uzunchoq miyaning ezilishiga olib keladi. Erta yoshdagi bolalarning yiringli meningitida kasallikning dastlabki kunlari bosh miya ichki bosimi pasayadi. Serebral gipotenziyaning asosiy rivojlanishiga neyroreflektor buzilishi va uning oqibatida tuz-suv almashuvi va serebral kollaps yuzaga keladi. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling