Mavzu: Kokklar va ularning odam patalogiyasidagi ko'rsatkichlari. Reja
Download 0.89 Mb.
|
mikrob
- Bu sahifa navigatsiya:
- Staphylococcus aureus Золотистый стафилококк TOKSIN HOSIL QILISHI
Grammusbat kokklar. STAFILOKOKKLAR.Turli klinik formadagi stafilokokklik infeksiyani chaqiruvchi kokklarga Misrococeceae sinfiga Staphylococcus oilasiga kiruvchi Staphylococcus aureus va Staph.epidermidis kiradi. Stafilokokklarni birinchi bo‘lib 1878 yilda R. Kox topgan, L. Paster 1880 yilda yiringdan ajratib olgan. 1884 yilda F. Rozenbax ularni batafsil o‘rgangan.MORFOLOGIYASI: Stafilokokklar sharsimon shaklga ega bo‘lib, diametri 0,8-1.0 mkm. Bittadan yoki uzum shingili shaklida joylashgan bo‘ladi. Yiringdan tayyorlangan surtmalarda qisqa zanjir yoki juft holda joylashgan bo‘lib ko‘rinadi. Turli fizik, ximik va biologik omillar ta’sirida stafilokokklar o‘z shakllarini o‘zgartirib, yirik sharsimon yoki juda mayda hattoki filtrdan ham o‘tib ketadigan kichik shakllarda ham bo‘lishi mumkin. Xarakatsiz, spora va kapsula hosil qilmaydi.
Staphylococcus aureus Золотистый стафилококк TOKSIN HOSIL QILISHI: Ekzotoksin hosil qiladi. Toksin letal (o‘lim), gemolitik va nekrotik ta’sir qilish xususiyatiga ega. Stafilokokklarning bulondagi kulturalarida enterotoksin mavjud bo‘lib, ular oshqozon ichak traktiga tushganda ovqatdan zaharlanish holatini keltirib chiqarishi mumkin. Patogen stafilokokklar leykotsitlarni parchalovchi leykotsidni hosil qiladi. Leykotsidin suyak ko‘migi leykoblastlarni va nerv hujayralarini ham halok qilishi mumkin va yana qon zardobini ivitadi. Uning bu xususiyatidan stafilokokklarni differensiyasiya qilishda foydalaniladi. Qondagi fibrinlarni eritib yuboruvchi fibrinolizin hosil qiladi. Gialuronidaza fermentini esa biriktiruvchi to‘qimalar tarkibiga kiruvchi gialuron kislotasini parchalaydi. Stafilokokklar hosil qiladigan koagulaza, fibrinolizin, letsitinaza, gialuronidaza, dezoksiribonukleaza, proteinaza va fosfotazalar agressiv xususiyatli fermentlar guruhiga kiradi. Jumladan, letsitinaza odam, quyon, qo‘y eritrotsitlarining tarkibiga kiruvchi letsitinni parchalaydi. Stafilokokk kulturasida bo‘ladigan antikoagulyant qonning ivishiga qarshilik qiladi, gemaglyutinin esa quyon eritrotsitlarini bir-biriga yopishtirib qo‘yadi. Virulent stafilokokklar leykotsitlarning fagotsitar aktivligini yo‘qotadi. Stafilokokklar hosil qilgan barcha mahsulotlar (toksin, ferment va b.) termostabil bo‘lib, 80-90oS gacha qizdirishga chidaydi. Patogen stafilokokklarda bir necha hil toksinlar qayd qilinadi – b (alfa), v (betta)-gemolizinlar, shuningdek g (gamma), delta-gemolizinlar.Stafilokokk toksinlarini 0,3-0,5 % formalin eritmasida, 37oS da 7-28 kun saqlansa u anatoksinga aylanadi va parenteral yo‘l bilan organizmga yuborilsa, spetsifik antitoksin hosil bo‘ladi. PATOGENEZI VA ODAMLARDA KASAL CHAQIRISHI: Organizmga stafilokokklar havo-chang va havo-tomchi holida kiradi. Organizmda limfatik to‘qimalardan o‘tib septitsemiya holatini chaqiradi. Kasallikning patogenezida bakteriyaning toksini ham, o‘zi ham ahamiyatga molikdir. SHuning uchun ham stafilokokklik kasalliklarni toksikoinfeksiya deb qarash mumkin. Kasallikning kelib chiqishi organizmda immun sistemaning holatiga ham bog‘liq. Patogen stafilokokklar teri va teri osti to‘qimasining jaroxati bilan kechadigan ko‘pgina kasalliklarni chaqiradi. Bularga piodermiya, gidroadenit, absess, panaritsiy, bleforit, furunkul, karbunkul, periostit, osteomielit, dermatit, ekzema, pnevmoniya, piodermiya, peritonit, meningit va boshqalar kiradi. Ayniqsa bolalarda uchraydigan stafilokokkli sepsis va pnevmoniya og‘ir kasallik bo‘lib hisoblanadi. Patogen stafilokokklar bilan zararlangan oziq-ovqat mahsulotlarini (sut, tvorog, sqr, tortlar, pirojniylar, muzqaymoq va b.) isteemol qilinganida ovqatdan zaharlanish, ya’ni kuchli intoksikatsiya holatini kuzatish mumkin. SHuni aytib o‘tish kerakki, stafilokokklar antibiotiklarga juda tez chidamlik bo‘lib qoladilar. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling