Mavzu: Kokklar va ularning odam patalogiyasidagi ko'rsatkichlari. Reja


Download 0.89 Mb.
bet3/5
Sana09.03.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1256204
1   2   3   4   5
Bog'liq
mikrob

STREPTOKOKKLAR. Streptococcus avlodiga Streptococcaceae oilasiga kiradi. Berdji klassifikatsiyasi bo‘yicha Streptokokklar avlodi 2 ta turni o‘z ichiga oladi. Odamlarda uchraydigan patologik protsesslarda ko‘proq St. riogenes uchraydi. Streptokokklar U.T.Bilrot tomonidan 1874 yilda roja kasallaridan va yaralardan, L.Paster va boshqalar tomonidan sepsis kasalligida topilgan va yiringli protsesslarni o‘rganishda Ognston tomonidan 1881 yilda batafsil ifodalangan. Streptokokk-larning sof kulturasi 1883 yilda F.Fleyzen tomonidan roja kasalliklaridan va 1884 yilda F.Rozenbax tomonidan yiringdan ajratib olingan.MORFOLOGIYASI: Streptokokklar sharsimon ko‘rinishga ega bo‘lib, 0.6-1.0 mkm hajmga ega, surtmada zanjirsimon joylashadi, xarakatsiz, spora hosil qilmaydi, ayrim turlari makrokapsulaga ega, gramm (+).
Streptococcus pyogenesis
TOKSIN HOSIL QILISHI: Patogen streptokokklar har xil ta’sir qiluvchi ekzotoksin ajratadi: Gemolizin Leykotsidin Nekrotoksin Letal (o‘ldiruvchi) toksinEritrogen toksinBundan tashqari streptokokklar patogenlik fermentlarini ham hosil qiladi, bularga: gialuronidaza, streptokinaza, fibrinolizin, proteinaza, amilaza, lipaza va boshqalar kiradi. YAna spetsifik bo‘lgan termostabil endotoksin ham hosil qiladi.ANTIGEN STRUKTURASI: Bir necha xil antigenlarga ega va antigenlari bo‘yicha quyidagi serogruppalarga bo‘linadi: A, V, S, D, E va boshqalar. Antigenlar hujayra devori tarkibidagi polisaxarid komponentidan iborat bo‘lib, guruh spetsifikligiga ega. A seroguruhiga kiruvchi ayrim streptokokklarda qarama-qarshi (perekrest) ta’sir qiluvchi antigenlar mavjud.
KLASSIFIKATSIYASI: Streptokokklar qonli agarga bo‘lgan munosabatiga qarab quyidagi guruhlarga bo‘linadi:“Beta”-gemolitik streptokokklar-koloniyasi atrofida gemoliz zonasini hosil qilib o‘sadi (yuqoriga qarang).“Alfa”-gemolitik streptokokklar-koloniya atrofida kuchliroq yashil zona hosil qilib o‘sadi.Gemolitik bo‘lmagan streptokokklar.EKOLOGIYASI VA TARQALGANLIGI: Streptokokklar tabiatda nihoyatda keng tarqalgan. Ekologik belgilariga ko‘ra streptokokklar quyidagicha bo‘linadilar:Faqat odamlarda kasallik chaqiruvchi patogen streptokokklar – Str. pyogenes.Odamlar va hayvonlar uchun patogen va shartli patogen bo‘lgan streptokokklar – Str. agalacticae, Str. faecalis va boshqalar.Odamlar uchun shartli patogen bo‘lgan streptokokklar – Str. salivarisus. Str. mitis va boshqalar.Hayvonlar uchun shartli patogen bo‘lgan streptokokklar.Saprofit streptokokklar – Str. lactis va boshqalar.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling