Mavzu: Kolloid eritmalarning olinishi. Kondensasion metod. Fe(OH)3 zollarini olinishi. Kumush yodid zolining olinishi


Download 39.94 Kb.
bet3/7
Sana19.06.2023
Hajmi39.94 Kb.
#1614162
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
fizik kolloid (2)

Mavzu:Kraxmal va Fe(OH)3 zolini dializ qilish

Kolloid eritmalarni ularga aralashgan elektrolitlardan tozalash uchun dializ deb ataluvchi metod qo‘llaniladi. Dializning mohiyati shundan iboratki, bunda kolloid eritma hamda unga aralashgan elektrolitlar toza erituvchidan (suvdan) yarim o‘tkazgich parda (membrana) yordamida ajratiladi. Shunday pardadan o‘ta oladigan molekula va ionlar konsentrasiyasi o‘rtasida muvozanat hosil bo‘lguncha, erituvchi tomonga o‘taveradi. Erituvchini vaqti – vaqti bilan yangilab, zolni qo‘shimchalardan ma’lum darajada tozalash mumkin. Dializ uchun, odatda, kolloid pardalar hamda asetil – sellyulozadan ishlangan pardalar, sellofan va boshqa materialalardan tayyorlangan yarim o‘tkazgich to‘siqlar ishlatiladi. Shu bilan bir qatorda tabiiy yarim o‘tkazgich pardalari, masalan, cho‘chqa yoki mol pufagi ham ishlatiladi. Sun’iy pardalar istalgan o‘tkazuvchanlikda tayyorlanishi mumkin, shu jihatdan olganda sun’iy pardalar tabiiy pardalardan ancha afzal hisoblanadi. Yuqorida aytib o‘tilgan materiallardan hosil qilingan pardalar chidamli bo‘lishi uchun, ular g‘ovak buyum ustida tayyorlanadi. Bunday buyum sifatida filtr qog‘oz, g‘ovak shisha yoki sopol idishlardan foydalanish mumkin. Parda tayyorlash uchun shisha idish, masalan, stakanga kollodiy eritmasi (tarikbida taxminan 11% ga yaqin azot bo‘ladigan nitrosellyulozaning spirt – efir aralashmasidagi eritmasi) solib to‘ldiriladi. So‘ng eritma boshqa idishga quyib olinadi, bunda idish aylantirib turiladi, chunki shunday qilinganda kolloidiy idish devorlalariga mumkin qadar bir tekisda tarqaladi; kolloidiy yopishgan idish to‘nkarib qo‘yiladi, bunda spirt bilan parda orasiga suv quyiladi. Natijada parda stakan devoridan asta –sekin ko‘chadi va hosil qilingan xaltacha chiqarib olinadi. Kolloidiy pardalari simob ustiga kolloidiy quyish yo‘li bilan ham tayyorlanishi mumkin. AMALIY QISM Ishning maqsadi Zollarni tozalash metodi hamda gidrofob va gidrofil kolloid eritmalar qanday dializ qilinishi bilan tanishish. Ish uchun kerakli jihozlar Dializator. 70 Eritmalar; 2% li temir (III) – xlorid , 2% li tannin, 1% li jelatina, yodning kaliy yodiddagi eritmasi, kraxmal kukuni. Dializ qilish uchun ishlatidigan asbobning tavsifi Kolloidlarni tozalash uchun dializator deb ataladigan asbob ishlatiladi. Dializator 1 – voronka, 2 – yarim o‘tkazgich membrana, 3 – shisha idish, 4 - suv kelib turadigan nay, 5 – suv chiqib ketadigan nay, 6 – avtomatik ishlaydigan sifon. Tag tomonidan yarim o‘tkazgich membrana bilan yaxshi berkitilgan voronkaga kolloid eritmasi quyiladi; voronka distillangan suv quyilgan idish ichiga tushiriladi. Idish ichidagi suv doimo oqizib qo‘yiladi. Idishdagi suvning sathi doimo bir xil turishi uchun unga avtomatik ravishda ishlaydigan sifon o‘rnatiladi. Tashqi tomondagi eritmadan vaqti – vaqti bilan namuna olib, zolda bo‘lgan va oraliq pardadan o‘tayotgan moddalar analitik yo‘l bilan tekshirib boriladi; namuna qanday dializ qilinayotganini shunday kuzatish mumkin. Masalan, temir (III) – xloridni gidroliz qilish yo‘li bilan olingan temir (III) – gidroksid zolini dializ qilishda zol turli bekorchi qo‘shimchlardan qanday tezlikda tozalanayotganini bilish uchun, chiqib ketayotgan eritmada xlor ioni bor yo‘qligi sifat reaksiyasi yordamida tekshirib turiladi, bunda sifat reaksiya xlor yo‘qligini bildirsa, dializ tamom bo‘lgan hisoblanadi. Tajribani bajarish tartibi a) Jelatina zolini dializ qilish. Kollodiydan tayyorlangan xaltachaga jelatinaning 1% li eritmasi suvga botirib qo‘yiladi. Oradan 2 soat o‘tgandan keyin tozalovchi suvdan ozgina namuna olib tekshiriladi, bunda xlor ioni bor yo‘qligi kumush nitrat eritmasi yordamida va jelatina bor yo‘qligi tanninning 2% li eritmasi yordamida sinab ko‘riladi. Tannin bilan jelatina aralashmasi 71 o‘ziga xos rang beradi. So‘ngra har yarim soatdan keyin namuna olib, sinab ko‘rilaveradi va tajriba natijalari yozib boriladi. b) Kraxmal zolini dializ qilish. Texnika tarozisida 2 g kraxmal tortib olinib, chinni kosachaga solinadi, 5 – 10 ml suv qo‘shib shisha tayoqcha yordamida yaxshilab aralashtiriladi. Suvga kraxmalni aralashtirib turib, qaynab turgan 100 ml distillangan suvga tez quyiladi. Hosil qilingan tiniq kraxmal zoliga 1 N li kaliy sulfat eritmasidan ozgina qo‘shiladi va aralashmaning hammasi suvga yoki dializatorga botirib qo‘yilgan kolloidiy xaltachaga quyiladi. Har yarim – bir soat o‘tgandan keyin dializatordagi suyuqlikdan namuna olinib, unda SO42- ion va kraxmal bor – yo‘qligi sifat reaksiyasi yordamida analiz qilinadi. c) Temir (III) – gidroksid zolini dializ qilish. Temir (III) gidroksidning kolloid eritmasi dializatorga yoki kollodiydan tayyorlangan xaltachaga quyiladi va distillangan suvli idish ichiga botirib qo‘yiladi. Xaltacha botirilgan suyuqlikdan har yarim soatda namuna olib, xlor ioni bor – yo‘qligi sinab ko‘riladi. Eritmada xlor ionlari miqdori (sifat jihatidan) kamayib borishi va xaltachadagi kolloid eritma o‘zgarishi kuzatib boriladi. Qilingan ish haqida hisobot Qilingan har qaysi ish yuzasidan tegishli xulosalar chiqarish va ularni yozib borish. Elektrolitlar yordamida Fe(OH)3 (elektromusbat) zolining koagulyasiyasi. Elektrolitlarning kolloid eritmalarga qo‘shilishi natijdasida qarama – qarshi ionlarning diffuzion qatlamdan, adsorbsion qatlamga o‘tishi natijasida diffuzion qatlam misella qalinligi kamayadi. Elektrokinetik potensial kamayadi va zarrachalar yaqinlashadi. Yetarli miqdorda elektrolitlarning qo‘shilishi aniq koagulyasiyaga olib keladi. Kerakli moddalar va moslamalar: 2% FeCl2, 2 ml NaCl, 0,01 M Na2SO4, 0,001 M qizil qon tuzi eritmalari Fe(OH)3 zoli, 1 ml li tubi yumaloq kolba, probirkalar, shatativ, 3 ta voronka (d=4 sm). Ishning borishi: 4 ta probirkaga 5 ml dan Fe(OH)3 zolidan solinib shtativga o‘rnatiladi. Birinchi probirkaga nazorat uchun qoldirilib 2-probirkaga to koagulyasiyaning birinchi belgilari (loyqalanish) sodir bo‘lguncha byuretkadan tomchilatib 2 M NaCl eritmasi qo‘shiladi. 3- probirkaga 0,01 M Na2SO4, 4-ta probirkaga 0,001 M K3[Fe(CN)6] keyin probirkalar chayqatilib, har bir probirkadagi zolning koagulyasiyalanishini paydo qilgan elektrolitlarning miqdori belgilanadi. Natijalar jadvalga ko‘chiriladi. Elektrolit Koagulyatsio n ion Elektrolit eritmasining konsentrasiyasi , M Koagulyasiy a uchun zarur bo‘lgan elektrolit miqdori Millimol/l koagulyasiy a bo‘sag‘asida ifodalangan elektrolit ion NaCl Na2SO4 K2[Fe(CN)6 ] Olingan natijalardan foydalanib Fe(OH)3 zoli uchun elektrolitlarning koagulyatsiya bo‘sag‘asini hisoblab topish mumkin. lmolVC asisagbok /100 ''. C – elektrolitning molyar konsentrasiyasi; V – koagulyatsiya uchun zarur bo‘lgan elektrolitning miqdori, ml; ω – zolning hajmi, ml. 68 Elektrolitlarning koagulyatsiya darajasi (K.D) quyidagicha hisoblanadi.
TEST
1.Dializ nima?
A.Kolloid eritmalarni molekula va ionlardan yarimo’tkazgichlar yordamida tozalash
B. Moddalarning elektr o’tkazish xususiyati kamayishi
C.Qovushqoqlikning oshishi
D.A va B javoblar
2.Dializ so’zining ma’nosi?
A.Boyitish
B.Maydalash
C.Ajratish
D.Sochish
3.Elektr dializator dializni necha marta tezlashtiradi?
A. 3-5 marta
B.10 martagacha
C.6-8marta
D.3-8 marta
4.Dializ qiluvchi asbob?
A.Fiksikator
B.Rektikator
C.Filtr
D.Dializator
5.Ultrasentrifuga minutiga necha marta aylanadi?
A.60000 marta
B.50000 marta
C.40000marta
D.20000marta
6.Zol va Gel tushunchalarini fanga kim olib kirdi?
A. Dumanskiy
B. G. Breding
C. S. Komerskiy
D. T.Grem
7.Liofob kolloid eritma necha qismdan iborat?
A. 2
B.3
C.4
D.5
8.AgNO3 zolining ekvivalent miqdori KJ zolidan kam bo’lsa, yadro sirtida………….ionlari adsorbsilanadi.
A. NO3-
B.K+
C.Ag+
D.J-
9.Fe(OH)3 zoli hosil bo’lishida FeOCl qanday vazifani bajaradi?
A.stabilizator
B.ingibitor
C.katalizator
D.promotor
10.Dializ tushunchasini fanga olib kirgan olim?
A. T. Yibuchin
B. T.Gem
C. V. Nyuxernskiy
D. I. Dumanskiy

Javoblar: 1a 2c 3b 4d 5a 6d 7a 8d 9a 10b




Download 39.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling