Mavzu: Kolloid eritmalarning olinishi. Kondensasion metod. Fe(OH)3 zollarini olinishi. Kumush yodid zolining olinishi


Mavzu:Gellarda bo’ladigan reaksiyalarni aniqlash.Emulsiyalar va ularni tayyorlash


Download 39.94 Kb.
bet6/7
Sana19.06.2023
Hajmi39.94 Kb.
#1614162
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
fizik kolloid (2)

Mavzu:Gellarda bo’ladigan reaksiyalarni aniqlash.Emulsiyalar va ularni tayyorlash

Diffuziya jarayoni toza suyuqliklarda qanday tezlikda borsa, tarkibida kichik konsentrasiyali kolloid modda bo‘ladigan gellar ham taxminan shunday tezlikda boradi, ammo gellarda eritilgan moddalar orasida bo‘ladigan reaksiyalar o‘ziga xos boshqacha tezlikda boradi. Gellar strukturasi shunday tuzilganki, bunda konveksion oqim vujudga kelmaydi va o‘zaro ta’sir etuvchi suyuqliklar zarrachalari eritmalardagi kabi aralasha olmaydi. Diffuziya jarayoni gellarda ancha sekin boradi. Shuning uchun bunda yirik kristallar hosil bo‘lishi uchun sharoit vujudga keladi. Agar kimyoviy reaksiya natijasida erimaydigan mahsulotlar hosil bo‘lsa, cho‘kma, odatda gel ichida bir tekisda tarqalmay, balki qavat qavat bo‘lib ajralib turadi, qavatlar orasida esa hyech qanday cho‘kmasiz juda tiniq mahsulot qavatlari bo‘ladi. Qavat – qavat bo‘lib, ajralib chiqqan erimaydigan modda cho‘kmalari, odatda, “Lizegang halqalari” deb ataladi. AMALIY QISM Ish uchun kerakli jihozlar Tagi yassi ikkita shisha kosacha, ikkita probirka, 5 ml li pipetka. Quruq jelatina poroshogi, kristalik kaliy bixromat, kumush nitratning 8,5% li eritmasi. Tajribani bajarish tartibi 4 g jelatina va 0,12 g kaliy bixromat 120 ml distillangan suvda eritiladi. Hosil qilingan eritma tagi yassi ikkita kosachaga yupqa qavat qilib qo‘yiladi: uzunligi 15 – 18 sm keladigan ikkita probirkaga ham shu eritmadan quyib to‘latiladi. Jelatina batamom qotgandan keyin tagi yassi kosachaning ichida hosil bo‘lgan yupqa gel qavati o‘rtasiga (bir joyiga) AgNO3 eritmasidan 5 tomchi tomiziladi. Kosachaning qopqog‘i yopiladi va sal ham qimirlatmay qo‘yiladi. Bir sutkadan keyin kosachalarda konsentrik halqalar, probirkalarda esa gorizontal kumush bixromat qavatlari paydo bo‘lganini ko‘rish mumkin. Bunda hosil bo‘lgan qizg‘ish Ag2Cr2O7 halqalari hamda bo‘yalmagan gel halqalari navbatma – navbat joylashgan bo‘ladi. 87 11-LABORATORIYA IShI EMULSIYALAR VA KO‘PIKLAR NAZARIY QISM Biri ikkinchisida juda mayda tomchilar shaklida tarqalgan, bir – birida erimaydigan ikkita suyuqlikdan iborat dispers sistema emulsiya deb ataladi. Odatda tomchilarning o‘lchami 1 – 50 μ atrofida bo‘ladi, shuning uchun ularni oddiy mikroskop yordamida ko‘rish mumkin. Zarrachalari 1 μ dan kichik bo‘lgan emulsiyalar ancha siyrak uchraydi. Emulsiyalar nomi mana bunday tuziladi: avval dispers faza, keyin dispersion muhit ko‘rsatiladi. Masalan, agar “benzolning suvdagi emulsiyasi” deyilsa, bu narsa benzol tomchilari suv ichiga tarqalganini ko‘rsatadi. Emulsiyaning har ikki suyuq fazasi o‘zi hosil qiladigan molekulalar xarakteriga qarab, bir – biridan juda katta farq qiladi. Agar fazalardan biri qutblanuvchi suyuqlikdan, masalan, suvdan iborat bo‘lsa, ikkinchi suyuqlik – qutblanmovchi bo‘ladi. Emulsiya tarkibidagi kam qutblanuvchan fazani moy deb atash qabul qilingan. Masalan, kerosin, benzol va uglerod (IV) – xloridning suvdagi emulsiyalari “moyning suvdagi emulsiyasi” tipidagi emulsiyalar deb ataladi. Suvning benzoldagi emulsiyasi “suvning moydagi emulsiyasi” tipiga kiradi. “Moyning suvdagi” va “suvning moydagi” emulsiyalarining har ikki fazalarini hosil qiluvchi suyuqliklarning xarakteriga qarab, ularni klassifikasiyaga bo‘lishdan tashqari, emulsiyalar konsentrlangan va suyultirilgan deb ham ikki guruhga bo‘linadi. Dispers fazasi (hajm jihatdan olinganda) 2% dan kam keladigan emulsiyalar, odatda, suyultirilgan emulsiyalar deb ataladi. Bu xilda klassifikasiyalashning sababi shuki, suyultirilgan va konsentrlangan emulsiyalar hosil qilish shart – sharoiti va ularning barqarorligi bir – biridan katta farq qiladi. Odatda, emulsiyalar disperslash, ya’ni bir suyuqlikni ikkinchisi ichida maydalash yo‘li bilan hosil qilinadi. Kondensasion metodlar, masalan, erituvchini almashtirish metodi, emulsiya tayyorlashda ancha kam qo‘llaniladi. Ikki xil toza suyuqlikni chayqatib aralashtirish bilan barqaror emulsiya olib bo‘lmaydi, chunki hosil qilingan mayda tomchilar bir – biriga urilib, qo‘shilib ketadi (koalessilanadi) va nihoyat emulsiya tezda qavatlarga ajralib qoladi. Kolloid sistemalar kabi bu yerda ham barqaror emulsiyalar hosil qilish uchun boshqa moddalar ishtirok etishi zarur, bunday moddalar mayda tomchilar sirtiga adsorbilanib, yana o‘zaro urilib, qo‘shilib ketishga yo‘l qo‘ymaydi. Stabilizator, ya’ni emulsiyalarni barqaror qiluvchi modda emulgator deb ataladi. Ko‘pgina emulgatorlar sirt – aktiv moddalar bo‘ladi, ya’ni ular har ikkala suyuqlik chegarasidagi sirt tarangligini kamaytiradi. Buning natijasida emulsiya hosil bo‘lishi ancha yengillashadi, chunki bunda ma’lum sath hosil qilish uchun kam ish sarf bo‘ladi. Bundan tashqari, emulgatorlar tomchilari qo‘shilib ketishiga qarshilik qiluvchi, mexanik jihatdan mustahkam himoya qobig‘ini hosil qilishi zarur. Ba’zan himoya qobig‘i yuqori dispers qattiq modda kukuni zarrachalaridan hosil qilinadi, lekin ular ko‘pincha yuqori molekulyar birikmalarning iviqsimon pardasidan iborat bo‘ladi. Emulsiyalar qanchalik suyultirilgan bo‘lsa, ayrim tomchilar to‘qnashishi shunchalik siyraklashadi va barqaror emulsiya hosil qilish uchun emulgator shunchalik kam ketadi. Neft, o‘simlik moyi va shunga o‘xshash tipdagi moddalarga odatda ozroq sirt – aktiv moddalar aralashgan bo‘ladi; bu moddalar tomchilarga adsorbilanib, emulgator rolini o‘tashi mumkin. Shu sababli bunday moddalar suvga qo‘shib chayqatilsa, suyultirilgan emulsiya hosil bo‘lishi oson. Bu aralashmalar borligi tufayli, zarrachalarda elektr zaryadi va “moyning suvdagi” tipidagi emulsiyada qo‘sh elektr qavati vujudga keladi. Shunday qilib, sirt – aktiv moddalar, masalan, yog‘, kislotalar yoki ularning tuzlari, suyuqlik sirtiga adsorbilanib dissosilanadi va tomchini o‘rab turgan suvli eritmaga vodorod ionlari yoki metall ionlari (K+, Na+) yuboradi. Agar anionlar bilan kationlarning adsorbilanish qobiliyati har xil bo‘lsa, eritmada elektrolitlar bo‘lishiga qaramay, tomchilar sirtida qo‘sh elektr qavati vujudga kelishi mumkin. Odatda anionlar kationlardan ko‘ra yaxshiroq adsorbilangani uchun emulsiya zarrachalari manfiy zaryadlanadi. “Moyning suvdagi” tipidagi suyultirilgan emulsiyalar ko‘p jihatdan gidrofob kolloidlarga o‘xshab ketadi va ularda emulgator nihoyat darajada kam bo‘ladi. Konsentrlangan emulsiya hosil qilish uchun ko‘proq miqdor emulgator qo‘shish zarur. 89 Yuqori konsentrasiyali emulsiyalarda tomchilar sharsimon shaklda bo‘lmaydi. Yuqori konsentrlangan emulsiyalar strukturasi qanday tuzilgani o‘rganilgan, bunda emulsiya strukturasi spumoid deb ataladigan katak-katak tuzilishga ega ekani, ya’ni asalari uyasiga o‘xshashi ma’lum bo‘ldi. Shu xil emulsiyalarning struktur –mexanik xossalari juda yuqori bo‘lganligi sababli, ular gellarga yaqinlashib keladi. Ko‘piklar bunday konsentrlangan emulsiyalarga juda o‘xshab ketadi,
TEST
1.Emulsiyalar …..
A.suyuq-suyuq
B.qattiq-suyuq
C.gaz-suyuq
2.Emulsiyaning barqaror holatini saqlab turuvchi moddalar
A.katalizatorlar
B.emulgator
C.promotor
3.Gel so’zining ma’nosi?
A.suyuqlanmoq
B.qotmoq
C.oqmoq
4.Gellarda dispers faza necha foiz bo’ladi?
A.3-5%
B.8-10%
C.1-2%

  1. Gellar suyuqlikka solinganda bo’kadigan gellar…

A.mo’rt gellar
B.silikat gellar
C.elastik gellar
7.Koalessinsilanish nima?
A.Tomchilarning qo’shilishi
B.Tomchilarning ajralishi
C. Qattiq holatdan gaz holatga o’tish
8.Zol va Gel tushunchalarini fanga kim olib kirdi?
A. Dumanskiy
B. G. Breding
C. S. Komerskiy
D. T.Grem
9.Qovushqoqlik darajasi necha xil usulda o’lchanadi?
A.2
B.4
C.3
D.1
10.Mexanik usul …….. ta’sirida moddalarni maydalashga asoslangan
A. Kuch
B.bosim
C.kinetik energiya
D.temperatura
Javoblar: 1a 2b 3b 4c 5a 6a 7a 8d 9a 10c



  1. Download 39.94 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling