Mavzu: Kolloid eritmalarning olinishi. Kondensasion metod. Fe(OH)3 zollarini olinishi. Kumush yodid zolining olinishi


Download 39.94 Kb.
bet4/7
Sana19.06.2023
Hajmi39.94 Kb.
#1614162
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
fizik kolloid (2)

4.Mavzu:Fe(OH)3 va jelatina zollarining qovushqoqligini o’lchash. Temperatura va ularning qovushqoqlikka ta’sirini o’lchash
Jelatina eritmasining qovushqoqligini o‘lchash Ish uchun kerakli jihozlar Termostat, viskozimetr, sekundometr yoki metronom. Jelatinaning 1% li va 0,5% li zoli, qizil tusdagi oltin zoli, temir (III) gidroksid zoli, 1 N KI va 1N K2SO4 eritmalari. Asbobning tavsifi Nisbiy qovushqoqlik kapillyar viskozimetr yordamida o‘lchanadi. Bu asbob ikkita tutash shisha naylar (1) va (2) dan iborat. Nayning kengaytirilgan qismi (3) bo‘lib, uning past tomoniga kapillyar (4) ulangan, tekshirilayotgan suyuqlik o‘z og‘irligi bilan 2 - nay orqali 1 – nayga oqib o‘tadi. Nayning keng qismining yuqori va past tomonlarida belgilar(5) va (6) bor. Nay keng qismining hajmi odatda 3 – 4 ml ga teng bo‘ladi. 77 Kapillyar viskozimetr 1,2 – o‘zaro birlashtirilgan naylar, 3 – nayning keng qismi, 4- kapillyar nay, 5,6 – o‘lchov belgilar. Ish boshlashdan oldin viskozimetrni xromli aralashma va distillangan suv bilan yuvish, so‘ngra quritish shkafida quritish zarur. Viskozimetr ma’lum haroratgacha isitilgan suvli termostatga vertikal ravishda o‘rnatiladi; tekshiriluvchi suyuqlikdan pipetka bilan bir necha millilitr olib nayga quyiladi. Suyuqlik talab qilingan haroratgacha isitilgandan keyin, tor nay orqali yuqorigi belgigacha aniq so‘rib chiqiladi. Suyuqlik sathi (5) belgidan (6) belgiga qadar pasayguncha ketgan vaqt sekundomer yordami bilan o‘lchanadi. So‘ngra suyuqlik tor nay orqali yana yuqoriga so‘rib chiqariladi va shu ish yana takrorlanadi, bunda bir – biriga yaqin qiymatlar olinguncha tajriba qaytarilaveradi. Suv (ma’lum haroratda) shu kapillyardan qancha vaqtda oqib tushishi ana shu usulda topiladi. Shundan keyin, tekshiriluvchi suyuqlik kapillyardan qancha vaqtda oqib tushishi ham xuddi shu usulda topiladi. a) Oltin, temir (III) –gidroksid va jelatina zollarining qovushqoqligini o‘lchash. Yuqorida ko‘rsatilgan metoddan foydalanib, liofob va liofil zollarning doimiy (18 – 200) haroratdagi nisbiy yopishqoqligi topiladi. Olingan natijalar taqqoslab ko‘riladi. b) Eritma konsentrasiyasining qovushqoqlikka ta’siri. Qaynoq jelatinaning 1% li zolidan quyidagi eritmalar tayyorlanadi: Tarkibi Eritma raqami 1 2 3 4 Jelatina zoli, ml hisobida ...... Suv, ml hisobida ........................ 20 0 15 5 5 15 2 18 78 Tayyorlangan eritmalar tajriba o‘tkaziladigan haroratgacha sovitiladi. Eritmalarning qovushqoqligi o‘lchanadi. Konsentrasiya o‘zgarishi bilan qovushqoqlik qanday o‘zgarishini ko‘rsatadigan egri chiziq chiziladi. c) Haroratning qovushqoqlikka ta’siri. Jelatina 0,5% li zolining 00 dagi qovushqoqligi o‘lchanadi, buning uchun jelatina eritmasi quyilgan viskozimetr ichidagi suyuqlik suv haroratiga baravarlashgandan (20 minutcha o‘tgandan) keyin qovushqoqlik o‘lchanadi. Shundan keyin viskozimetrni 20, 40 va 600 li suvga botirib turib, suyuqlik kapillyardan qancha vaqtda oqib tushishi topiladi. Yopishqoqlik haroratga qarab qanday o‘zgarishini ko‘rsatuvchi egri chiziq chiziladi. d) Tuzlarning qovushqoqlikka ta’siri. Jelatinaning 1% li zoli olinib, uchta probirkaga 5 ml dan quyiadi, so‘ngra birinchi probirkaga 5 ml 1N KI eritmasi, ikkinchisiga 5 ml 1 N K2SO4 eritmasi, uchinchisiga 5 ml distillangan suv qo‘shiladi. Har uchala probirkadagi eritmalarni chayqatib, yaxshilab aralashtiriladi va taxminan bir soatcha tinch qo‘yiladi. Shundan keyin ularning qovushqoqligi topiladi. Olingan natijalar jadvalda yoziladi va anionlarning zol qovushqoqligiga qanday ta’sir etishi haqida tegishli xulosalar chiqariladi. Kuzatish natijalarini yozib borish tartibi Eritma Qovushqoqlik Jelatinaning 1% li eritmasi ....... Jelatinaning 1% li eritmasi + KI .. Jelatinaning 1% li eritmasi + K2SO4 Qilingan ish haqida hisobot 1. Viskozimetr rasmini chizish. 2. Yuqorida (tajribalarni tavsif etishda) aytib o‘tilgan egri chiziqlarni chizish. Har xil suyuqliklarning ichki ishqalanish qiymati turlicha bo‘ladi; masalan, spirt, efirning ichki ishqalanishi kichik, gliserin, kastor moyi kabi boshqa suyuqliklarniki esa ancha katta. Kolloid eritmalarning qovushqoqligi ham har xil: liofob kolloidlarniki kichik, liofillarniki esa ancha katta bo‘ladi. Kolloid eritmalarning qovushqoqligi ham ularga elektrolitlar qo‘shilgan qo‘shilmaganligiga bog‘liq. Suyuqlikning qovushqoqligi uning kapillyar naydan oqib tushish tezligiga qarab topilishi mumkin. Silindrsimon kapillyardan laminar tartibda oqib tushadigan suyuqlik uchun Puazeyl quyidagi bog‘lanishni taklif etgan: tl PrV  8 4  bunda V - kapillyardan oqib tushayotgan suyuqlik hajmi, sm3 hisobida; r – kapillyar radiusi, sm hisobida; P – suyuqlikni harakatga keltiradigan kuch, dina hisobida; t – suyuqlik kapillyardan oqib tushgan vaqt, sekund hisobida; l – kapillyar uzunligi, sm hisobida. Bundan lV Ptr 8 4 Pr lVt4 8   Nisbiy qovushqoqlik quyidagicha aniqlanadi: tekshiriluvchi va standart suyuqlikdan bir xil hajmda olinib, bitta kapillyardan oqiziladi; har ikkala suyuqlik oqib tushishi uchun ketgan vaqtdan foydalanib, nisbiy qovushqoqlik topiladi. Agar tekshiriluvchi eritma tariqasida moddalarning suvdagi eritmasi olinadigan bo‘lsa, standart suyuqlik tariqasida , odatda, toza suv ishlatiladi. Yuqorida ko‘rsatilgan shartlarga rioya qilinsa, V, r, ℓ doimiy qiymatga ega bo‘ladi, nisbiy qovushqoqlikni o‘lchash metodi o‘shanga asoslangan, ya’ni klV r8 4 bunda k-doimiy qiymatdir. Bundan formula quyidagi shaklda o‘zgaradi: lPt va nisbiy qovushqoqlik uchun quyidagicha yoziladi: 76 OHOHOHOHOH tP Pt tkP kPt 22222   bunda OH2 , OH P 2 , OH t 2 suvga tegishli, η, P va t tekshiriluvchi suyuqlikka tegishli bo‘ladi. Agar asbobga quyilgan suyuqlik ustuni bir xil balandlikda bo‘lib, ular o‘z og‘irligi bilan oqib tushsa, bosimlar nisbati o‘rniga zichliklar nisbati yozilishi mumkin: OHOH P P 22   Demak, OHOHOH t t 222     bundan OHOH OHt t 22 2  suvning qovushqoqlik koeffisiyenti birga teng deb qabul qilinsa, OHOH t t 22   kelib chiqadi. Ma’lum hajmdagi suv va shuncha hajmli tekshiriluvchi suyuqlik kapillyardan qancha vaqt oqib tushishini (sekundomer yordamida) o‘lchab va suyuqlik zichligini bilib (suvning zichligi 1 ga teng deb qabul qilinishi mumkin), tekshirilayotgan suyuqlikning qovushqoqlik koeffisiyenti (nisbiy qovushqoqligi ) yuqoridagi formula bilan topiladi.
TEST
1.Qovushqoqlikni o’lchaydigan asbob?
A.Barometr
B.Fonendaskop
C.Viskozametr
D.Ampermetr
2.Qovushqoqlik darajasi necha xil usulda o’lchanadi?
A.2
B.4
C.3
D.1
3.Alyuminiyning dinamik yopishqoqligi nechaga teng?
A. 3*1018
B. 4,5*1017
C.7,5*1018
D. 4
4.Emulsiya nima?
A. Suyuq-suyuq
B. Qattiq-suyuq
C. Gaz-qattiq
5. Suspenziya qaysi qatorda?
A. Suyuq-suyuq
B. Qattiq-suyuq
C. Gaz-qattiq
6.Yog’ning suvda erishidan ….
A. Suspenziya
B. Emulsiya
C. Aerozol.
7. Tutun qaysi sistemaga kiradi?
A. Suspenziya
B. Emulsiya
C. Aerozol.
8.Ko’pik qaysi sistemaga kiradi?
A. Suspenziya
B. Emulsiya
C. Aerozol.
9.Koalessinsilanish nima?
A.Tomchilarning qo’shilishi
B.Tomchilarning ajralishi
C. Qattiq holatdan gaz holatga o’tish
10.Qattiq sovun tarkibida qaysi metal bo’ladi?
A. Kaliy
B. Natriy
C.kalsiy

Javoblar: 1c 2a 3c 4a 5b 6b 7c 8c 9a 10b




  1. Download 39.94 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling