Mavzu: Kolloid eritmalarning olinishi. Kondensasion metod. Fe(OH)3 zollarini olinishi. Kumush yodid zolining olinishi


Download 39.94 Kb.
bet7/7
Sana19.06.2023
Hajmi39.94 Kb.
#1614162
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
fizik kolloid (2)

Mavzu: Suvni tozalash usullari

Suvni tozalash — suv taʼminoti manbalari (daryolar, koʻllar, suv havzalari, suv omborlari va boshqalar)dan vodoprovod tarmogʻiga kelib tushadigan suvning sifatini belgilangan meʼyorga keltirish uchun moʻljallangan texnologik jarayonlar majmui. Sanoat korxonalari va maishiy korxonalardan chiqadigan oqova suvlarni tozalashni ham oʻz ichiga oladi. [[Suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimidagi, korxonalardagi muxandislik inshootlari yordamida hamda biologik va kimyoviy usullarda amalga oshiriladi.
Yer yuzasidagi tabiiy suv manbalari (daryolar, koʻllar va boshqalar) suvini vodoprovod tarmogʻiga yuborishdan oldin tindiriladi, tiniklashtiriladi va zararsizlantiriladi. Tozalash inshootlarida tindirish va tiniklashtirishda suv tarkibidagi muallaq va kolloid (mayda) zarralar suv tagiga chukadi, suvga maxsus idishlarda alyuminiy sulfat va xlorli temir bilan ishlov beriladi, suv shagʻal, qum qavati, baʼzan esa gʻovak sopol filtrdan oʻtkaziladi. Tiniq suvni zararsizlantirish (turli mikroorganizm va viruslarni oʻldirish) uchun unga suyuq yoki gaz holatdagi xlor, gipoxloritlar — NaCIO, Sa(SYU)2 va xlor qoʻsh oksid S1O2, xlorli ohak qoʻshiladi, tindirilgan suv va yer osti suvlarini zararsizlantirish maqsadida, shuningdek, ozon va ultrabinafsha nurlar ham qoʻllanadi. Bunda simobkvarsli yoki argonsimobli lampalardan foydalaniladi. Agar suv qattiq (tarkibida kalsiy va magniy tuzlari umumiy miqdori meʼyordagidan yuqori) boʻlsa, yumshatiladi (qarang Suvni yumshatish). Yer osti suvlari koʻpincha aeratsiya usulida temirsizlantiriladi (havo kislorodi bilan boyitiladi). Suvni kremniysizlantirish (metasilikat kislota H2SiO3 va uning tuzlari miqdorini kamaytirish) uchun ohak, natriy alyuminat NaAlO2, baʼzan kuydirilgan dolomitdan foydalaniladi. Suv tarkibidagi boshqa erigan tuzlarni ketkazish uchun u chuchuklashtiriladi (qarang Suvni chuchukpashtirish) yoki ionitlardz. tuzsizlantiriladi. Suv tarkibidagi vodorod sulfid, metan, radon, karbonat angidrid va boshqa erigan gazlarni ketkazish uchun suv degazatsiyalanadi (qarang Degazatsiya). Suv tarkibidagi ortikcha ftorni kamaytirish uchun suv faollashtirilgan alyuminiy oksid orqali suzib oʻtkaziladi. Agar suv tarkibida radioaktiv moddalar borligi aniklansa, u dezaktivatsiyalanadi (qarang Dezaktivatsiya). Agar suvda noxush hid boʻlsa, faollashgan kumir, ozon, kaliy permanganat yoki xlor koʻsh oksid bilan ishlanadi (qarang Sorbsiya).
Oqova suvlar (sanoat korxonalari, maishiy korxonalar va turar joylardan chiqadigan iflos suvlar) va yogʻin suvlarni tozalash masalalari tabiatni mahofaza qilishning muhim bir qismi hisoblanadi. Oqova suvlar tarkibidagi balchiq, kolloid va erigan moddalar tindirgichlarda choʻktiriladi, zararli moddalar biologik usullarda zararsizlantiriladi (qarang Biologik suzgich, Suvni zararsizlantirish), korxonalardan chiqayotgan suvlar tozalash inshootlarida tozalanadi. Suvni tozalashning fizikkimyoviy, termik va boshqa usullari ham bor.
Tabiiy suvlarni sanoatda qoʻllanadigan usullar yordamida mikroorganizmlar, tuzlar va gazlardan butkul tozalashning imkoni yoʻq. Shu sababli ularning ichimlik suvidagi miqdori belgilangan maʼlum meʼyordan koʻp boʻlmasligi talab etiladi. Mas, ichimlik suvining 1 ml dagi mikroorganizmlarning umumiy soni 100 tadan oshmasligi, ichak tayoqchalari guruhi bakteriyalarining soni 3 tadan oshmasligi shart. Suvning umumiy qattiqligi 7 mmol/l gacha, quruq qoldiq 1000 mg/l gacha, vodorod koʻrsatkichi — rayon 6,0 dan 9,0 gacha boʻlishi kerak. Ayrim hollarda ichimlik suvining qattiqligi 10 mmol/l gacha, quruq qoldiq 1500 mg/l gacha, temir va marganets ionlarining miqdori tegishlicha 1 va 0,5 mg/l gacha boʻlishiga ruxsat etiladi. St. xalqxoʻjaligida va aholi sogʻligʻini saqlashda juda muhim tadbir hisoblanadi.
Oʻzbekiston shahar va tumanlarida suv taʼminoti markazlashtirilgan. Aholiga beriladigan ichimlik suvi yuqorida aytilgan usullarda tozalanadi, sanitariya koʻrigidan oʻtkazib turiladi. Bu ish bilan shahar va tuman sanitariyaepidemiya st-yalari (SES) shugʻullanadi. Yirik sanoat va maishiy korxonalarning oqova suvlari mahalliy tozalash inshootlarida tozalab chiqariladi .

  • Deyarli barcha ma'lum kimyoviy elementlarni o'z ichiga olgan sanoat oqava suvlari va chiqindilar. Ular orasida teratogen (xomilalik mutatsiyalar) va kanserogen (onkologik) o'zgarishlarni keltirib chiqaradigan moddalar ayniqsa xavflidir.

  • Biokimyoviy va mikrobiologik ifloslanish manbai bo'lib xizmat qiladigan oqova suvlar va chiqindilar.

  • Tuproq jinslarining eroziyasi, bu suvning minerallashuvi oshishi bilan birga keladi.

TEST
1.Suvning qattiqligi necha xil?
A.2xil
B.3xil
C.4xil
2.Suvdagi kalsiy va magniy ionlarining miqdori …..o’lchanadi
A. mg
B.ml
C.litr
3.Suv qattiqlik darajasiga ko’ra necha turga bo’linadi?
A.3
B.4
C.5
4.Vaqtinchalik qattiqlikni yo’qotish uchun…..
A.qaynatiladi
B.soda qo’shiladi
C.og’ir metallar tuzlari
5.Suvni tindirish usullari..
A.2xil
B.3xil
C.4xil
6.Bakteriyalarni o’ldirish uchun qaysi moddadan foydalaniladi?
A.Giploxlorid
B.Permangat
C.yod
7.Oqova suvlarni tozalash qaysi biri destruktiv hisoblanadi?
A.oksidlash
B.tindirish
C.absorbsiyalash
8.Mexanik tozalash usulida zarrachalar o’lchami..
A.5mm
B.4mm
C.3mm
9.Noma’lum eritma darajasini aniqlash uchun ma’lum konsentratsiya eritmasidan foydalanadigan usul.
A.kolorimetrik
B.titrometrik
C.gidroklab
10.Ikkilamchi tozalashda qaysi usullardan foydalaniladi?
A.Kimyoviy,fizikaviy
B.kimyoviy,biologik
C.fizik-kimyoviy

Javoblar:1a 2a 3b 4a 5a 6a 7b 8a 9b 10b
Download 39.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling