Mavzu: Kolloid eritmalarning osmotik bosimi


Download 46.22 Kb.
Sana14.05.2020
Hajmi46.22 Kb.
#106002
Bog'liq
Kolloid kimyo


Mavzu: Kolloid eritmalarning osmotik bosimi.

Reja:

  1. Osmotik bosim haqida tushuncha.

  2. Osmotic bosim formulasi.

  3. Xulosa.

  4. Foydalanilgan adabiyotlar.

Kolloid eritmalarda ham osmotik bosim kuzatiladi. Lekin chin eritmalarnikidan juda kichik. Chunki, eritmalarning osmotik bosimi hajm birligida mavjud molekulalar va ionlar soniga to‘g‘ri proporsionaldir. Kolloid eritmalarning hajm birligidagi zarrachalar soni kam bo‘lgani uchun ularning osmotik bosimi juda kichik bo‘ladi.


Misol:

-1% oltin zolining osmotik bosimi0,00045 atm.bo‘lsa,



-shu konsentratsiyadagi saxarozaning osmotikbosimi

0,725 atm. ga teng.


Yarim о‘tkаzgich membrаnа orqаli erigаn moddа molekulаlаrini eritmа konsentrаsiyasi yuqori joydаn konsentrаsiya pаst joygа о‘tishidа osmotik bosimning yuzаgа kelishi.

Kolloid sistemalardagi osmotik bosimning ma’lum bir qismi elektrolitlar tufayli sodir bo‘lishi mumkin.



Gaz qonunlarini chin eritmalarga tadbiq etgandek, kolloid eritmalarga ham tadbiq etish mumkin. Kolloid eritmalar uchun Mendeleyev-Klaypero ntenglamasi quyidagicha yoziladi:
yoki
V – kolloid zarrachalarining konsentratsiyasi, ya’ni kolloid eritmaning hajm birligidagi zarrachalar soni.

 - zarrachalar soni

- Avagadro soni

P- osmotik bosim.
Eritmalarning osmotik bosimini yana quyidagi formula bilan ifodalash mumkin:

Formuladan ko‘rinib turibdiki, osmotik bosim - zarrachalar soni va haroratga bog‘liq bo‘lib, zarracha tabiatiga va o‘lchamiga bog‘liq emas.

Agar eritmaning molyar konsentratsiyalari bir xil bo‘lsa, osmotik bosimi ham bir xil bo‘ladi. Bunday eritmalar izotonik eritmalar deyiladi.

Kolloid eritma zarrachalarining esa massasi o‘zgarib turadi. Agar harorat pasaysa, zarrachalar birlashib yiriklashadi (agregatsiyalanadi). Harorat ortganda massa parchalanadi – dezagregatsiyalanadi. Agregatsiya pasaygan sari osmotik bosim ortadi. Demak, harorat ortsa kolloid eritmalarning osmotik bosimi ham ortadi.

Xulosa:

Kolloid eritmalarda ham osmotik bosim kuzatiladi. Lekin chin eritmalarnikidan juda kichik. Chunki, eritmalarning osmotik bosimi hajm birligida mavjud molekulalar va ionlar soniga to‘g‘ri proporsionaldir. Kolloid eritmalarning hajm birligidagi zarrachalar soni kam bo‘lgani uchun ularning osmotik bosimi juda kichik bo‘ladi.


Kolloid sistemalardagi osmotik bosimning ma’lum bir qismi elektrolitlar tufayli sodir bo‘lishi mumkin.

Agar eritmaning molyar konsentratsiyalari bir xil bo‘lsa, osmotik bosimi ham bir xil bo‘ladi. Bunday eritmalar izotonik eritmalar deyiladi.

Kolloid eritma zarrachalarining esa massasi o‘zgarib turadi. Agar harorat pasaysa, zarrachalar birlashib yiriklashadi (agregatsiyalanadi). Harorat ortganda massa parchalanadi – dezagregatsiyalanadi. Agregatsiya pasaygan sari osmotik bosim ortadi. Demak, harorat ortsa kolloid eritmalarning osmotik bosimi ham ortadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:




  1. K.S. Axmedov, X.R. Raximov. Kolloid kimyo. T, 1992, 5-12 betlar.

  2. Aminov S.N., Popkov V.A., Qurbonova M.M., Fizik va kolloid kimyodan amaliy mashg‘ulotlar. Toshkent., Fan., 2006.

  3. Drew Mer. Surfaces, interfaces and colloids. 1999. John Weley and Sons, New York, 492 p.

  4. X.S. Talipova, Sh.B/Buxorov. Kolloid kimyo. Ma’ruzalar matni. 2015 y.

Download 46.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling