Mavzu: Kolloid sistemalarning barqarorligini hamda koagulyatsiyasi. Ishlab chiqarishdagi ahamiyati


Download 354.38 Kb.
Sana28.10.2023
Hajmi354.38 Kb.
#1729004
Bog'liq
2 5294481682714334188-6


Mavzu: Kolloid sistemalarning barqarorligini hamda koagulyatsiyasi. Ishlab chiqarishdagi ahamiyati.
Kolloid sistemalar sanoatda ham ko‘p uchraydi. Sement, chinni va bo‘yoqlarning sifati ularning disperslik darajasiga, dispers fazaning suv bilan
o‘zaro ta‘sirlashishiga va boshqa kolloid kimyoviy omillarga bog‘liq. Charm, qog‘oz, gazlama, sun‘iy ipak, oziq-ovqat va boshqa sanoat tarmoqlarida keng
qo‘llaniladigan sun‘iy va tabiiy yuqori molekulyar moddalar hosil qilish ham kolloid kimyo qonunlariga asoslanadi.
Ko‘pchilik olimlar kolloid sistemalarni quyidagi uchta sinfga bo‘lishni tavsiya qiladilar:
1. Haqiqiy kolloid eritmalar (metallarning gidrozollari, metall sulfidlarning zollari va hokazolar).
2. Dag‘al dispers sistemalar (emulsiya, suspenziyalar) va kolloid dispers sistemalar (aerozollar, yarim kolloidlar va hokazo).
3. Yuqori molekulyar birikmalar va ularning eritmalari (oqsillar, polisaxaridlar, kauchuklar, poliamidlar).
Ichki struktura (tuzilishlar) qarab kolloid sistemalar:
★ Suspenzoidlarga;
★Mitsellyar (assosiativ) kolloidlar;
★Molekulyar kolloidlarga bo‘linadi.
Suspenzoidlar (qaytmas kolloidlar, liofob kolloidlar)- bu metallarning va birikmalar (oksidlar, tuzlar)ning eritmalaridir.Suspenzoidlar dispers fazalari zarrachalarining tuzilishi mos holda moddaning tuzilishidan farq qilmaydi va ular molekulyar yoki ionli kristall panjaralarga ega bo‘ladi.
Kolloid zarrachalarning katta agregatlarga birikish jarayoni koagullanish deyiladi.
1917 yilda Peskov dispers sistemalar barqarorligini 2 ga bo‘ladi:
1. Sedimentatsion (kinetik) barqarorlik;
2. Agregativ barqarorlik.
Kinetik barqarorlik – bu dispers sistemalarning og‘irlik kuchi ta‘siriga nisbatan barqarorligidir.
Koagulyatsiya natijasida sistema o‘zining sedimentatsion barqarorligini yo‘qotadi, chunki zarrachalar juda kattalashadi va Broun harakatida ishtirok eta olmaydi.
Koagulyatsiya o‘z-o‘zidan boradigan jarayondir. Chunki u fazalararo sirt yuzani kamaytiradi va bu esa o‘z navbatida erkin sirt energiyaning kamayishiga
olib keladi.
Koagulyatsiyaning 2 xil bosqichi bo’ladi:
1-bosqich-yashirin koagulyatsiya. Bu bosqichda zarrachalar kattalashadi, ammo sedimentatsion barqarorligini yo‘qotmaydi.
2-bosqich. Ochiq (aniq) koagulyatsiya. Bu bosqichda zarracha o‘zining sedimentatsion barqarorligini yo‘qotadi. Agar zarrachaning zichligi dispersion
muhitning zichligidan katta bo‘lsa, cho‘kma hosil bo‘ladi.
Koagulyatsiyaning sabablari:
★Haroratning o‘zgarishi;
★Elektr va elektromagnit maydon ta‘siri;
★ Yorug‘lik nurining ta‘siri;
★Elementlar zarrachalarning (nurlar) ta‘siri;
★Mexanik ta‘sirlar;
★Elektrolitlar qo‘shish va boshqalar;

Eʼtiboringiz uchun raxmat!


Download 354.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling