Mavzu: Kolonkali adsorbsion xromatografiya (kax). Kax uchun kolonkalar tanlash va adsorbent bilan to’ldirish
Download 66 Kb.
|
kolonkali xromatagrafiya (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adsorbentlarga qo’yiladigan talablar
- Kolonkani adsorbent bilan to’ldirish 2 xil bo’lad
- 2 4 -rasm.
Mavzu: Kolonkali adsorbsion xromatografiya (KAX). KAX uchun kolonkalar tanlash va adsorbent bilan to’ldirish Kolonkali xromatografiya moddalar aralashmasini ajratishda qo’llaniladi. Ajraladigan aralashma kolonnaning yuqori qismiga quyiladi, u erda harakatsiz faza tomonidan so'riladi, so'ngra elyuent (harakatchan faza) kolonka orqali doimiy ravishda yuborilib turiladi. Aralashmaning har bir komponenti sorbentda absorbsiyalanishi hisobga olinib, elyuent tarkibi tallanadi (uni TLC usulining Rf qiymatidan baholash mumkin). Aralashma bir necha elyuentlarda xromatografiya qilinadi va kolonnalar xromatografiyasi uchun Rf qiymatlari kattaroq bo'lganidan foydalaniladi. Qoidaga ko'ra, kamroq qutbli erituvchilar xromatografiya bilan aralashmalarni yanada samarali ajratish imkonini beradi. Qutblanishni va moddalarni silikagel yuzasidan "yuvish" qobiliyatini (elyutsiya qobiliyati) oshirish orqali erituvchilar quyidagi qatorga joylashtiriladi: Siklogeksan Elyuentga qo’yiladigan talablari: Ajratilayotgan moddalar eluent bilan o'zaro ta'sir qilmasligi yoki uning ta’sirida moddaning tuzulishi o’zgarmasligi kerak. Elyuent alohida erituvchi yoki bir nechta erituvchilar aralashmasi bo'lishi mumkin. Erituvchilar kolonkadan chiqqandan keyin ason haydaladigan bo’lishi kerak. Shuning uchun dimetil sulfoksid (DMSO) yoki dimetilformamid (DMF) elyuent bo’lib hizmat qila olmaydi. Eluent shunday tanlanadiki, yupqa qatlamli xromatogrammasida aralashmadagi moddalarning Rf qiymati kamida 0,15 ko’pi bilan 0.5 -0.6 dan ortiq bo’lmasligi kerak. Agar turli xil qutbli erituvchilar yoki qutbsiz erituvchilar ta'siri ostida modda adsorbentda harakat qilmasa siz boshqa sorbent tanlash kerak. Adsorbentlarga qo’yiladigan talablar: Ajraladigan moddalar sorbent ishtirokida tuzulishi buzilmasligi kerak. Misol: silikagelda kislotalarni ajratish va tozalash mumkin emas. Neytral hisoblangan odsorbent Al2O3 kislota asoslarni tozalash uchun samarali bo’lishi mumkin. Agar turli xil erituvchilar ta’sirida moddalar ajralishi kerak. Agar erituvchilar turli nisbatda ajralmasa absorbent to’g’ri tanlanmagan hisoblanadi. Tanlangan elyuent va adsorbent o’zaro reaksiyaga kirishmasligi kerak. Adsorbentning maydalik darajasi to’g’ri tanlangan bo’lishi kerak. Odatda adsorbentning maydaligi 60-250 nm kattalikda ishlatiladi. Kolonkani adsorbent bilan to’ldirish 2 xil bo’lad: Adsorbent kolonkaga oz-ozdan solinib, uchiga rezina kiygizilgan tayoqcha bilan to’xtavsiz urub turiladi va adsorbent zich joylashadi. Adsorbent elyuent bilan suspensiyasi tayyorlanadi va kolonkaga joylanadi.
Download 66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling