Mavzu: “Kolora” mchj bajardi: Ik320-guruh Talabasi Do‘stov L. F


Download 37.94 Kb.
bet1/6
Sana21.01.2023
Hajmi37.94 Kb.
#1105669
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2kurs hisobot


O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta‘lim vazirligi
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
“ Real Iqtisodiyot” Kafedrasi
Malakaviy amaliyot

“Hisoboti”



Mavzu: “Kolora” MCHJ

Bajardi: Ik320-guruh
Talabasi Do‘stov L.F.
<<_______>> (Imzo)
Rahbar: ___________
<<_______>> (Imzo)

Reja:
KIRISH

ASOSIY QISIM

  1. MCHJ ning asosiy faoliyat yo’nalishlari.

  2. MCHJ da marketing faoliyati.

  3. MCHJ da SWOT tahlil va tashkiliy tuzilmasi


XULOSA VA TAKLIFLAR

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


Kirish
Chakana savdo korxonalari deb yuridik shaxs bo‘lgan, o‘z mulkiga ega bo‘lgan mukammal holda aholiga savdo xizmati ko‘rsatadigan sub’ektga aytiladi. Masalan, hissadorlik jamiyatlari, qo‘shma korxonalar, savdo birlashmalari va ularning uyushmalari misol bo‘la oladi. Chakana savdo tarmog‘i deb, aholiga yoki haridorlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xizmat ko‘rsatadigan yoki shunga o‘xshash faoliyat bilan shug‘ullanayotgan binoga, jihozga yoki shunga o‘xshash savdo shoxobchasiga aytiladi. Marketing iste’molchilar talablarini detalli, har tomonlama va obdon o‘rganishning nafaqat passiv vazifalarini, balki bozorda faoliyatning samaradorligi va daromadliligini oshirish, savdo hajmini oshirish maqsadlarida talabni shakllantirish va savdoni oshirish bo‘yicha faol masalalarni yechimini nazarda tutadi. Marketingli kommunikatsiyalar kompleksi aynan shunga xizmat qilish uchun jalb qilingan. Uning samarali faoliyat yuritishi uchun kommunikatsion siyosatni ishlab chiqish zarur, u kommunikativ vositalarni qo‘llash asosida uning barcha marketing tizimi sub’ektlari bilan o‘zaro faoliyatini rejalashtirish, amalga oshirish va rivojlantirishga qaratilgan korxonaning istiqbolli faoliyati kursini namoyish etadi. Kommunikatsion siyosatni ishlab chiqishga asosiy e’tibor qaratilishi kerak. Uning doirasida nafaqat sinfiy tadbirlarni, balki shaxsiy kommunikatsiyalar, muloqot, o‘zaro faoliyatni shakllantirish bo‘yicha choralar ham ko‘rilishi kerak.
Marketing kompleksi maqsadli bozorda marketingli masalalarni yechish uchun korxona tomonidan qo‘llaniladigan marketing qurollarining to‘plamidir (marketing-miks). Marketingning an’anaviy kompleksi quyidagilarni tavsiflaydi:

  • mahsulot, korxonaning bozorda iste’molchi e’tiboriga sotib olish, qo‘llash yoki iste’mol etish uchun taklif etiladigan narsa. U o‘z ichiga ham moddiy (restoranlar, barlar va boshqa), ham nomoddiy (xizmatlar) komponentlarni oladi;

  • narx, mahsulotni sotishdan foyda olish funksiyasini bajaradi va korxona va uning mijozi o‘rtasidagi ma’lum o‘zaro munosabatlarni o‘rnatish vositasi hisoblanadi;

  • sotish, mahsulotning samarali MCHJga oldim. Malakaviy amaliyotimni online hamda offline tarzda olib bordim. 06.06.2022 y. kundan to 13.08.2022 y. kungacha korxonaning savdo va xizmat ko‘rsatish, mijozlar bilan ishlash, tijorat faoliyati bilan tanishdim va o‘rgandim. Amaliyot dasturida ko‘rsatilgan hamda amaliyot davrida bajarilishi kerak bo‘lgan vazifalarni barchasini o‘z vaqtida bajardim. Xususan, amaliyot dasturiga muvofiq:



  • korxonaning tarixiy faoliyati, faoliyat yo‘nalishlari, “Nizom”i bilan tanishish;

  • korxonaning asosiy mijozlari, ularning tarkibi, mijozlar xatti-harakatlariga korxonaning ta’sir etish usullarini o‘rganish;

  • korxonaning asosiy raqobatchilari tahlili, raqobat ustunligini tahlil qilish;

  • korxonaning tovar va xizmatlari raqobatbardoshligining tahlili;

  • korxonaning xo‘jalik portfilini tahlil qilish (BKG, Makkenzi, Ansoff matritsalari);

  • korxonaning tovar siyosati, narx siyosati, sotish siyosati va kommunikatsiya siyosatini kabilarni o‘rganish:.

  • korxonaning marketing faoliyatini o‘rganish: tovar siyosati: taklif etilayotgan taomlari, stellar soni, narx belgilash jarayoni, stollarni bir kunlik aylanishi, asosiy mijozlari, vositachilari, reklama, sotishni rag‘batlantirish tadbirlarini o‘rganish.

  • korxonaning ichki va tashqi muhitini o‘rganish, SWOT tahlilini amalga oshirish.

  • servis ko’rsatish sifati, personalni mijozlar bilan ishlash tartibi, servis turlarini tahlil qilish, marketing tadqiqotlar olib borishlarni o’rgandim.

Korxona “Nizom” iga ko‘ra MCHJ quyidagi ishlar bilan shug‘ullanishi mumkin:





  • iste’mol tovarlarining chakana savdosi bilan shug‘ullanish;

  • oziq-ovqat mahsulotlari va nooziq-ovqat tovarlari ulgurji savdosini tashkil etish ;

  • non va non mahsulotlari, makaron mahsulotlari, qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish;

  • servis xizmatlar ko‘rsatishni tashkil etish va boshqalar.

  • o‘quv markazi faoliyati

  • qurilish ishlari

  • va boshqa turli xil faoliyat turlari bilan foydalanadi

Korxonaning asosiy faoliyati aholiga savdo xizmati, ya’ni chakana savdo faoliyati hisoblanadi. Shuning uchun amaliyot davrida asosiy e’tiborni korxonaning chakana savdo faoliyati, chakana savdo faoliyatini tashkil etilishiga qaratdim. Shuningdek, korxonaning chakana savdo faoliyatida marketing tadbirlarini tashkil etilishi, narx belgilash tartibini o‘rgandim.


Chakana savdo korxonalari deb yuridik shaxs bo‘lgan, o‘z mulkiga ega bo‘lgan mukammal holda aholiga savdo xizmati ko‘rsatadigan sub’ektga aytiladi. Masalan, hissadorlik jamiyatlari, qo‘shma korxonalar, savdo birlashmalari va ularning uyushmalari misol bo‘la oladi.
Chakana savdo tarmog‘i deb, aholiga yoki haridorlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xizmat ko‘rsatadigan yoki shunga o‘xshash faoliyat bilan shug‘ullanayotgan binoga, jihozga yoki shunga o‘xshash savdo shoxobchasiga aytiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami (2006 y., 20-21-son, 181-modda)ga ko‘ra chakana savdoga quyidagicha ta’rif berilgan.
Chakana savdo – savdo sohasida yakuniy iste’mol uchun, undan tijorat maqsadlarida foydalanish huquqisiz aholiga tovarlarni donalab yoki ko‘p bo‘lmagan miqdorlarda naqd pulga sotishni nazarda tutuvchi faoliyatni amalga oshirish.
Turg‘un chakana savdo shoxobchasi – joylardagi davlat hokimiyati organlari qarori bilan ajratilgan yer uchastkalaridagi O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi organlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari bo‘yicha qurilgan, sanitariya va yong‘in xavfsizligi normalari va talablariga javob beradigan, savdo zaliga, savdo asbob-anjomlariga hamda tovarlarni saqlash, navlarga ajratish va qadoqlash uchun xonalarga ega bo‘lgan, shuningdek nazorat-kassa mashinalari bilan jihozlangan ob’ekt (bino, inshoot).
Savdo tarmoqlari ichida savdo binolari eng asosiy o‘rinni egallaydi, chunki 90% va undan ortiq mahsulotlar savdo tarmog‘i orqali aholiga yetkaziladi.
Savdo tarmoqlari logistik sistemasining eng oxirgi nuqtasi bo‘lib hisoblanadi va har qanday tovar shunday chakana savdo tarmog‘i orqali o‘tishi lozim. Aholining mintaqaviy tarqoq joylashishiga qarab savdo tarmoqlari tarqoq va ko‘p bo‘ladi. Qayerda haridor bo‘lsa shu yerda savdo tarmog‘i bo‘lishi lozim.
Shuning uchun savdo tarmoqlari logistik sistemada muhim o‘rin tutib quyidagi vazifalarni bajaradi:

  1. Aholiga tovar sotish.

  2. Tovar sotish bilan bog‘liq bo‘lgan turli xizmatlarni ko‘rsatish.

  3. Bozorni o‘rganish.

  4. Tovarlarni qabul qilish va saqlash.

  5. Tovarlarga qo‘shimcha ishlov berish (o‘rash, tozalash, qadoqlash, boshqarish).

Chakana savdo yalpi ommaviy tus olgan. Shuning uchun bu sohada juda ko‘p xodimlar band bo‘ladilar. Ko‘pgina mamlakatlarda mehnatga layoqatli kishilarning 10-20% gachasi chakana savdoda band.


Chakana savdoda quyidagi tijorat vazifalari amalga oshiriladi:

  • bozor holatini o‘rganish, talab va taklif miqdorini tarkibini aniqlash;

  • ishlab chiqarish yoki vositachi korxonalar bilan harid qilish bo‘yicha aloqalar o‘rnatish va tashib keltirishini amalga oshirish;

  • oxirgi iste’molchining talabiga mos tovar assortimentini savdo tarmoqlariga tarkib toptirish;

  • iste’molchilarga turli xildagi xizmat ko‘rsatishni amalga oshirish;

  • marketing faoliyatini olib borish, reklama axborot ishlarini tashkil etish.



Download 37.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling