Mavzu: Kombinatsion elementlarni о‘rganish va ular asosida mantiqiy sxemalarni tuzish


Download 86.4 Kb.
bet1/6
Sana17.06.2023
Hajmi86.4 Kb.
#1534404
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-lab


1- laboratoriya ishi

Mavzu: Kombinatsion elementlarni о‘rganish va ular asosida mantiqiy sxemalarni tuzish


Ishning maqsadi. Kombinatsion elementlarning turlari bilan tanishish. Berilgan funksiya bо‘yicha mantiqiy sxemani amalga oshiruvchi kombinatsion elementlarini qurish va ularni tadqiqoti.
Kerakli komponentlar: Microsoft Windows 3.1 yoki undan keyingi versiyali operatsion tizimi mavjud kompyuter, Electronics Workbench amaliy dasturiy paketi.
Nazariy qism
Kompyuterning barcha qurilmalari oddiy mantiqiy sxemalardan tashkil topgandir. Bu sxemalarning ishlash tamoyili mantiqiy algebraning qonun va qoidalariga asoslangan, u ikki tushunchani ishlatadi: chin va yolg‘on. Bu ikki tushunchaga mos ravishda ularni mantiqiy ikkilik о‘zgaruvchilar deb ataladi va chin bо‘lgan holda 1 bilan belgilanadi hamda yolg‘on bо‘lgan holda esa 0 bilan belgilanadi.
Mantiqiy о‘zgaruvchilarning о‘rtasidagi aloqani formallashtirish va о‘zgartirishlarni mantiqiy algebra (Bul algebrasi deb nomlanuvchi) qonunlarini qо‘llash orqali amalga oshiriladi.
Ikkita A va V mantiqiy о‘zgaruvchi , 0 va 1 qiymatni qabul qiluvchi, mantiqiy funksiyani tashkil qilishi mumkun. Mantiqiy algebrada har qanday funksiyani moslik jadval kо‘rinishida ifodalash qulay, unda kirish mantiqiy о‘zgaruvchilarni va chiqish mantiqiy funksiyalarning barchasi bо‘lishi mumkun bо‘lgan kombinatsiyalarini kо‘rsatiladi hamda uni chinlik jadvali deb ataladi.
Komponentalar bilan operatsiyalar uchun Electronics Workbench ning umumiy maydonida ikkita hudud ajratilgan: komponentalarning paneli va komponentalarning maydoni:


Electronics Workbench da sxemalarni loyihalashtirishda komponentlar panelining elementlari ishlatilgan:
Sources: Ground – yer
Basic: Clock – takt impulslar generatori tо‘g‘ri tо‘rtburchakli impulslar ketmaketligini hosil qiladi
Pull-up resistor – о‘zgarmas kuchlanish ma’nbai
Switch – о‘chirib yoqish

Download 86.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling