Mavzu: Kombinatsion elementlarni о‘rganish va ular asosida mantiqiy sxemalarni tuzish


Download 86.4 Kb.
bet3/6
Sana17.06.2023
Hajmi86.4 Kb.
#1534404
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-lab

Mantiqiy о‘zgartiruvchi


U sxemada turli funksional о‘zgartirishlarni bajarish uchun mо‘ljallangan.
Uning yordamida quyidagi operatsiyalarni bajarish mumkun:

  1. tadqiqot olib borilayotgan sxemaning chinlik jadvalini olish;

  2. chinlik jadvalini mantiqiy ifodalarga о‘zgartirish;

v) mantiqiy ifodani chinlik jadvaliga о‘zgartirish;
g) berilgan mantiqiy ifoda bо‘yicha mantiqiy sxemani yaratish;
d) berilgan mantiqiy ifoda bо‘yicha VA-YО‘Q elementlardagi mantiqiy sxemani sintezlash. Ekranga mantiqiy о‘zgartirgichning kichraytirilgan tasviri chiqariladi.

Sxemani chinlik jadvalini olish.
Sxemani chinlik jadvalini olish uchun mantiqiy о‘zgartiruvchining kirishlarini
(A, V, S, D, YE, F, G, N) tadqiqoti olib borilayotgan sxemaning kirishlariga
(sakkistadan kо‘p bо‘lmasin) ulash kerak, mantiqiy о‘zgartiruvchining chiqishini (OUT) sxema chiqishi bilan ulansin. Mantiqiy о‘zgartiruvchi ekranining chap tomonidagi tugma bosilgach chinlik jadval paydo bо‘ladi, u jadval tadqiqot qilinayotgan sxemani ishlashini bayon qiladi.
Chinlik jadvalini kritish va о‘zgartirish.
Chinlik jadvalini yaratish uchun asbobning chapki tepa qismida A dan N gachan о‘zgaruvchilar sonini tanlash kerak (tegishli harfga sichqonchani chapki tugmasi bilan bosish kerak). Ekranning chap tarafi butunlay no’l va birlarning kombinatsiyasi bilan tо‘ladi, ular boshlong‘ich kirish shartlarini aniqlaydilar. Ozgina о‘ngda chiqish qiymatlari ustun shaklida joylashgan OUT (kirishga javoban), dastlab no’llar bilan tо‘ldirilgan. Jadvalning о‘ng ustunidagi no’llarni birga о‘zgartirib yoki X (farqsiz holat), hoxishiy boshlong‘ich shart uchun chiqish holatini bayon qilish mumkun. Tugmaga bosilgach asbob tasvirining pastki qatorida mantiqiy ifoda paydo bо‘ladi.
Bul algebra ifodalarini soddalashtirish.
Agarda chinlik jadvali kо‘p sonli о‘zgaruvchilardan tashkil topgan bо‘lsa, u holda funksiyaning mantiqiy ifodasi katta kо‘rinishga ega bо‘ladi. Uni ixcham kо‘rinishga keltirish uchun tugmani bosish kerak bо‘ladi.
Mantiqiy ifodani kiritish va о‘zgartirish.
Mantiqiy ifoda kо‘rinishida berilgan funksiyani chinlik jadvalini olish uchun quyidagilarni bajarish kerak:

  1. о‘zgartiruvchi qatoriga klaviatura yordamida mantiqiy ifoda kiritiladi;

  2. tugma bosiladi.

Ifodani kiritishda inkor belgisini apostrof bilan belgilanadi, mantiqiy qо‘shish esa + belgisi bilan belgilanadi. Mantiqiy kо‘paytirish belgilanmaydi.
Sxemani mantiqiy ifoda bо‘yicha sintezlash.
Berilgan mantiqiy ifodani joriy etuvchi sxemani mantiqiy о‘zgartiruvchi yordamida hosil qilish mumkun. Buning uchun о‘zgartiruvchining pastki qatoriga mantiqiy ifodani kiritish va tugmani bosish kerak.
Bu tugmani bosilgandan sо‘ng Electronics Workbench ning ishchi maydonida mantiqiy ifodaga ekvivalent bо‘lgan sxema paydo bо‘ladi. Sxemaning barcha elementlari qizil rang bilan ajratiladi. Agarda sxemani qurishda faqat VA-YО‘Q elementi ishlatilishi talab qilinsa, u holda tugmadan foydalanish kerak bо‘ladi.

Download 86.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling