Mavzu: Kombinatsion jamlovchi qurilmani loyixalashtirish va ish tartibini o’rganish Bajaruvchi: Tirkashev. Sh Tekshiruvchi: Indiaminov. R samarqand-2022 Mavzu


Download 0.91 Mb.
bet1/3
Sana08.01.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1084471
  1   2   3
Bog'liq
laboratoriya 5 Tirkashev.sh Raqamli





O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI
TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI VA KASB TA’LIMI” FAKULTETI
"Raqamli qurilmalarni loyihalashga kirish" fanidan
Laboratoriya ishi 5.
Mavzu: Kombinatsion jamlovchi qurilmani loyixalashtirish va ish tartibini o’rganish
Bajaruvchi: Tirkashev.Sh
Tekshiruvchi: Indiaminov.R
Samarqand-2022


Mavzu: Kombinatsion jamlovchi qurilmani loyixalashtirish va ish
tartibini o’rganish
Ishdan maqsad: To‘liq qo‘shuvchi (jamlovchi) mantiqiy elementlarni tashkil etilishi va ularning ishlash prinsipini o’rganish.

Nazariy qism:


Ikki son xonalarini jamlash amalini bajaruvchi EHM uzeli to‘liq qo‘shuvchi mantiqiy element(summator) deb ataladi.
To‘liq qo‘shuvchi mantiqiy element(summator)larni quyidagi belgilari bo‘yicha klassifikatsiyalash mumkin:

  1. Bir xonali sonlarni jamlash usuli bo‘yicha kombinatsion va to‘plovchi To‘liq qo‘shuvchi mantiqiy element(summator)lar.

  2. Bir xonali sonlarni jamlash sxemasidagi kirish yo‘llari soni bo‘yicha: ikki kirish yo‘lli bir xonali (yarim to‘liq qo‘shuvchi mantiqiy element(summator)lar) va uch kirish yo‘lli bir xonali to‘liq qo‘shuvchi mantiqiy element(summator)lar.

  3. Ko‘p xonali sonlarni jamlash usuli bo‘yicha: ketma-ket va parallel to‘liq qo‘shuvchi mantiqiy element(summator)lar.

  4. Sanoq sistemasining asosi va qabul qilingan kodlash usuli bo‘yicha: ikkilik, uchlik, o‘nlik va ikkilik-o‘nlik to‘liq qo‘shuvchi mantiqiy element(summator)lar.

  5. Ko‘chirish zanjirini tashkil qilish usuli bo‘yicha: ketma-ket, boshdan-oyoq, bir vaqtda, guruhli, shartli ko‘chirishli va ko‘chirish qiymati signalini xotirada saqlovchi to‘liq qo‘shuvchi mantiqiy element(summator)lar.

Biz yuqorida sanab o‘tgan to‘liq qo‘shuvchi mantiqiy element (summator)larning har biri o‘zining yutuq va kamchiliklariga ega.
To‘liq qo‘shuvchi mantiqiy element(summator)larni to‘la tahlil etish uchun ularning har birini alohida ko‘rib chiqamiz. Bugungi mashg‘ulotda biz ko‘p xonali sonlarni jamlash usuli bo‘yicha qo‘llaniladigan ketma-ket va parallel to‘liq qo‘shuvchi mantiqiy element(summator)larning ishlash prinsiplari hamda ularning sxemalari bilan tanishib chiqamiz.
Umuman olganda, har qanday to‘liq qo‘shuvchi mantiqiy element(summator)ning ishlash prinsipini tushunish uchun pozitsion sanoq sistemalarda qo‘shish amalini bajarish qonuniyatlari bilan tanishib chiqish maqsadga muvoffiqdir.


Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling