Mavzu: kombinatsion raqamli qurilmalar


Kombinatsion sxemalarni sintez qilish uslubi


Download 368.07 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana08.08.2023
Hajmi368.07 Kb.
#1665890
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
7-Мавзу

Kombinatsion sxemalarni sintez qilish uslubi 
Funksional tugun va bloklar sodda mantiqiy amallarni bajaradigan elektron 
sxemalarda tuziladi. Bu sxemalar negiz mantiqiy elementlar deb ataladi. Raqamli 
sxemalarda turli mantiqiy funksiyalarni amalga oshirish uchun minimal element 
bazis (yoki baza) deb ataluvchi mantiqiy elementlar majmuasiga ega bo‘lish etarli 
qisoblanadi. 
Minimal element bazislar: 
- biri HAM, ikkinchisi esa, EMAS amalini bajaruvchi ikki turdagi 
mantiqiy elementlar majmui; 
- biri YOKI, ikkinchisi esa, EMAS amalini bajaruvchi ikki turdagi 
mantiqiy elementlar majmui; 
- YOKI-EMAS (EMAS-YOKI) amalini bajaruvchi Pirs mantiqiy 
elementlari majmui; 
- HAM-EMAS amalini bajaruvchi Sheffer mantiqiy elementlari 
majmui. 
Amalda elementlar va boshqalar nomenklaturasini qisqartirish 
maqsadida HAM-EMAS yoki YOKI-EMAS amallarni bajaruvchi element 
bazasidan foydalaniladi. Lekin, faqat minimal bazis elementlaridan foydalangan 
qolda raqamli tizimni shakllantirish qurilmaning murakkablashib ketishiga olib 
keladi. 
U qolda tizim parametrlarini yahshilash maqsadida, HAM-EMAS yoki 
YOKI-EMAS minimal bazis elementlaridan tashqari, HAM-YOKI- EMAS, 
HAM, YOKI, istisnoli YOKI va boshqa amallarni bajaruvchi sxemalar ham 
qodlaniladi. 
Minimal element bazisi mantiqiy elementlarning funrsional to‘liq tizimi 
qisoblanadi. Ya’ni, minimal bazis mantiqiy elementlari majmui ixtiyoriy 
murakkablikdagi mantiqiy sxemani shakllantirishga imkon beradi. 


Misol tariqasida, YOKI-EMAS elementi yordamida (3.1-rasm) va faqat 
HAM-EMAS elementlari yordamida (3.2-rasm) HAM, YOKI va EMAS amallari 
qanday bajarilishini ko‘rib chiqamiz. 
Murakkab mantiqiy qurilmalar sintezini boshlashdan avval, quyidagi 
amallar ketma-ketligini bajarish zarur: 
- mazkur tugun (blok) bajarishi kerak bo‘lgan berilgan murakkab 
mantiqiy funksiyani minimallash; 
- element baza tanlash; 
- minimallashgan mantiqiy funksiyani tanlangan bazaga ko‘ra 
o‘zgartirish; 
- elektr sxemani sintezlash. 
O‘zgaruvchi kattaliklar orasidagi u=f(x) bog‘liqlik yoki funksiya turli 
shaklda ifodalanishi mumkin. 
1-rasm. 2YOKI-EMAS elementi asosida HAM (a), YOKI (b) va 
EMAS (c) mantiqiy amallarini shakllaniishi. 


2-rasm. 2HAM-EMAS elementi asosida HAM (a), YOKI (b) va 
EMAS (c) mantiqiy amallarini shakllaniishi. 
Raqamli qurilmalarning ishlash algoritmi matematik mantiq yordamida 
ifodalanadi. Shu sababli qurilmalar mantiqiy qurilmalar sinfiga taa’lluqli. 
Mantiqiy qurilmalarda chiqishdagi o‘zgaruvchilar (funksiya) u ning kirishdagi 
o‘zgaruvchilar majmuasi X

Download 368.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling