6-mavzu: Muqimiy lirikasi
1-topshiriq. Muqimiyning lirik merosiga baho berish.
Shoirning an’anaviy she’rlarini tahlil qiling.
Muqimiy «sayohatnoma»lariga xos xususiyatlarni aniqlang.
2-topshiriq. Muqimiyning hajviy she’rlarini tahlil qilish.
2.1. Shoir hajviyotiga xos bo’lgan belgilarni aniqlang.
2.2. Muqimiy yumorlarida ko’tarilgan masalalarga baho bering.
Ushbu topshiriqlar savollariga quyidagi adabiyotlardan javob topasiz:
Muqimiy. Asarlar. Toshkent, 1974 yil.
G’. Karimov. Muqimiy hayoti va ijodi. Toshkent, 1976 yil.
A.Abdug’afurov. Muqimiy satirasi. Toshkent, 1976 yil.
S.Ahmedov. O’zbek adabiyotida «Sayohatnoma». Toshkent, 1986 yil.
7-mavzu: Furqat lirikasi
1-topshiriq. Furqatning lirik merosiga baho berish.
Shoirning an’anaviy yo’nalishdagi she’rlarini tahlil qiling.
Furqatning yangicha ma’rifatparvarlik mavzusidagi g’azal va manzumalarini sharhlang.
2-topshiriq. Furqat dostonlarini tahlil qilish.
2.1. «Suvorov haqida» dostonining yozilish sabablariga izoh bering.
2.2. «Yunon mulkida bir afsona» va «Bir mojaro» dostonlarida ko’tarilgan masalalarga baho bering.
Ushbu topshiriqlar savollariga quyidagi adabiyotlardan javob topasiz:
Furqat. Tanlangan asarlar. Ikki tomlik. Toshkent, 1959 yil.
Zokirjon Furqat. Asarlar majmuasi. Ikki jildlik. Toshkent, 1991 yil.
A.Abdug’afurov. Furqat. Toshkent, 1977 yil.
Sh.Yusupov. Furqat va Xudoyorxon. Toshkent, 1995 yil.
G’.Karimov. O’zbek adabiyoti tarixi. Toshkent, 1975 yil.
B.Qosimov va boshq. Milliy uyg’onish davri o’zbek adabiyoti tarixi. Toshkent, 2004 yil.
Do'stlaringiz bilan baham: |