Kerakli adabiyotlar:
Sidqiy Xondayliqiy. Tanlangan asarlar. Toshkent, 1998.
Sidqiy Xondayliqiy. Navbahor. Toshkent, 1994.
A. Jalolov. Inqilobiy davr o’zbek adabiyoti va Shavkat ijodi. Toshkent, 1987.
B.Qosimov va boshq. Milliy uyg’onish davri o’zbek adabiyoti tarixi. Toshkent, 2004.
8-seminar mashg’uloti mavzusi: Avaz O’tar o’g’li lirikasi
Darsning maqsadi: Avaz O’tar o’g’lining lirik merosi, she’riyatining g’oyaviy-tematik doirasi haqida tushunchalar hosil qilish.
Identiv o’quv maqsadlari:
Avaz O’tar o’g’lining an’anaviy yo’nalishdagi she’rlarini tahlil qiladi.
Shoirning hajviy she’rlariga baho beradi.
Kerakli jihozlar: Avaz O’tar o’g’lining nashr qilingan kitoblari, shoir ijodi xususidagi ilmiy-ma’rifiy manbalar.
Ishni bajarish tartibi:
1. Shoirning tarjimai holi haqida ma’lumot bering. 2. Avaz O’tar o’g’li va Xorazm adabiy muhiti masalalari to’g’risida gapiring. 3. Shoirning «Xush keldingiz», «Oqibat», «Ne ajab» kabi lirik she’rlarini sharhlang. 4. Shoirning qit’alarini tahlil qiling. 5. Avaz O’tar o’g’lining «Faloniy» turkumidagi she’rlariga baho bering. Kerakli adabiyotlar:
Yu. Yunusov. Avaz. Toshkent, 1954.
V. Mirzaev. Avaz O’tar o’g’li. Toshkent, 1961.
G’. Karimov. O’zbek adabiyoti tarixi. Toshkent, 1987.
O’zbek adabiyoti tarixi. 5 tomlik. 5-tom. Toshkent, 1980.
B.Qosimov va boshq. Milliy uyg’onish davri o’zbek adabiyoti tarixi. Toshkent, 2004.
MUSTAQIL ISh TOPShIRIQLARI
1-mavzu: Bayoniy lirikasi
1-topshiriq. Bayoniyning lirik merosiga baho berish.
Nima uchun shoir she’riyati 3 bosqichga bo’lib o’rganilishiga izoh bering.
Bayoniy lirikasining birinchi, ikkinchi va uchinchi bosqichlari o’zaro qanday xususiyatlari bilan farqlanishini aniqlang.
2-topshiriq. Bayoniyning tarjimalari va tarixiy asarlarini tahlil qilish.
2.1. Bayoniyning tarixnavislik faoliyati haqida nimalar bilasiz? Izoh bering.
2.2. «Shajarayi Xorazmshohiy» asarida O’rta Osiyoning Rossiya tomonidan bosib olinishi haqida ma’lumotlarni tahlil qiling.
2.3. Bayoniyning tarjimonlik faoliyatini baholang.
Do'stlaringiz bilan baham: |