Ishni bajarish tartibi:
Jadid va jadidchilik tushunchalarinng mahiyati haqida ma’lumot bering.
Jadidchilik harakatining shakllanishi sabablarini tahlil qiling.
Ismoilbek Gaspiralining tarjimai holi to’g’risida gapiring.
Tatarlar va kavkaz turklari o’rtasida jadidchilikning tarqalishi va taraqqiyotiga tavsif bering.
Jadidchilik harakatining adabiyotga bo’lgan ta’siri masalalarini izohlang.
Kerakli adabiyotlar:
B. Qosimov. Jadidchilik. Milliy uyg’onish (to’plam). T., 1993
B. Qosimov. Ismoilbek Gaspirali. T., 1992
Jadidchilik: islohot, yangilanish, mustaqillik va taraqqiyot uchun kurash. T., 1999
B. Qosimov. Milliy uyg’onish. T., 2002
B.Qosimov va boshq. Milliy uyg’onish davri o’zbek adabiyoti tarixi. Toshkent, 2004.
4-seminar mashg’uloti mavzusi: Turkistonda jadidchilik harakati
Darsning maqsadi: Turkistonda jadidchilik harakatining shakllanishi tarixi va rivojlanish bosqichlari to’g’risida tushunchalar hosil qilish.
Identiv o’quv maqsadlari:
Turkistonda jadidchilikning ma’rifiy-islohotlar davri xususida ma’lumot beradi.
Jadidchilikning ijtimoiy-siyosiy va mafkuraviy kurashlar davriga baho beradi.
Kerakli jihozlar: Turkistondagi jadidchilik harakati va jadid adabiyoti to’g’risidagi ilmiy-ma’rifiy manbalar.
Ishni bajarish tartibi:
Turkistonda jadidchilik harakatining shakllanish tarixi haqida ma’lumot bering.
Turkistonda jadidchilik harakatining taraqqiyot bosqichlarini tahlil qiling.
Jadidlarning milliy matbuot yuzaga kelishidagi xizmatlariga baho bering.
Jadidchilik davri adabiyotining o’ziga xos xususiyatlarini aniqlang.
Yangi milliy teatrlarning vujudga kelishi omillarini izohlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |