Mavzu Kommunikatsion kanalning o‘tkazish qobiliyati, signallarni modulyasiya va demodulyasiyasi, modemlar va ularni sozlash parametrlari


Download 0.92 Mb.
Sana13.05.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1455482
Bog'liq
Mavzu 2 (2)


Mavzu 2. Kommunikatsion kanalning o‘tkazish qobiliyati, signallarni modulyasiya va demodulyasiyasi, modemlar va ularni sozlash parametrlari

Reja


  1. Kanalning o’tkazish qobiliyati.

  2. Signallarni modulyasiya va demodulyasiyasi.

  3. Modemlar.

Kanalning o’tkazish qobiliyati.
Ma`lumotlarni uzatish uchun monokanaldan (monochannel — bir vaqtning o’zida bir nechta abonentlar ishlatadigan aloqa kanali, masalan, shinali va ilmoqli topologiyali tarmoqlarda) foydalanadigan lokal hisoblash tarmoqlari uchun mijozlarning bu kanalga murojaat qilish masalasi juda dolzarb hisoblanadi. Murojaat qilishning samarali bo’lishi uchun maxsus mexanizm — murojaat qilish usullari lozim.
Vaqt bo’yicha ajratishga asoslangan murojaat qilish usullarining bir necha guruhlari mavjuddir:

  • markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan;

  • determinirlangan va tasodifiy.

  • Markazlashtirilgan murojaat qilish tarmoqni boshqarish markazidan, masalan, serverdan boshqariladi.

  • Markazlashtirilmagan murojaat qilish tarmoqning barcha ishchi stansiyalari tomonidan bajarishga qabul qilingan bayonnomalar asosida markaz tomonidan biror-bir boshqaruvchi ta’sirlarsiz ishlaydi.

  • Determinirlangan murojaat qilish monokanalning eng to`liq ishlatilishini ta’minlaydi va har bir ishchi stansiyaga aniq bir vaqt ichida monokanalga murojaat qilishga kafolat beradigan bayonnomalar bilan tasvirlab chiqiladi.

  • Tasodifiy murojaat qilishda stansiyalarning monokanalga murojaat qilishi istalgan vaqtda bajarilishi mumkin, lekin har bir shunday murojaat qilishda ma’lumotlarni samarali uzatishni amalga oshirish imkoniyatiga kafolat yo’qdir.



Modulyatsiya bu signalning biror parametrini aloqa kanalida (modulyatsiya qilinadigan signalni) uzatilayotgan ma’lumotlarning joriy qiymatlariga mos ravishda (modulyatsiya qiladigan signalni) o`zgartirishdir.




Demodulyatsiya bu modulyatsiya qilingan signalni (balki aloqa kanalidan o`tish paytida halaqitlar bilan buzilgan signalni) modulyatsiya qiladigan signalga teskari o`zgartirishdir.



Zamonaviy modemlarda modulyatsiyaning 3 ta turi ishlatiladi:


Chastotali modulyatsiya
Chastotali modulyatsiyada modulyatsiya qilinadigan signalning (uzatilayotgan ma’lumotlarning) joriy qiymatlariga mos ravishda fizik signalning (odatda sinusoidali) chastotasi o`zgaradi, bunda uning amplitudasi o`zgarmaydi. Eng sodda holda ma’lumotlar bitining 1 va 0 qiymatlariga, ma’lumotlarni uzatishning birinchi bayonnomalari V.21 da qabul qilingani kabi, chastotaning ikkita qiymati mos keladi, masalan, 980 Gs va 1180 Gs. Chastotali modulyatsiya holaqitlarga juda turg`undir, uzatishda signalning faqat amplitudasi buziladi.


Fazali modulyatsiya
Fazali modulyatsiyada modulyatsiya qilinadigan kattalik bo`lib signal fazasi hisoblanadi, bunda uning chastotasi va amplitudasi o`zgarmaydi; faza—modulyatsiya qilingan signalning halaqitlarga chidamliligi ham yuqoridir.
Kvadraturali amplitudali
Signalning sof amplitudali modulyatsiyasida uning halaqitlardan himoyalanganligi juda pastdir, shuning uchun halaqitlarga chidamliroq, lekin yanada murakkammalroq kvadraturali amplitudali modulyatsiya qo`llaniladi. Bunda uzatilayotgan ma’lumotlar taktida bir vaqtning o`zida signalning ham fazasi, ham amplitudasi o`zgaradi.

Modem va uning turlari

3-rasm.



Modem va uning turlari






Ichki modem




Ichki modem qurilma ichki platasining razyomiga qo`yiladigan plata ko`rinishga ega. Masalan, kompyuter tizimi platasi ISA interfeysining slotiga va telefonli aloqa liniyasiga ulash uchun RJ—11 tipidagi yevrorazyomga ham ega.



4-rasm.


Tashqi modem




Tashqi modem — bu odatda katta bo`lmagan quticha ko`rinishdagi mustaqil konstruksya bo`lib, u manba bloki, apparaturaga (kompyuterni ketma-ket portiga - RS—232) va telefon kanaliga (RJ-11 razyomi) ulash uchun razyomlar va indikatorli panel bilan jihozlangan. Indikatorlar modemning ish rejimlari to`g`risida ma’lumot beradi. Masalan, indikatorlar quyidagilarni ko`rsatadi:



5-rasm.


Konnekt modem

Konnekt modem – bu tashqi modem xususiyatiga o’xshash bo’lib, uyali telefon aloqasi kompaniyalari tomonidan xizmat ko’rsatuvchi maxsus qurilmadir.
Qurilma kompyuter USB portiga ulanib, drayverlari orqali o’rnatiladi.






Telefonli aloqa kanalari bo`yicha ma’lumotlarni uzatish bayonnomalari






Faks—modemlar yoki modemlarining tavsiflari



Axborotni uzatish vaqtining uning sig`imga va ma’lumotlarni uzatish tezligiga bog`liqligi

Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling