Mavzu: Kommutatorda port xavfsizligini sozlash
Download 7.62 Kb. Pdf ko'rish
|
akna3 q2d5t-compress1 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazariy qism
2-laboratoriya ishi Mavzu:Kommutatorda port xavfsizligini sozlash. Ishdan maqsad:Komutatsiya jadvallari to’ldirishiga yo’naltirilgan hujumlardan, tarmoqni himoya qilish imkonini beruvchi kommutatorning port security funksiyasini sozlash bo’yicha amaliy ko’nikmalarga ega bo’lish. Nazariy qism:Port-security funksiyasi kommutatorning biror bir porti orqali tarmoqqa faqat ko`rsatilgan qurilmalar kirishini sozlashga imkon beradi. Ushbu portga kirishga ruxsat berilgan qurilmalar MAC-manzillar bo`yicha aniqlanadi. MACmanzillar dinamik yoki tarmoq administrator tomonidan qo`lda sozlanishi mumkin. MAC-manzillarga cheklov kiritishning ikkita usuli mavjud: 1. Statik – administrator qaysi manzillar kirishini ko`rsatadi . 2. Dinamik – administrator nechta manzil kirishini ko`rsatadi va kommutator qaysi manzillar shu vaqtda ko`rsatilgan port orqali murojat qilayotganini eslab qoladi . Ishlatilmayotgan portlarni o`chirish – bu ko`pchilik administratorlar foydalanadigan, tarmoqni ruxsatsiz kirishdan himoya qilishda oddiy usullardan biri. Masalan, agar Catalyst 2960 kommutatori 24 portga ega va unda 3 ta FastEthernet portlari ishlatilayotgan bo`lsa, qolgan 21 ta ishlatilmayotgan portlarni o`chirib qo`yish tavsiya etiladi. Buni amalga oshirish uchun har bir ishlatilmayotgan portga alohida kiritiladi va o`chirib qo`yish buyrug`i beriladi: Cisco IOSda shutdown Sw1(config)#interface range fastEthernet 0/5-24 Sw1(config-if-range)#shutdown Agar keyinchalik portlarni yana ishga tushurish kerak bo`lsa, no shutdown buyrug`idan foydalaniladi: Sw1(config)#interface range fastEthernet 0/5-24 Sw1(config-if-range)#no shutdown. Download 7.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling