Mavzu: Kompaniya raqobat mavqeining kuchli va zaif jihatlari Reja: Strategik guruhlar kartasi
Muvaffaqiyatning kalit omillari. Tarmoqdagi vaziyatni umumiy baholash
Download 34.51 Kb.
|
strategik boshqaruv mustaqil ish 24
Muvaffaqiyatning kalit omillari. Tarmoqdagi vaziyatni umumiy baholash
Beshinchi raqobatchi kuch tovarning o’rnini bosuvchi mahsulotlarning paydo bo’lish xavfidir. Tovarning o’rnini to’liq bosa oladigan mahsulotlarning mavjudlgi jiddiy xavf tug’diradi va kompaniyaning narxlarini xamda daromadlarini cheklab qo’yadi. Ammo, agar kompaniya mahsulotlarining o’rnini bosa oladigan tovarlar kam bo’lsa, kompaniya narxlarni oshirishi va qo’shimcha daromad olishi mumkin. Kompaniyaning strategiyasi bu faktdan foydalana olishi lozim. Tarmoqdagi raqobat darajasiga ko’ra kuyidagilarga bo’lanadi5: 1. SHavqatsiz raqobat 2. Intensiv raqobat 3, Meyordagi raqobat 4. Jalb qiluvchi zaif raqobat Bozorga yangi kirib kelgan Korxona yangi ishlab chiqarish quvvatiga ega bo’lishi , ayrim xollarda kattagina resurslarga ega bo’lishi mumkin. Bunday Korxonalarbozorda o’z o’rnini topib egallash uchun kurashadi. Bozorda yangi raqobatchining paydo bo’lishi quyidagi omillarga bog’liq: Bozorga kirish yo’lidagi to’siqlar: Bozorda ishlayotgan kompaniyalarning reaktsiyasi: Bozorga kirish yo’lidagi to’siqlar quyidagicha bo’ladi: Ishlab chiqarish miqiyosining tejamkorligi (bunday ustunlik bozorda ishlayotgan katta xajmga ega bo’lgan kompaniyalarda bo’ladi. Yangi Korxona esa bozorga birdaniga katta xajm bilan chiqolmaydi.) Texnologiya va NOU XAU ga erishishning imkoniyati yo’qligi: «O’qitish/Tajriba» egri chizigining samarasi: Xaridorlarning ma’lum markalariga moyilligi: Korxona xajmlariga bog’liq bo’lmagan xarajatlarning teng emasligi: Sotish kanallariga kira olish: Nazorat qiluvchi organlarning xarakatlari . (litsenziya, ruxsatnomalar) Tariflar va tarifdan tashqari cheklashlar (dempingga qarshi qonunchilik, maxalliy Korxonalarning majburiy qatnashishlari) Xulosa qilib aytganda, Kompaniyaning raqobatga bardoshliligini aniqlash uchun qiymatlar zanjiridan foydalanish yetarli emas. Kompaniyaning raqobatchilik kuchi va pozitsiyasi chuqurroq tahlil qilinishi lozim. Buning uchun quyidagilar aniqlanadi6: xozirgi vaqtda kompaniya o’zining raqobat pozitsiyasini qanchalik qattiq ushlab turibdi; amaldagi strategiya saqlanib qolsa kompaniya raqobat pozitsiyasining mustaxkamlanish va zaiflashish istiqboli qanday; asosiy raqiblar ichida kompaniya qanday o’ringa ega; xozirgi vaqtda kompaniya asosiy raqiblardan ustunmi yoki orqadami; tarmoqning xarakatlantiruvchi kuchlari, raqobat bosimlari, raqobatchilarning kutilayotgan qadamlaridan kelib chiqib kompaniya o’zining pozitsiyasini ximoya qila oladimi; Bu savollarga javob topish uchun quyidagilarni bajarish lozim: 1‑qadam ‑ tarmoqdagi muvaffaqiyatning kalit omillari ro’yxati to’ziladi; 2‑qadam ‑ xar bir ko’rsatkich bo’yicha kompaniya va uning raqiblariga baho beriladi; 3‑qadam ‑ raqiblarning kuchli tomonlariga berilgan baho umumlashtiriladi; 4‑ qadam ‑ raqiblarning raqobatda ustunlik yoki zaif jixatlari xaqida xulosa chiqariladi; Download 34.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling