Mavzu kompleks ishlab chiqarishda xarajatlarni taqsimlash


Download 52.18 Kb.
bet1/3
Sana21.04.2023
Hajmi52.18 Kb.
#1374369
  1   2   3
Bog'liq
Kompleks xarajat


MAVZU KOMPLEKS ISHLAB CHIQARISHDA XARAJATLARNI TAQSIMLASH


Amaliy topshiriqlar
1. Korxonada 3 ta birgalikda ishlab chiqariladigan mahsulot ishlab chiqariladi. Hisobot oyida ishlab chiqarish faoliyati boʻyicha quyidagi koʻrsatkichlar mavjud:

  • Kompleks ishlab chiqarish xarajatlari - 60 000 ming soʻm;

  • Ishlab chiqarishdan 3 turdagi mahsulot ajratib olindi:

- X mahsulot 5000 birlik – bir birligining sotish bahosi – 7500 soʻm;
- U mahsulot 2000 birlik – bir birligining sotish bahosi – 2500 soʻm;
- Z mahsulot 5000 birlik - bir birligining sotish bahosi – 3380 soʻm.
Talab qilinadi: Korxonada amalga oshirilgan kompleks xarajatlarni olingan mahsulot turlari boʻyicha taqsimlang va mahsulotlarni sotishdan moliyaviy natijani aniqlang.

2. Korxonada 3 ta birgalikda ishlab chiqariladigan mahsulot ishlab chiqariladi. Hisobot oyida ishlab chiqarish faoliyati boʻyicha quyidagi koʻrsatkichlar mavjud:



  • Kompleks ishlab chiqarish xarajatlari - 60 000 ming soʻm;

  • Ishlab chiqarishdan 3 turdagi mahsulot ajratib olindi:

- X mahsulot 3500 birlik – bir birligining sotish bahosi – 9000 soʻm;
- U mahsulot 2500 birlik – bir birligining sotish bahosi – 30000 soʻm;
- Z mahsulot 3000 birlik - bir birligining sotish bahosi – 4000 soʻm.

  • Mahsulot ajratib olingandan soʻng, ularga ishlov berish bilan bogʻliq quyidagi xarajatlar amalga oshirildi:

- X mahsulotga keyingi ishlov berish xarajatlari – 8000 ming soʻm;
- U mahsulotga keyingi ishlov berish xarajatlari – 10 000 ming soʻm;
- Z mahsulotga keyingi ishlov berish xarajatlari – 2000 ming soʻm;
Talab qilinadi: Korxonada amalga oshirilgan kompleks xarajatlarni olingan mahsulot turlari boʻyicha taqsimlang va mahsulotlarni sotishdan moliyaviy natijani aniqlang.

3. Tannarxi 200 000 soʻm boʻlgan A, V va S mahsulotlar birgalikda ishlab chiqariladi.


Mahsulot chiqishi quyidagicha
A mahsulot 6 000 l; V mahsulot 10 000 l; S mahsulot 20 000 l.
Jarayon yakunlangandan keyin har bir mahsulot quyidagi baholarda realizatsiya qilinishi mumkin:
A mahsulot 10 soʻm/l
V mahsulot 4 soʻm/l
S mahsulot 10 soʻm/l
Agar har bir mahsulotdan sifati yaxshiroq boshqa mahsulotlar olish maqsadida ishlov berilsa, koʻrsatkilar quyidagicha koʻrinish oladi:




Keyingi ishlov berish xarajatlari

Yakuniy jarayondan keyingi realizatsiya bahosi

Yaxshilangan A mahsulot

14 soʻm/l

20 soʻm/l

Yaxshilangan V mahsulot

2 soʻm/l

8 soʻm/l

Yaxshilangan S mahsulot

6 soʻm/l

16 soʻm/l


Download 52.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling