MAVZU: Kompozitsion materiallar holati, tuzilishi va xom ashyosi. - MAVZU: Kompozitsion materiallar holati, tuzilishi va xom ashyosi.
- RЕJA:
- 1. Kompozitsion materiallarni asosiy sinflari
- 2. Tolali to‘ldiruvchilar.
- 3.Kompozitsion materiallar turlari va ularning klassifikatsiyasi
Kompozitsion materiallar quyidagi asosiy belgilar bo’yicha sinflarga bo’linadi:
2.komponentlar geometriyasi bo’yicha;
3.komponentlar tuzilishi va joylashuvi bo’yicha;
4.olish usuli bo’yicha.
1.Matritsa va armirlovchi unsurlar materiali bo’yicha;
Kompozitsion materiallarni asosiy sinflari
Kompozitsion materialning bir butunligini ta’minlovchi komponent tashkil etuvchiga bog‘lovchi komponent (matritsa, interfeys) deb ataladi.
Boshqa komponentlar (armirovka, mustahkamlashtirish, tо‘ldiruvchi va hokazo) ning shu matritsada joylashishi ma’lum geometrik qonuniyatga bо‘ysinishi yoki bо‘ysinmasligi ham mumkin. Matritsa qо‘shimchalar orasida maxsus yupqa qatlam bо‘lib, u ajralish yuzasini belgilaydi. Kompozitsion materiallarni sinflarga ajratishda matritsa yoki armatura va qо‘shimchalarning turiga, mikrotuzilishi xususiyatlari va materialni olish usuliga ham e’tibor beriladi.
Kompozitsion materiallarning umumiy nomi, qoida bo’yicha, matritsa materialidan olinadi. Metal matritsali– metal kompozitsion materiallar, polimer matritsali – kompozitsion materiallar, noorganik matritsali – noorganik kompozitsion materiallar deb nomlanadi. Tarkibi yoki tabiati bo’yicha ikki va undan ortiq matritsa materialiga ega kompozitsion materiallar polimatritsali deyiladi.
Material matritsasi va armirlovchi unsurlari bo’yicha kompozitsion materiallar xarakteristikasi ularning tabiatini ifodalaydi. Polimer kompozitsion materiallar nomi odatda, ikki qismdan iborat bo’ladi: birinchi qismida – tola materiali nomi, ikkinchi qismida esa – “plastik” yoki “voloknit” so’zi ishlatiladi. Masalan, shisha-tolalar bilan armirlangan pkompozitsion materiallar shisha-plastik yoki shisha-voloknit, metal armirli – metal-plastik (metallovoloknit), organik armirli – organoplastik (organovoloknit), bora armirli – boroplastik (borovoloknit), ugletola armirli – ugleplastik (uglevoloknit), asbest armirli – asboplastik (asbo-voloknit) va x.k.
Kompozitlar bir xil bo'lmagan materiallar bo'lib, ular orasidagi aniq interfeysga ega bo'lgan bir nechta komponentlardan iborat
Do'stlaringiz bilan baham: |