Mavzu: Kompozitsion materiallardan quyma olish
Download 66.48 Kb.
|
Kompozitsion
Yog’och polimer kompozit
Kompozitsion materiallar hossalari- mikrostrukturasi, g‘ovakligi, mexanik mustaxkamligi. Kompozitlar mikromexanikasiga uning tarkibi va strukturasi katta ta’sir kо‘rsatadi. Kompozitlarning asosiy xususiyatlari: Anizotropiyasi. Qо‘llanilgan yо‘nalishga qarab kompozitlarning xossa xususiyatlari farqlanishi mumkin. Ba’zi vaqtlarda anizotropiya kerak bо‘ladi, ba’zida esa kompozitlarning kamchiligi deb tan olinadi (qо‘llash sohasiga kо‘ra). Kompozit materiallarning xususiyatlari nafaqat tarkibiy qismlarning fizikkimyoviy xususiyatlariga, balki ular orasidagi bog’lanishning mustahkamligiga ham bog’liq. Matritsa va mustahkamlashtiruvchi komponent o’rtasida qattiq eritmalar yoki kimyoviy birikmalar hosil bo’lsa, maksimal darajada mustaxkamlashtirishga erishish mumkin bo’ladi. Nol-o’lchovli mustaxkamlashtiruvchi komponentlar bilan kompozit tuzilganda, asosan metall matritsalar ishlatiladi. Metall kompozitlarda matritsa bo’yicha bir tekis dispersiyalangan zarralar taqsimlanishi bilan farqlanadi. Bunday kompozitsion materiallar izotrop xususiyatlarga ega. Bunday materiallarda matritsa butun yukni qabul qiladi va mustaxkamlashtiruvchi faza zarrachalari plastik deformatsiyaning rivojlanishiga to’sqinlik qiladi. Kompozitda mustaxkamlashtiruvchi faza 5 ... 10% miqdorida bo’lganda samarali mustaxkamlashtirishga erishiladi. Armirovka materillari - bu qiyin eruvchan oksidlar, nitridlar, boridlar, karbidlar zarrachalari. Dispersiyalangan qotib qolgan kompozitsion materiallar kukun metallurgiya usulida olinadi yoki mustahkamlovchi kukun zarrachalari eritilgan metall yoki qotishma eritmasiga kiritiladi. Bir o’lchamli mustaxkamlashtiruvchi komponentlar (tola, ipsimon kristallar) bilan kompozitlar tuzilganda maxsulot keskin anizotrop hususitaga ega bo’ladi. Jumladan, bor tolasi bilan mustaxkamlashtirilgan alyuminiy matritsali kompositda tola yonalishi boyicha mexanik mustaxkamlik σb = 1000-1200 MPa, tolaga qaramaqarshi yonalishda esa atigi 60-90 MPa tashkil etadi. Tolalar perpendikulyar joylashishi natijasida kompositsion materialning izotrop hossalari namoyon bo’ladi. Lekin tola yonalishida mustaxkamlik 1000 dan 350 MPa gacha keskin pasayadi. Yuqori solishtirma hajmi. Odatda kompozitlar yuqori solishtirma hajmga ega. Bu kamchilik kompozitlarni ba’zi sohalarda qо‘llanilishiga tо‘siqlar tug‘diradi. Gigroskopik hususiyatlar. Kompozitsion materiallar gigroskopik xususiyatga ega. Kompozitlarning ichki strukturasi bir tekislikda bо‘lmaganligi sababli, ular namlikga sezgir bо‘ladi. Uzoq ekspluatatsiya vaqtida va kо‘p marotaba muzlash-erish haroratlarida ishlaydigan kompozitlarda suv material strukturasiga kirib, uni buzilishiga olib kelishi mumkin. Toksik hususiyatlar. Ekspluatatsiya vaqtida kompozitlar toksik gaz va bug‘lar hosil qilishi mumkin. Kompozitlarning zichligi uning massasi va hajmiga bog‘liqdir. Kompozitning massasi uning tarkibiy komponentlari (masalan, tola va matritsa) massasining summasiga teng . Download 66.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling