Mavzu: Kompozitsion materiallardan quyma olish


Download 66.48 Kb.
bet1/5
Sana16.06.2023
Hajmi66.48 Kb.
#1510768
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Kompozitsion


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT 
TEXNIKA UNIVERSITETI OLMALIQ FILIALI


_________________________” kafedrasi “7bs-21Mt” guruh talabasi ________________________________________ning
____________________________________________
fanidan IV-semestr uchun bajargan


MUSTAQIL ISHI

Mavzu:___________________________________

Qabul qildi:_________________________________________

Olmaliq – 2022


Mavzu: Kompozitsion materiallardan quyma olish.
Reja:
I.Kirish
1. Kompozitsion materiallar haqida tushuncha.
II.Asosiy qism.

  1. Kompozitsion materiallar holati, tuzilishi va xom ashyosi.

  2. Kompozitsion materiallardan quyma olish.

  3. Kompozitsion materiallar hossalari- mikrostrukturasi, g‘ovakligi, mexanik mustaxkamligi.

III.Xulosa

Zamonaviy texnologiyalarning rivojlanishi an’anaviy materiallarga nisbatan yuqori mexanik ko‘rsatkichlarga, elastiklik va boshqa xususiyatlarga ega bo‘lgan yangi turdagi materiallarni talab qiladi. Eng qiziqarli va istiqbolli maxsulotlar qatoriga polimer, keramika va metalllar asosida olingan kompozitsion materiallar kiradi. Zamonaviy muhandislikda polimer, keramika, metall matritsali kompozit materiallar tobora ko‘proq foydalanilmoqda va ular yangi texnologiyalarning ortib borayotgan talablariga javob beradigan boshqa materiallar bo‘lmagan hollarda qo‘llanilmoqda. Hozirgi zamonda biz kompozitsion materiallar bilan nafaqat texnologiyada, balki kundalik amaliyotda ham har kuni duch kelamiz, shuning uchun ushbu materiallarning asosiy xususiyatlarini bilish va ulardan to‘g’ri foydalanish muhim hisoblanadi. Ushbu qo‘llanmada kompozit materiallarni turlari, hom ashyolari, tayyorlash usullari va ulardan foydalanish imkoniyatlari, kompozitsion materiallar texnologiyasining asosiy printsiplari va kompozitlarning eng muhim turlari to‘g’risida ma’lumotlar keltirilgan. Kompozitsion materiallar qat’iy, ko‘pincha qarama-qarshi bo‘lgan talablarga javob beradigan materiallarning asosiy sinfi hisoblanadi, masalan, yuqori harorat, mexanik kuchlar va agressiv kimyoviy muhit ta’siriga bardosh bo’lgan maxsulotlar ishlab chiqarish uchun qo’llaniladi. Zamonaviy kompozitsion materiallar fani so‘nggi o‘n yillikda dinamik rivojlanishga, asosan kompozitlardan aviasozlik va kosmiksozlikda foydalanishi bilan bog‘liq. Bunga misol sifatida Amerika Qo‘shma Shtatlarida transatmosfera reyslari uchun aerokosmik transport vositalarini ishlab chiqish bo‘yicha loyihani amalga oshirish bilan bog’liq muammolarni hal qilish zarurati keltirish mumkin. “Orient Express” deb nomlangan uchish apparati zamonaviy aerodromlarning odatdagi uchish-qo‘nish yo‘laklariga qo‘nishi mumkin deb taxmin qilinadi. AQShning g’arbiy sohilidan Osiyo mamlakatlariga parvoz ikki soatdan kam davom etadi. Parvoz paytida samolyotning ba’zi tarkibiy elementlari 1800 °C haroratiga qizishi mumkin, 8 shuning uchun bunday materiallarni ishlab chiqarish uchun metall materiallardan foydalanish maqsadga muvofiq emas. Samarali echimga faqat yuqori mexanik mustaxkamlik, qattiqlik, issiqqa chidamli va engil kompozit materiallardan foydalanish orqali erishish mumkin. Kompozitlar alyuminiy, titan, po‘lat kabi konstruksion materiallar bilan samarali raqobatlasha oladi. Kompozitsion materiallardan faol foydalanadigan tarmoqlar aviatsiya, kosmonavtika, dengiz transporti, kimyoviy muhandislik, tibbiyot, sport, turizm, mashinasozlikni o‘z ichiga oladi. Kompozitlar avtoulovlar, temir yo‘l transporti vositalari, samolyot, kosmik va dengiz kemalari, yaxta, suv osti kemalari, suyuqliklarni saqlash uchun maxsus idishlar, quvurlar, sport anjomlari ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. Dastlab, harbiy soxada qo‘llanish uchun ishlab chiqilgan materiallar, birinchi navbatda samolyotshunoslikda tadbiq etilib, hozirda sanoatining ko‘plab sohalarida joriy etilmoqda.
Qoida tariqasida kompozit materiallarning yuqori narxini ta’kidlash mumkin, bu texnologik jarayonlarning murakkabligi va ishlatiladigan komponentlarning yuqori narxi bilan bog’liq. Shu bilan birga, texnologik jarayonlar sonini, tarkibiy qismlar sonini kamaytirish, murakkab tuzilmalarni ishlab chiqarishda montaj ishlarini kamaytirish natijasida tejash imkoniyati mavjudligini ta’kidlash lozim. Kompozitsion materiallar ishlab chiqarish texnologiyasining murakkabligi metalldan tayyorlangan mahsulotga nisbatan 1,5-2 baravar kamaytirilishi mumkin. 80-yillarning boshlarida zamonaviy kompozit materiallarni ishlab chiqishda. Kompozitsion materiallarni yaratilish tarixi tsivilizatsiya rivojlanishining boshiga borib taqaladi. Insonning kompozit materiallardan foydalanish tarixi ko‘p asrli tarixga ega, ilk bor insonlar kompozit materiallar g’oyasini tabiatdan o‘rgangan.


Download 66.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling