Mavzu: Kompyuter psixodiagnostikasining yutuq va kamchiliklari


Psixologik testlardan foydalaniladigan kishilar uchun qo’yiladigan maxsus talablar


Download 73 Kb.
bet7/10
Sana23.11.2023
Hajmi73 Kb.
#1795400
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Kompyuter psixodiagnostikasining yutuq va kamchiliklari

3. Psixologik testlardan foydalaniladigan kishilar uchun qo’yiladigan maxsus talablar


Psixodiagnost o’z xatti-harakatini amalga oshirayotgan bir vaqtda, quyidagi bosqichlarga amal qilishi lozim bo’ladi.

  • Birinchidan, diagnostik faoliyat obyekti, maqsadi va vazifalarini aniqlash;

  • Ikkinchidan, diagnostika obyektini o’rganishning mezonlari va ko’rsatkichlari (indikatorlari)ni belgilash;

  • Uchinchidan, diagnostik faoliyat vazifasini bajarish uchun zarur bo’lgan metodikalarni tanlash;

  • To’rtinchidan, tanlangan metodikalar yordamida ma’lumotlar yig’ish (tadqiqot o’tkazish);

  • Beshinchidan, olingan natijalarni sifat va miqdor jihatdan qayta ishlash;

  • Oltinchidan, psixologik tashxis ishlab chiqish va xulosalarni chiqarish;

  • Yettinchidan, psixologik bashorat ishlab chiqish (kutiladigan natijalarni oldindan taxmin qilish);

  • Sakkizinchidan, tuzatish psixokorreksiya, yordam berish yo’llari, usullari va rejasini yaratish.



4. Metodikalarni qo’llashdagi psixologik ma’lumotlar bazasining mavjudligi


Psixokorreksiya bilan shug’ullanuvchi mutaxassis, o’z mijozlariga biror maslahat berishidan oldin, uning muammolarini to’g’ri baholay olishi va tashxis qilishi kerak bo’ladi. Bu jarayon mijoz bilan bo’ladigan individual suhbatlar va kuzatishlarning natijasiga asoslanadi. Agar psixologik maslahat qator uchrashuv va suhbatlar orqali davom etib, psixolog nafaqat nazariy, balki amaliy jihatdan ham mijozning muammolarini hal qilishga yordam bersa, hamda bir vaqtda ishning sifatiy natijasini nazorat qilib borsa psixologik diagnostikaning “boshlanish” va ”tugallanish” davrini taqqoslash imkoniyati yuzaga keladi.
Maslahat jarayonidan tashqari psixodiagnostikaning yanada muhimrok ahamiyati amaliy psixokorreksion ishlarda ko’rinadi. Gap shundaki, qo’llanilgan psixokorreksion usullarning samaraliligiga, mazkur holatda nafaqat psixolog, balki mizojning o’zi ham ishonch hosil qilishi kerak. Ayniqsa, mizoj uchun psixolog bilan o’tkazilgan suhbatlar natijasida,uning xulq-atvori va psixologiyasidagi o’zgarishlarni haqiqattan ham ijobiy tomonga siljiganligi haqida ko’rsatkichlar zarur hisoblanadi. Ahamiyatli tomoni shundaki, bu bilan mijoz o’z vaqtini bekor sarflamaganligiga ishontirish, balki ta’sir jarayonining psixokorreksion samarasini kuchaytirish uchun ham muhimdir. Chunki muvaffaqiyatga bo’lgan ishonch – har qanday terapevtik muolajalar samaradorligining muhim xususiyatlaridan biri bo’lib, psixodiagnostikaning barcha usullarini amalga oshirilishi va yakunlanishi ham aynan shu bilan ifodalanishi kerak.
Psixodiagnostlarning ish jarayoniga va qo’llaniladigan usullariga bir qator jiddiy talablar qo’yiladi. Ular haqida keyingi mavzularda batafsil yoritiladi. Hozir esa biz ilmiy va amaliy bilimlarni egallashdagi zaruriyatlar xususida to’xtalamiz.
Psixodiagnostning ilmiy bilimlari tarkibiga psixologik metodlarning asoslanadigan nazariyalari kiradi. Masalan, bunday metodlar sifatida shaxsiy-proyektiv testlarni olsak, ulardan professional darajada foydalanish uchun psixolog shaxsning psixoanalitik nazariyalari bilan yaxshi tanishgan bo’lishi lozim. Agar metodika shaxsning individual-tipologik xususiyatlarini o’lchaydigan test bo’lsa, mutaxassis undan professional foydalanish uchun umumpsixologik nazariyatlarini chuqur o’zlashtirgan bo’lishi kerak. Metodikalarning nazariyasiz amalga oshirilishi esa, psixodiagnostik adaprofessional faoliyat olib borish samaradorligiga ta’sir etib, jiddiy diagnostik xatolar keltirib chiqarish olib kelishi mumkin.

Download 73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling