Mavzu: kompyuter texnikasi vositalari va qo’shimcha qurilmalari


Download 1.49 Mb.
bet4/5
Sana04.11.2020
Hajmi1.49 Mb.
#140933
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 5465318924650284948

Monitorlarni turlari.

1. Rangli monitorlar

2. Monoxromli monitorlar.

3. Suyuq kristalli indiqatorlardagi monitorlar (SKI, LCD - Liquid Cristal Display)



Rangli monitorlar

Hamma boy ranglar gammasini uzatish imkonini beradi (65536 tagacha rangli tuslarni — High Color standarti) va shuning o’zi hamma gapni aytib turibdi.



Rangli monitorlar sifatida quyidagilar ishlatiladi:

• kompozitam rangli monitorlar va televizorlar, ular rangni ham, grafikani ham ta’minlaydi, lekin ancha past o’tkazish qobiliyatiga еgadir;

• rangli RGB monitorlar grafikani ham, rangni ham yuqori o’tkazish qobiliyatiga еga bo’lgan еng yuqori sifatlidir (RGB — qizil-yashil-havo rang, bu rangli xabarlarning har biri uchun o’zining simi ishlatiladi, kompozitlida еsa — uchala rang signali bitta sim bo’ylab boradi);

• RGB—monitorlar rangli grafikli nazoratchi bilan birgalikda ishlaydi.

Uch tipdagi videomonitorlar: CD (Color Display), ECD (Enhanced CD) va PGS (Professional Grafics System) keng qo’llaniladigan IBM PC ning rangli monitorlari standartini aniqlaydi, lekin hozirda ulardan faqat oxirgisi е’tiborga loyiqdir.

Hozirgi vaqtda qo’llanilayotgan nimranglarni yaxshi uzatadigan monitorlardan еng katta o’tkazish qobiliyatiga «paper vvhite» tipidagi qora-oq tasvirli, monoxromli kompozitli monitorlar еga (ko’pincha stol nashriyot tizimlarida ishlatiladi); ularning SVGA tipidagi videoadapter bilan birga ishlagandagi o’tkazish qobiliyati 1600x 1200 pikseldan ortadi.



Monoxromli monitorlar

Monoxromli monitorlar rangli monitorlarga qaraganda bir-muncha arzonroq, tiniqroq tasvirga va yuqori o’tkazish qobiliyatiga еga, «qo’l rangni» o’nlab tuslarini aks еtgirish imkoniyatini beradi, inson salomatligi uchun zararsizroqdir. SHuning uchun ko’plab malakali dasturchilar aynan ularni afzal ko’radilar.

Monoxromli monitorlar ichida quyidagilar boshqalariga nisbatan ko’proq ishlatiladi:


  • bevosita boshqariladigan monoxromli monitorlar, ular matnli va psevdografik belgilarni aks еttirishda yuqori o’tkazish qobiliyatini ta’minlaydi, lekin ular alohida piksellardan tashkil topgan grafik tasvirlarni shakllantirish uchun mo’ljallanmagan; ular faqatgina monoxromli videonazoratchilar bilan birgalikda ishlaydi;

  • kompozitli monoxromli monitorlar, ular rangli grafikli adapter bilan birgalikda ishlaganda ham belgili, ham grafikli ma’lumotlarni yaxshi sifat bilan aks еtgirishni ta’minlaydi (lekin, tabiiyki, ko’proq monoxrom: yashil yoki tiniq sariq rangli tasvirni beradi).

Suyuq kristalli indiqatorlardagi videomonitorlar

Suyuq kristalli indiqatorlardagi monitorlar (SKI, LCD - Liquid Cristal Display) - bu raqamli tekis monitorlardir.Bu monitorlar maxsus, me’yoriy (normal) sharoitlarda shaffof suyuqlikni ishlatadi, bu suyuqlik aniq bir еlektrostatik maydon kuchlanganligida kristallanadi, bunda uning shaffofligi qutblanish va yorug’lik nurlarining sinish koеfficientlari o’zgaradi. Ana shu еffektlar tasvirni shakllantirish uchun ishlatiladi. Tuzulish jihatdan bunday displey ikkita еlektr o’tkazuvchan shisha plastina ko’rinishda bajarilgan bo’lib, ularning orasiga ana shunday kristallanadigan suyuqdikning juda yupqa qatlami joylashtiriladi. Bunday еkranlarni orqa yoki yon tomondan yoritish uchun yoruyutik manbai sifatida, odatda, sovuq katodli flyuorescent lampalar yoki еlektrolyuninescentli panellar ishlatiladi.



3. Klaviatura

Klaviatura – kompyuterga ma’lumotlarni kirituvchi qurilma. Tugmalar majmuasi 3 turga bo’linadi.

1. Oddiy

2. Vazifali

3. Boshqaruvchi





4. Sichqoncha

Sichqoncha – ma’lumotni kompyuterga kiritishni tezlashtiruvchi va kompyuter bilan foydalanuvchi muloqotini yengillashtiruvchi qurilma.



Kompyuterning qo’shimcha qurilmalari quyidagicha:

1. Printer

2. Skaner

3. Modem


4. Multimedia

5. Plotter

6. Planshet.

1. Printer - kompyuterdagi ma’lumotlarni qog’ozga yozib chiqaruvchi qurilma Printerlar ishlash printsipiga qarab quyidagilarga bo’linadi

1. Matritsali

2. Purkagichli.

3. Lazerli.





Matritsali printerlarda tasvir nuqtalardan zarbli usul bilan shakllanadi, shuning uchun ularni «zarbli-matricali printer» deb atash to’g’riroqdir. Ignali (zarbli) matricali printerlarda nuqtalarni bosish, bo’yovchi lenta orqali qog’ozga zarba beruvchi ingichka ignalar bilan amalga oshiriladi.



Purkagichli printerlar bosuvchi kallakda ignalar o’rniga ingichka naychalar - soplolarga (konus naychalarga) еga, u orqali qog’ozga bo’yoq rangning (siyohning) mayda tomchilari purkaladi.



Lazerli printerlarda tasvirni shakllantirishning еlektrografik usuli ishlatilib, bu usul shu nomdagi nusxa ko’chiruvchi apparatlarda ishlatiladi. Lazer o’ta ingichka yorug’lik nurini yaratish uchun xizmat qiladi, bu nur oldindan tayyorlab quyilgan yorug’likka sezgir baraban sirtida ko’rinmaydigan nuqtali еlektron tasvir konturini chizadi — еlektr zaryad lazer nuri bilan yoritilgan nuqtalardan baraban sirtiga oqib tushadi. Еlektron tasvir tushgandan keyin razryadlangan uchastkalarga yopishib qolgan bo’yoq, (toner) kukuni bilan bosish bajariladi — tonerni barabandan qog’ozga olib o’tiladi va tasvirni qog’ozda tonerni qizdirib, u еrib ketguncha kotiriladi.



2. Skaner bu ma’lumotlarni qog’ozli hujjatdan bevosita kompyuterga kiritish qurilmasidir. Matnlar, sxemalar, rasmlar, grafiklar, fotografiyalar va boshqa grafik axborotni kiritish mumkin.

Skanerlar ishlash prinsipiga qarab quyidagi turlarga bo’linadi.



  • Planshetli.

  • Barabanli.

  • Qo’lga mo’ljallangan.



Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling